420
foydalanishga to`g`ri keladi. Chindan ham interfaol
dasturlar yaratish uchun
Actionscript dasturlash tilini o`rganib olish kerak. Actionscript obyektga
yo`naltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. U sintaksis jihatidan "JavaScript" ga
o`xshab ketadi. Actionscript boshqa dasturlash tillariga o`xshab o`zining
maxsus
sintaksisiga, rezervlashgan so`zlariga, operator va ma'lumotlarni o`zida saqlash
uchun islatiladigan o`zgaruvchilariga ega. Actionscript o`zining
obyekt va
funksiyalariga ega va u foydalanuvchiga o`zining obyekt hamda funksiyalarni
yaratishga imkon beradi. Flashda skript yozish uchun Actionscript
tilining barcha
imkoniyatlarini bilish shart emas. Oddiy buyruqlardan foydalanib ham scriptlar
yaratish mumkin. Actionscript tilini o`rganishdan oldin, Actions (harakat)
paneli
bilan tanishib chiqishimiz kerak. Uni ochish uchun sarlavha satri ustiga
sichqonchani bir marta chertish kifoya. Agar ekranda Actions paneli bo`lmasa [F9]
tugmasini bosish orqali ham uni ishga tushirish mumkin. Bitta rolikda juda ko`p
rolik bo`lishi mumkin. Dastavval Actionscriptda roliklarni qayerlarda o`rnatish
mumkinligini ko`rib chiqamiz.
Roliklarni asosiy kadrlarga, tugmalarga va movie
kilplarga joylashtirish mumkin. Grafik obyektlar
va boshqalarga roliklarni
joylashtirib bo`lmaydi. Hozirda rolikni qaysi obyektga kiritilayotganini bilish juda
oson, buning Actions panelining sarlavha satridagi yozuviga e‘tibor berish kerak.