412
uskunalar paneli joylashtirilgan. Bu panelda quyidagi interfeys elementlari
joylashgan (8.72- rasm, chapdan o`ngga):
8.72-rasm. Oynalarni boshqarish
Yo`nalishli tugma - butun sahnani tahrirlash rejimiga qaytish imkonini
beradi va faqat agar siz alohida elementni tahrirlash rejimida bo`lsangiz ishlaydi;
tahrirlanayotgan sahna (simvol joylashtilgan sahnani) nomi yozilgan matnli
maydon; roliklarni sahnalariga avtomatik ravishda Cцена (Scene)
nomi va sahna
tartib nomeri beriladi;
tahrirlanayotgan simvol nomi yozilgan matn maydoni. Agar simvol o`z
ichida boshqa simvollardan tashkil topgan bo`lsa u holda ichma-ich joylashgan
simvolni tahrirlashga o`tilsa panelda simvollar nomidan iborat zanjir hosil bo`ladi;
sahnani tanlash tugmasi bosilganda rolik sahnalaridan iborat ro`yxatli
menyu ochiladi;
simvolni tanlash tugmasi bosilganda rolik simvollaridan iborat ro`yxatli
menyu ochiladi.
ish maydonining masshtabini tanlash ro`yxati, bu ro`yxatdagi
ko`rsatkichlarni o`zgartirish mumkin.
Ish maydonining xohlagan joyida sichqonchani o`ng tugmasi bosilganda
lokal
menyu ochiladi, bu menyu ish maydoni va turli rolik parametrlarini
o`zgartirish uchun asosiy buyruqlardan iborat.
Scene (sahna) buyrug`ini tanlanganda nomi Scene nomli panel paydo
bo`ladi, bu panel rolik sahnalari bilan ishlash uchun mo`ljallangan.
Uning
yordamida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
roliklar sahnalari ro`yxatini ko`rish; sahnalarni ro`yxatdagi joylashuvi
rolikdagi ketma- ketlikka to`g`ri keladi;
rolikni xohlagan sahnasiga o`tish;
tanlangan sahnani nusxasini olish. (panelni pastki qismidagi tugma bosiladi,
nusxa ro`yxatga sahnaning haqiqiysidan so`ng joylashtiriladi);
413
yangi sahna qo`shish (sahna ro`yxatda tanlangan sahnadan keyin
joylashadi);
tanlangan sahnani o`chirish va boshqa amallar;
Ish maydoning markaziy qismida montaj stoli (Stage) joylashgan.
Montaj
stolining o`lchami va rangi rolikni namoyish vaqtidagi ekran o`lchami va rangiga
to`g`ri keladi. Bir vaqtda montaj stolida faqat bir sahna joylashishi mumkin.
Flash ko`p hujjatli interfeys - MDI (Multi Document Interface)
texnologiyasidan foydalaniladi. Bunday ish modeli bir asosiy oyna ichida bir
nechta fayllar - qo`shimcha oynalarni tahrirlash uchun ochish imkoni borligini
bildiradi. MDI bir qancha
qulayliklarni yaratib beradiki, ulardagi rolikni bir –
biriga, boshqasiga sichqoncha yordamida (ya‘ni drag-and-drop - «olib o`t va
qoldir»ni qo`llash) elementlarni ko`chirib o`tish mumkin. Ob‘yektni boshqa bir
rolikga ko`chirib o`tilganda yoki nusxasi olinganda, bu ob‘yektni
barcha
xususiyatlari saqlanib qolinadi.