• \LaTeX{} va \TeX dasturini o`rganishni boshladim. Bugun \today \textsl
  • Bo’sh joylar.
  • Maxsus belgilar.
  • Информатика




    Download 7,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet279/308
    Sana30.05.2024
    Hajmi7,16 Mb.
    #257687
    1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   308
    Bog'liq
    Информатика

    Latex buyruqlari. 
    Latex buyruqlari 
    slesh
    [\] belgisidan boshlanadi va faqat 
    lotin harflaridan iborat bo‘ladi. Buyruq oxirida bo‘sh joy, raqam va ixtiyoriy harf 
    bo‘lmagan belgidan foydalanish mumkin. 
    Latexda bo‘sh joy belgisi buyruqdan keyin qo‘yiladi. Lekin bu belgi o‘rniga 
    boshqa maxsus {} belgisini ham qo‘yish mumkin. Masalan,
    Men 
    \LaTeX{}
    va 
    \TeX
    dasturini o`rganishni boshladim. Bugun 
    \today
    \textsl
    { Men \LaTeX{} va \TeX dasturini o`rganishni boshladim. Bugun 
    \today}
    \textbf
    {yangi satrga o'tish
    } \newline
    \texttt
    {yangi satr} 
    Shuningdek {} belgisini bu belgi oxiriga yozilgan buyruqga turli xil 
    parametrlar berish uchun ham ishlatish mumkin. Bunda bir yoki bir necha parametr 
    berish mumkin. Parametrlarni faqat {} belgisi bilan emas balki [] belgidan ham 
    foydalanish mumkin. 
    Bo’sh joylar.
    Latex dasturida bo‘sh joylar bo‘sh joy klavishasini bosish 
    orqali hosil qilinadi. Bunda hech qanday ortiqcha buyruq shart bo‘lmaydi. Xuddi 
    matn protsessorlari kabi matn yoziladi. Bir necha bo‘sh joylar uchun bu belgi bir 


    490 
    necha marta ishlatiladi. Latexda bo‘sh satr tabulyatsiyani bildiradi. Ikkita bo‘sh 
    satr abzats tugashini aniqlaydi. Bir necha bo‘sh satr esa xuddi bitta bo‘sh satr kabi 
    ishlatiladi. 
    Maxsus belgilar. 
    Latexda turli buyruqlar kiritishda turlicha belgilardan 
    foydalaniladi. Ular orasida bir nechta asosiy belgilar mavjud. Bu belgilar Latex 
    dasturining maxsus belgilari hisoblanadi. Bu belgilar quyidagilar: [$], [&], [%], 
    [#], [_], [{], [}], [~], [^], [\]. Bu belgilar orqali turli xil buyruqlar kiritilganligi 
    sababli, bu belgilarni o‘z sahifangizda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlata olmaysiz. Agar o‘z 
    hujjatingizda bu belgilardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz maxsus [\] belgisidan 
    foydalanishingiz mumkin.Masalan, [\$], [\&], [\%], [\#], [\_], [\{], [\}]. Bu 
    belgilardan ko‘plab matnli qatorlarda, ko‘plab buyruqlar yozishda va boshqa 
    matematik formulalar yozishda foydalanish mumkin. Ammo [\] belgisini kiritishda 
    [\\] belgidan foydalanish mumkin emas. [\\] belgi Latexda keyingi qatorga o‘tishni 
    bildiradi. 

    Download 7,16 Mb.
    1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   308




    Download 7,16 Mb.
    Pdf ko'rish