|
Informatikaning nazariy asoslari
|
bet | 1/5 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #271788 |
Bog'liq 1-mavzu
1-Mavzu. “Informatikaning nazariy asoslari” faniga kirish.
Reja:
1. Informatika fanining maqsadi, obyekti va predmeti.
2. Informatikaning fan sifatida shakllanish tarixi.
3. Informatika fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari.
4. Zamonaviy informatika tuzilmasi.
Tayanch tushunchalar: informatsiya, ma’lumot, axborot, «qog‘ozsiz» texnologiya, Hardware, Software, Brainware.
Fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarda axborot nazariyasi, axborotlashgan jamiyat va informatikaning matematik asoslariga oid zamonaviy ilmiy bilim hamda kasbiy faoliyatlarida uchraydigan masalalarni hal qilishda informatikaning nazariy va amaliy asoslaridan foydalanish haqidagi tasavvurlarini kengaytirish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - ma’lumot, axborot va bilim haqida tushunchalarni shakllantirish; axborot va uning turlari, tasvirlash usullari, axborortli jarayonlar, axborotning xossalari, o’lchobi birliklari, kompyuter tuzilishi haqidagi tasavvurlarini boyitish; axborotli jarayonlarni amalga oshirishda axborotning asosiy xususiyatlari, shaxsiy kompyuterlarning rivojlanish yo’nalishlarini tushintirish; kompyuterda axborotni qayta ishlashning arifmetik-mantiqiy asoslariga oid amaliy ko’nikmalarini hosil qilish; axborotlashgan jamiyat, ta’lim va jamiyatni axborortlashtirishning muhim xususiyatlari va imkoniyatlarini ochib berish; kadrlar tayorlashda ularda axboriy madaniyatni hosil qilshdan iborat.
Informatika_fanining_maqsadi,_obyekti_va_predmeti._XX_asrning_60_–_yillarida'>Informatika fanining maqsadi, obyekti va predmeti.
XX asrning 60 – yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi. Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog‘liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga to‘g‘ri keladi, uning paydo bo‘lishi 1971 yilda Intel (AQSh) firmasi dunyoda 1-microprotsessorni yaratgan.
Informatika termini (fransuzcha: informatique) fransuzcha information (axborot) va automatique (avtomatika) so'zlari negizida hosil bo’lgan. Uning tarjimasi “axborotli avtomatika” degan ma’noni bildiradi. Bu terminning inglizcha varianti
“Computer science”, ya’ni “kompyuter ilmi” deb ataladi.
“Informatsiya” so‘zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham ularning asosida lotincha informatio so'zi yotadi. U «ma’lumot», «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma’noni anglatadi. O'zbek tilida informatsiya so‘zi axborot deb tushuniladi.
|
| |