«Informatika» fanidan talabalarning bilim olishlariga oid didaktik materiallaridan foydalanishning pedagogik asoslari




Download 43.28 Kb.
bet6/10
Sana03.02.2023
Hajmi43.28 Kb.
#40883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu
anatomiya cheloveka, Reference-375201101921 , 8-ma\'ruza, kamola slayd, 1 mavzu, Amaliy matematika mustaqil ta\'lim, 003 O\'zbekiston tarixi O\'zbek modeli 3 dars 2kurs, The-College-Panda-Sat-Math-, Ergashov Oybek, Principles of. ni mundarijasi uzb, chuvstvitelnye-elementy-vysokotemperaturnyh-datchikov-davleniya-materialy-i-tehnologii-izgotovleniya, tehnologiya-izgotovleniya-poluprovodnikovogo-chuvstvitelnogo-elementa-datchika-davleniya-na-osnove-polikristallicheskogo-almaza, primenenie-uravneniy-eylera-lagranzha-k-resheniyu-zadachi-dinamiki-sistemy-most-poezd, Pedagogik amaliyot kundalik daftari

«Informatika» fanidan talabalarning bilim olishlariga oid didaktik materiallaridan foydalanishning pedagogik asoslari

Talabalarning fanlarni mustaqil o’zlashtirishida ma’ruza mashg’uloti asosiy o’rinni egallaydi. Uqitishning qiyin masalalaridan biri talabalarda ma’ruza eshitish jarayonida diqqatlilik va faollik ko’nikmalarini shakllantirishdir.


Ma’ruza qiziqarli, samarali, mantiqan to’g’ri tuzilgan va muammoli vaziyat tug’dirishga mo’ljallangan bo’lishi lozim. Ma’ruza mobaynida imkoni boricha talabalar ma’ruza materiallarini o’zlashtirishga xarakat qilishi lozim.
Pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan qator o’qitish metodlari ma’lum, ular qatoriga muammoli o’qitish, kontekst uqitish, ish faoliyatini ifodalovchi o’yinlar, rollar bajarish va boshqalarni kiritish mumkin. Ammo bunday uqitish metodlaridan uquv jarayonida keng foydalaniladi deb bo’lmaydi, chunki xar bir mashg’ulotga tayyorgarlik uziga xos pedagogik izlanishni, yuksak kasbiy maxoratni, ijodiy yondashuvni va ko’p vaqtni sarflashni ko’zda tutadi va talab etadi. Bir so’z bilan aytganda, xar bir bunday mashg’ulot stsenariysi o’ziga xos xususiyatga ega va qaytarilmaydigan jarayondir.
Ma’ruza mashg’ulotlarini tashkil etishning bir-biridan tubdan farq qiluvchi uch xil yondashuv mavjud: og’zaki-illyustrativ, texnologik va izlanuvchi-ijodiy.
Og’zaki-illyustrativ yondashuv, asosan uqituvchining axborot berishi, talabalarning qabul qilayotgan bilimini to’plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanib, u an’anaviy metod xisoblanadi. Talaba tomonidan olingan bilimlarni amalda qullash ko’nikmalari sinov va imtixonlarda tekshirib ko’riladi, ya’ni talaba xotirasidagi bilimlarga qaratilgan to’g’ridan-to’g’ri savollarga javoblar ifoda etiladi. Bu tizimdagi bilimlar «Informatika va axborot texnologiyalari» fanida asosiy tushunchalarni talabalarning esda saqlab qolishi natijasi xisoblanadi. Shu sababli, o’qituvchining asosiy vazifasi zaruriy axborotni ma’lum qilish va uni xotirada mustaxkamlash ustida ishlashdir. Ta’limda og’zaki-illyustrativ yondashuv juda katta tajribadan o’tgan va qismlarga ajratilib ishlab chiqilgan bo’lsada, uni tashkil etish xanuzgacha takomillashuvda davom etmoqda. Bu takomillashuvning imkoniyatlari cheklanganligi yondashuvning o’ziga qo’yilgan tamoyillaridadir. Jadal suratlar bilan o’sib borayotgan fan va texnika talablari, ta’lim tizimidagi isloxatlar, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish istaklarini qondirishga bo’lgan jamiyat extiyojlari o’qitish metodlari o’rtasida ziddiyatlar tug’ilishiga olib kelmokda. Ta’limga texnologik yondashuvning umumiy xarakteristikasini (qismlarga ajratmagan xollarda) ta’limning reproduktiv darajasi sifati misolida qaraymiz. Bunday variantning tanlanishi M.V.Klarinning tadqiqot ishida o’z aksini topgan. Ma’lumki, reproduktiv ta’lim talabalarning yod olingan va o’zlashtirgan bilimlariga tayanadi. Shuni ta’kidlash joizki, xattoki talabalardan bir xil vaziyatda bo’lmagan vazifalarni xal etish ko’nikmalarini talab etuvchi ma’lum qoidalar kombinatsiyasi asosida echimning yangi sub’ektiv algoritmini ishlab chiqish zarur bo’lgan o’zlashtirishning produktiv darajasi kuzda tutilgan takdirda xam reproduktiv element ko’plab o’quv predmetlarining ichiga kirib borgan. Pedagogik texnologiya doirasida reproduktiv darajasidagi ta’limga asoslangan ma’ruza mashg’uloti aniq qayd etilgan va qismlari tavsiflanib, kutilgan natijalari bilan asl xoliga qaytarish lozim bulgan konveyrli jarayon sifatida kuriladi. Ma’ruza matni aniq kayd etilgan o’quv maqsadiga mos xolda tuzilgan, maxsus qismlarga ajratilgan o’quv materialini tavsiya etishning al’ternativ yo’llarini kuzda tutadi va o’quv ishlari yukori natijalarga erishishiga karatilgan. Bunday yo’naltirilganlik mashgul bulish, musobakalashish va o’zaro yordamlashish elementlaridan xoli emas, shuning uchun u talabalarda minimal, ya’ni o’zlashtirishi zarur bulgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallatish jarayonida ko’proq samara beradi. Texnologik yondashuvni ma’ruza mashg’ulotlarida qo’llash o’qituvchi tomonidan qo’yilgan uquv maqsadlariga kafolatli erishish imkonini beradi. Ta’limga izlanuvchi-ijodiy yondashuvdagi matssad-talabalarda ma’ruza matnidagi muammolarni xal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani mustaqil o’zlashtirish qobiliyatlarining shaxsiy ma’no kasb etishini rivojlantirishdan iboratdir. Bunday yondashuv ta’lim mazmuni shaxsni tadqiqotchilik yo’liga boshlash va uning jadal ijodiy faoliyati xarakteri bilan bog’liq. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, pedagogikada xam texnologik, xam izlanuvchi- ijodiy yondashuvlar zarur, ularning xar bir ma’ruza matnlarida qullanishi bo’yicha o’z o’rniga ega, shu jixatdan ularning optimal ravishda birga qushib olib borilishi, bizningcha, maqsadga muvofiqdir. Ta’lim tizimi tuzilishidagi keng kamrovli islohotlarni respublika pedagoglari ilgor pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va o’quv jarayoniga qo’llash bilan mustahkamlashlari zarur deb o’ylaymiz. Buning uchun pedagoglarni o’quv jarayoniga, texnologik yondashuvga o’rgatish talab etiladi, bu esa nafaqat foydalanish, balki uni O’zbekistan tajribalari, an’analari, madaniyatini hisobga olgan holda rivojlantirish imkonini beradi. Texnologik yondashuv doirasida yaratilgan «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan ma’ruza matniga doir didaktik loyihalash usullariga bo’lgan munosabat o’quv jarayonini oqilona, shu bilan birga ijodiy rejalashtirish, yangi fikrlar bilan boyitish, ularning natijalarini bauolashga yordam beradi. Shuni qayd etish joizki, an’anaviy o’quv jarayonida texnologik yondashuvni to’laligicha emas, balki uning elementlarini qo’llash (ularni o’zlashtirilgan va tegishli metodik ta’minotning tayyorgarlik darajasida) mumkin. Bu eng avvalo pedagogik texnologiyaning yadrosi yoki markaziy nuqtasi deb atash mumkin bo’lgan alohida o’quv maqsadlarini aniqlashtirish (konkretlashtirish) yo’llariga tegishlidir. Ma’ruza mashg’ulotlarida texnologik yondashuv, rejalashtirilgan natijani amalga oshirish imkonini beruvchi konstruktiv, ko’rsatmali shaklda o’z ifodasini topadi. Ya’ni: "maqsadga yo’naltirilganlik", "ta’limni alohida o’rgatuvchi ko’rinishlarga bo’lish", "jarayon natijalarini tashhisli tekshiruv" kabilar shular jumlasidandir. Ma’ruza mashg’ulotlarining asosiy texnologik jihat-o’quv jarayonining so’nggi natijalariga yo’naltirilganligini kuzatishdan iboratdir, ya’ni talaba o’z imkoniyati darajasiga mos kafolatlangan bilim olishga e’tibor qaratilgan. Bu esa ma’ruza mashg’ulotlarida berilgan bilimlarni o’zlashtirishda talabalarning yakkalashishiga olib keladi. Ma’ruza mashg’ulotlaridagi bunday texnologik yondashuv tarkibiga quyidagilar kiradi: Talabalarning fanlarni mustaqil o’zlashtirishida ma’ruza mashg’uloti asosiy o’rinni egallaydi. Uqitishning qiyin masalalaridan biri talabalarda ma’ruza eshitish jarayonida diqqatlilik va faollik ko’nikmalarini shakllantirishdir. Ma’ruza qiziqarli, samarali, mantiqan to’g’ri tuzilgan va muammoli vaziyat tug’dirishga mo’ljallangan bo’lishi lozim. Ma’ruza mobaynida imkoni boricha talabalar ma’ruza materiallarini o’zlashtirishga xarakat qilishi lozim. Pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan qator o’qitish metodlari ma’lum, ular qatoriga muammoli o’qitish, kontekst uqitish, ish faoliyatini ifodalovchi o’yinlar, rollar bajarish va boshqalarni kiritish mumkin. Ammo bunday uqitish metodlaridan uquv jarayonida keng foydalaniladi deb bo’lmaydi, chunki xar bir mashg’ulotga tayyorgarlik uziga xos pedagogik izlanishni, yuksak kasbiy maxoratni, ijodiy yondashuvni va ko’p vaqtni sarflashni ko’zda tutadi va talab etadi. Bir so’z bilan aytganda, xar bir bunday mashg’ulot stsenariysi o’ziga xos xususiyatga ega va qaytarilmaydigan jarayondir. Ma’ruza mashg’ulotlarini tashkil etishning bir-biridan tubdan farq qiluvchi uch xil yondashuv mavjud: og’zaki-illyustrativ, texnologik va izlanuvchi-ijodiy.

Download 43.28 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 43.28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Informatika» fanidan talabalarning bilim olishlariga oid didaktik materiallaridan foydalanishning pedagogik asoslari

Download 43.28 Kb.