• XULOSA
  • Informatika fanini o‘qitishda dasturlash tillari asosida fizika fanidagi misol va masalalarni xisoblash




    Download 43.28 Kb.
    bet9/10
    Sana03.02.2023
    Hajmi43.28 Kb.
    #40883
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Mavzu
    anatomiya cheloveka, Reference-375201101921 , 8-ma\'ruza, kamola slayd, 1 mavzu, Amaliy matematika mustaqil ta\'lim, 003 O\'zbekiston tarixi O\'zbek modeli 3 dars 2kurs, The-College-Panda-Sat-Math-, Ergashov Oybek, Principles of. ni mundarijasi uzb, chuvstvitelnye-elementy-vysokotemperaturnyh-datchikov-davleniya-materialy-i-tehnologii-izgotovleniya, tehnologiya-izgotovleniya-poluprovodnikovogo-chuvstvitelnogo-elementa-datchika-davleniya-na-osnove-polikristallicheskogo-almaza, primenenie-uravneniy-eylera-lagranzha-k-resheniyu-zadachi-dinamiki-sistemy-most-poezd, Pedagogik amaliyot kundalik daftari

    2.2. Informatika fanini o‘qitishda dasturlash tillari asosida fizika fanidagi misol va masalalarni xisoblash



    XX asrning buyuk mo`jizasi bo`lmish kompyuterlar XXI asr- axborot asri bo`lishiga zamin yaratadi. Hozirgi paytda kompyuterlar kirib bo`lmagan xalq xo`jaligini bironta soxasini ko`rsatish qiyin. Ayniqsa, ularning fizikada qo`llanish ko`lami benihoya kengdir. Hozirgi kunda kosmik kemalardan yuborilayotgan axborotlarni qayta ishlash tezlatgichlardagi zarralar harakatini boshqarish, fizikadan o`ta nozik tajribalar o`tkazish nazariy fizikaning murakkab masalalarni yechishni kompyuterlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Respublikamizda kadrlar tayyorlash milliy dasturning amalga oshirilishining asosiy mazmuni ta`limda nazariya bilan amaliyotning bog`lanishi, o`quv materiallarining o`quvchi qiziqarli bo`lishi ya`ni ta`lim motivlariga katta e`tibor berilishi talab qilinadi. Fizika fanida nazariy bilimlarni amaliyotga bog`langan holda bir tizimga keltirib, o`quvchiga yetkazish dolzarb hisoblanadi. Fizika fanini o`qitish nazariy va amaliy jihatdan chuqur va mazmunli tanlanishi maqsadga muvofiq hozirgi zamon o`qituvchisi uchun mos o`quv materiallari tanlanishi va uni pedagogik texnologiyalardan foydalanib turli variantda qayta ishlash orqali o`rganilishi ta`limda o`qitishning yangi metodikasini yaratishga olib keladi. Har tomonlama rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyotini axborot texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Mana shu yangi texnologiyalar jamiyat rivojlanishining barcha yo`nalishlariga, shu jumladan ta`lim sohsaiga ham jadal sur`atlarda kirib kelmoqda. Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan talabalarga talim berish va qayta tayorlshjarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassi slarni kamol topdiradi. Ma`lumki, fizika ta`limida eksperimentlarga katta o`rin beriladi. Fizikada xar bir qoyida eksperimental isbotini topganidan keyingina qonun,tamoyil va qoyida huquini oladi. Psixologik jihatdan ham o`quvchilarning bilim olishlarida ko`rgazmali qurollar va naoyish tajribalar muhim rol egallaydi. Fanga oid qonun va tushunchalarni o`quvchilarga usullarda o`rgatish maqsadida Respublika ta`lim markazi, Multimediya umumta`lim dasturlarni rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan elektron darslik, o`quv filmi,virtual labaratoriya ishlari animatsiyali ko`rgazmalar ishlab chiqilmoqda. Ulardan amalda samaralai foydalanish uchun fizika fani o`qituvchisi kompyuter va boshqa elektron qurulmalarni muayyan darajada ishlata olish ko`nikmasiga ega bo`lishi lozim. Bu dars tuzilishini o`zgartiradi, pedgog faoliyati samaradorligini oshirib,vaqtni tejaydi,o`quvchi diqqatini jamlab,fanga bo`lgan qiziqishini kuchaytiradi.Fizikani o`qitishda o`qituvchi qanchalik mohirona o`z fikrini bayon etmasin, barbir tabiatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarni o`quvchi anglab olishi qiyin. Shu sababli tabiatda sodir bo`ladigan jarayonlarni o`z ko`zi bilan ko`rib, mantiqan fikirlab hamda u bo`sunadigan qonun qoyidalarni o`zlashtirsa o`qitishning samarasi yanada oshadi.Namoyish tachribalarni har biri o`ziga xos harakterga ega bo`lib, ma`lum bir maqsadni ko`zda tutadi. Shuning uchun namoyish qilinayotgan tajriba o`tkazilgan yoki yangi bayon qilinayotgan mavzuga doir hodisa va jarayonlarni aniq ko`rsatib berishi, ya`ni nazari olingan bilimlarni amaliyotda tasdiqlashi lozim. Shunday nomoyish eksprementlari borki,ularni qo`l bilan bajarib, ko`z bilan ko`rish imkoniyati mavjud emas. Masalan,malekulalarning harakatini oddiy tajribalar asosida ko`rsatish imkonitai yo`q. Shu sababli ayrim tajribalarni media resurslardan foydalanib o`quvchilarga yetkazilsa,darsning samardorligi ortadi.
    Mediaresurslardan foydalanishning o`ziga xos muhim tomonlari shundaki:


      • Turli xil fizika qurilmalar va asboblar tayorlash shart emas;

      • Hodisalarni jonli va tabiiy ko`rinishda tasvirlash;

      • Tajribani oz fursat ichida istalgan marta takrorlash;

    Kuzatish qiyin bo`lgan va umuman kuzatilishi mumkin bo`lmagan jarayonlarni ham nomoyish eta olish imkoniyatiga ega bo`linadi. Media resurslardan samarali foydalanish natijasida o`qituvchi faoliyatida: Mavzularni to`liq yoritib (fizik hodisa va jarayonlarni, fizik qonunlar)berishga imkon yaratiladi;


    Fizika fani amaliyotda tajribalarga tayangan eksperimental fan bo`lganligi sababli,o`tiladigan xar bir mavzuni tajribalar asosida ko`rgazmali o`tish faning samardorligini oshirishga zamin yaratadi.Shunday ekan, dars jarayonida zamonaviy o`quv labaratoriya jihozlaridan samarali foydalanib,ko`rgazmali tajriba namoyishlarni, labaratoriya ishlarni bajarish maqsadga muvofiq. Fizika fani amaliyotda tajribalarga tayangan eksperimental fan bo‘lganligi sababli o‘tiladigan har bir mavzuni tajribalar asosida ko‘rgazmali o‘tish fanning samaradorligini oshiradi. Dars jarayonida zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlaridan foydalanib, ko‘rgazmali tajriba namoyishlarni, laboratoriya ishlarini bajarish maqsadga muvofiq. Fizika darslarida vertual laboratoriya orqali nazariya bilan amaliyot mujassam holatda o‘qitilishi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantiradi va amaliyotda qo‘llashga zamin yaratadi O‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy tashkillashtirishning xarakterli xususiyatlaridan biri –o‘quv jarayonini boshqarishning samaradorligini oshirish maqsadida axborot texnologiyalaridan keng foydalanishdir. Bunda kompyuter nafaqat hisoblash ishlarini bajarish hamda fizikaviy jarayonlarni modellashtirish asosi hisoblanadi.
    «Informatika o‘qitish metodikasi» fani umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo‘lim hisoblanadi.
    Informatika fanini o‘qitish qo‘yidagi maqsadni ko‘zda tutadi:

    • bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika fanini ijodiy o‘qitish va o‘zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirish;

    • bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika sohasi bo‘yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazishga tayyorlash;

    • bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo‘llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.


    Bo‘lajak informatika o‘qituvchisi o‘sib kelayotgan avlodning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur.
    «Informatika o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha talabalar quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi zarur:


    • informatika va axborot texnologiyalari haqida tushunchalar;

    • informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli;

    • informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va didaktik imkoniyatlari;

    • yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash.

    XULOSA

    Ilg’or pedagogik tajribalar va ta’lim nazariyasiga oid yutuqlarni amalyotga joriy etish bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etmoqda. O’qituvchining pedagogik faolyatiga joriy etish uchun ko’plab tajribalar vujudga kelmoqda va to’planmoqda. O’qituvchining pedagogik faoliyati ommaviy hamda ilgor bo'lishi mumkin. Hozirgi vaqtda ta’lim –tarbiya sifatini oshirish dolzarb masala bo’lib qolgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ta’lim to’g’risidagi Qonun talablari asosida respublikamizda umumiy o’rta ta’limni rivojlantirishda inavatsion g’oyalar keng ko’lamda amalga oshirilib kelmoqda. Ta’limning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, barcha o’quv fanlari, shu jumladan aniq fanlarni o’qitishni yuqori saviyada rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda.


    Bugungi kunda umumiy o’rta ta’limda fanlarni o’qitishda inovatsiya va axborot texnologiyalardan foydalanib dars o’tish yuqori natijalarga erishishda muhim ahamyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqib, mazkur zamonaviy o’qitish usulini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim tizimida to’g’ri tashkil etishga erishish o’qituvchilar uchun dolzarb muammo hisoblanadi. Hozirgi davr talabi yosh avlodni har tomonlama yetuk, jismonan sog’lom, o’rgangan fanlarini erkin ifodalab, amalyotda qo’lay oladigon, keng doirada fikrlaydigan barkamol avlod qilib tarbiyalashdan iborat. Yoshlarda ushbu fazilatlarni shakllantirish uchun tabiy va aniq fanlardagi bilimlari muhim ahamyatga ega.
    Shunday qilib, o’qitishda fanlararo aloqadorlikni hisobga olish va amalda qo’llash ta’lim-tarbiyada samarali omildir. Bu usul talaba-yoshlarning bilimini mustahkamlaydi, dunyo qarashini kengaytiradi. Matematika va fizika fanlarini boshqa fanlar bilan aloqadorlik asosida o’qitishni amalga oshrilishi yuzasidan quyidagi xulosalarni qilish imkonini beradi:


    1. Umumtalim va kasbiy fanlarning o’quv jarayonidagi o’zaro bog’lanish ikkita aloqador yo’nalishlar bilan taminlanadi: umumtalim fanlarining kasbga yo’naltirilishi va kasbiy tayyorgarlikning ilmiy-texnik darajasini oshirish.

    2. Matematika va maxsus fanlarning o’zaro bog’lanishini amalga oshirish quyidagi bosqichlari asoslandi: matematika va maxsus fanlarning o’zaro bog’lanish masalalari va ularning asosida yotuvchi tamoyillarni o’rganish (o’quvchilarning nazariy tayyorgarligi); fanlararo aloqadorlik tamoyillari asosida bilimlarni differensiallash (ma’lum darslarga tayyorlanish); fanlararo aloqadorlik tamoyillari asosida o’rganiladigan bilimlarni tegishli mavzular bo’yicha integrallash; darsni fanlararo aloqadorlik asosida tashkil etish.

    3. Darsni fanlararo aloqadorlik asosida tashkil etilishi quyidagi natijalarga: talabalani ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishga; kasbga, shuningdek, fanga bo’lgan qiziqishlarni oshirishga; olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash, mehnat faoliyatiga tatbiq etish ko’nikmalarni shakllantirishga; tanlagan ixtisosliklari bo’yicha maxsus fanlar asoslarini egallashlari uchun zarur bilimlar bilan taminlashga; mustaqil va ijodiy fikrlash, uni ravon bayon etish malakalarini shakllantrishga olib keladi

    Ta’kidlash joizki, aniq fanlarni o’qitishda yangi inavatsion g’oyalardan va axborot texnologiyalardan foydalanish zamon talabidir. Ana shundagina iqtidorli, bilimdon, zukko o’quvchi yoshlar sonini kengaytirib, O’zbekistonni kelajagi buyuk davlatga aylantirish kabi ezgu maqsadga erishishga o’z hissamizni qo’shamiz.



    Download 43.28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 43.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika fanini o‘qitishda dasturlash tillari asosida fizika fanidagi misol va masalalarni xisoblash

    Download 43.28 Kb.