|
Informatikaning nazariy asoslari
|
bet | 5/5 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #271788 |
Bog'liq 1-mavzuDasturiy ta’minot – bu kompyuterlarda foydalaniladigan barcha dasturlarning majmui hamda ularni ishlab chiqish va qo‘llashning barcha sohasidir.
Informatikada bu ikki yo‘nalishdan tashqari uchinchi yo‘nalishni ham farqlashadi – bu algoritmik vositalardir.
Bu yo‘nalish uchun Brainware (ingl. brain – intellekt, aql-idrok) so‘zi tanlangan. Bu yo‘nalish algoritmlarni ishlab chiqish hamda ularni qo‘llash uslub va usullari bilan bog‘liq. Algoritmlar – bu masalani yechimiga olib keluvchi amallar bajarilish ketma-ketligini ko‘rsatuvchi qoidalardir.
Informatikaga berilgan ta’rifga ko‘ra, uning asosiy vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan jarayonlar negizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimi va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish;
jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolari yechimlarini ishlab chiqish va tatbiq etishni ta’minlash.
Nazorat savollari
1. Informatika faniga qachan asos solingan?
2. Informatika fanining o‘tmishdoshi qanday atalgan?
3. Informatika faniga asos solinishi haqida so‘zlab bering.
4. Axborot qaysi so’zdan olingan?
5. Axborot deganda nimani tushunazis?
6. Axborot va bilish haqidagi Forobiy fikrlarini tahiil qilib bering.
7. Klod Shennon axborotni qanday ta’riflagan?
8. Norbet Vinner axborotni qanday ta’riflagan?
|
| |