INFORMATIKANI O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI VA
LOYIHALASHTIRISH
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
100000 – Gumanitar
Ta‟lim sohasi:
110000 – Pedagogika
Ta‟lim yo„nalishi:
5110700 – Informatika o„qitish metodikasi
Toshkent – 2017
2
M.E.Mamarajabov - «Informatika o„qitish metodikasi» kafedrasi dosenti,
pedagogika fanlari nomzodi
N.S.Xaytullayeva - «Informatika o„qitish metodikasi»
kafedrasi katta
o„qituvchisi
Taqrizchilar:
D.Toshtemirov - Guliston davlat universiteti «Amaliy matematika va
informatika» kafedrasi dosenti, pedagogika fanlari nomzodi
B.Boltayev - O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟lim
vazirligi qoshidagi
Respublika Ta‟lim markazi “Ta‟lim jarayoniga axborot kommunikasiya
texnologiyalarini joriy etish” bo„limini boshlig„i, fizika-matematika fanlari nomzodi,
dosent
3
Kirish
Mazkur fan dasturi bakalavriat yo„nalishi: 5110700 – Informatika o„qitish
metodikasi ta‟lim yo„nalishida tahsil olayotgan talabalarning o„zlashtirishi lozim
bo„lgan bilimlari va unga qo„yiladigan talablar asosida tuzilgan bo„lib, bo„lajak fan
o„qituvchisi egallashi kerak bo„lgan bilimlar va ko„nikmalar majmuini o„z
ichiga
oladi:
Fanning o‘qitishdan maqsad va vazifalari
Informatikani o„qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanini o„qitishdan
maqsad
– informatika o„qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo„lgan
bilimlar va amalda qo„llash uchun kunikma va makalalarni shaklantirish va
rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo„lgan tayanch
nazariy va amaliy ma‟lumotlarni o„z ichiga oladi.
Informatikani o„qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanining
vazifasi
:
ta‟lim tizimi informatika о„qituvchisining innovatsion
pedagogik faoliyati va
uni amalga oshirish metodikasi;
ta‟lim tizimida informatika fanlarining maqsadi, mazmuni,
uzviyligi va
uzluksizligini ta‟minlashga qaratilgan innovatsiyalar va texnologiyalar;
multimediyali darslar asosida informatika ta‟limi samaradorligini oshirish,
ta‟lim jarayonini loyihalashtirishning ilmiy metodik asoslari;
informatika о„qituvchisining
pedagogik faoliyatini, informatika fanlarining
mazmunini, о„quv mashg„ulotlarini, kasbga yо„naltirib muammoli о„qitishni;
informatikani zamonaviy vositalar asosida о„qitishni, informatikadan darsdan
tashqari mashg„ulotlarni loyihalashtirishni o„rgatishdan iborat.