FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Fanning maqsadi: Informatika va AT yo‘nalishida fanning maqsadi o‘quvchilarda mutaxassislikka oid turli xil vazifalarni bajara olish qobiliyatini o‘stirish va shakllantirishga qaratilgan
Fanning vazifasi: Informatika va AT fani o‘quvchilarni keng miqiyosda bilimga ega bo‘lishda mustaqil fikrlay olishga o‘rgatadi. Ularda offis dasturlari, zamonaviy dasturklash tillari, iqtisodiy masalalarni hal etishda zamonaviy AKT ning roli, kompyuter grafikasi dasturlari bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish va internet tarmog'i bilan ishlash ko'nikmasini shakllantiradi/
FANNING KVALIFIKATSION XARAKTERISTIKASI
O‘quvchilar fanni o‘qib tugatgandan so‘ng quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
Office dasturlari va ularning imkoniyatlari;
Zamonaviy dasturlash tillari.;
Kasbiy foaliyatda amaliy dasturlar va ulardan foydalanish asoslari;
Kompyuter grafikasi;
Web - Dizayn Asoslari;
Axborot xavfsizligi;
Fanni o‘qish jarayonida quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur:
Office dasturlari va ularning imkoniyatlaridan foydalanish
Zamonaviy dasturlash tillari to'g'risida tushuncha
Kasbiy foaliyatda amaliy dasturlar va ulardan foydalanish;
Kompyuter grafikasi va unda ishlash
Web - Dizayn va web-dasturlar bilan ishlash
Axborot xavfsizligi tushunchasi va uni tashkil etish
FANNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARI BO‘YICHA TAVSIYALAR
Pedagogik texnologiya turlarini tanlash shakllantirilishi ko‘zda tutilgan bilim, ish harakati usullari, shaxsiy fazilatlar, mashg‘ulotlarning tashkiliy shakli, qo‘llanilayotgan metodlar, vositalar va shu kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. Kasbga doir turli ko‘rgazma, ko‘rik – tanlovlarda o‘quvchilarning ishtirokini muntazaam ravishda tashkillashtirib borish, bu o‘quvchilarda ijodkorlik hamda badiiy saviyani o‘stirishda qo‘l keladi.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarni egallayotgan bilim, ish – harakat usullari va shaxsiy fazilatlarini izlab topishga mustaqil o‘rganishg, o‘z fikrlarini bayon etishga imkon beradi. Bu jarayonda o‘qituvchi – o‘quvchining shaxsining shakllanishi, rivojlanishiga sharoit yaratib, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyalarini bajaradi.
Dars davomida klaster (tarmoq), boshqaruv; talaba, o‘qituvchi shaxsi treningi; aqliy hujum, FSMU, kichik guruhlarda ishlash, ko‘rgazmali davra suhbati, bahs – munozara, muamolli vaziyat va boshqa metodlaridan keng foydalaniladi.
Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalari (“keys stadiy” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar), axborot telekommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
|