• Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari
  • Raqamli Iqtisodiyot nima?




    Download 226.45 Kb.
    bet5/6
    Sana12.11.2023
    Hajmi226.45 Kb.
    #97591
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Informatika va raqamli iqtisodiyot Ma’ruza rejasi-fayllar.org
    8 sinf 115 savol 115 javob, Чертеж3, Чертеж1, Author Innovative Business Models for the Automotive Industry, FuelrequirementsofSIEngines, Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi-fayllar.org, 12 Umarov
    Raqamli Iqtisodiyot nima?
    Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish tizimidir.
    Uni ba’zida internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot deb ataydilar.
    “Raqamli iqtisodiyot” terminini birinchi bo‘lib 1995 yilda Amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte amaliyotga kiritgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan.
    Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari
    Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin.
    Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha bo'lishi mumkin:

    • ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi;

    • kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi;

    • ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;

    • yangi ish o'rinlari yaratilinishi;

    • yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi;

    • kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikni yuqolishi.

    Bular raqamli iqtisodiyotning bor yo'gi bir nechta afzalliklari holos. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta'sir qiladi, oddiy foydalanuvchiga ko'plab qo'shimcha imkoniyatlar beradi va qolaversa, bozorni o'sishi va rivojlanishini ta'minlab berishi mumkin.



    Download 226.45 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 226.45 Kb.