|
Informatika fanining asosiy rivojlanish yo`nalishlari
|
bet | 4/5 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #271788 |
Bog'liq 1-mavzuInformatika fanining asosiy rivojlanish yo`nalishlari.
Informatika fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:
hisoblash sistemalari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;
uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadigan axborot nazariyasi;
inson bajarayotganda aniq bir intellektual kuch (mantiqiy xulosa, o‘qitish, nutqni tushunish, vizual idrok etish, o‘yinlar va hokazo)ni talab qiladigan masalalarni hal etuvchi dasturlar ishlab chiqishni ta’minlaydigan sun’iy intellekt usullari;
loyihalashtirilayotgan sistema vazifasi tahlili va ular javob berishi kerak bo‘lgan talablarni aniqlashni o‘z ichiga olgan sistemali tahlil;
mashina grafikasi usullari, animatsiya, multimedia vositalari;
butun insoniyatni yagona axborot uyushmasiga birlashtiruvchi global kompyuter tarmog‘ini ham o‘z ichiga oluvchi telekommunikatsiya vositalari;
ishlab chiqarish, fan, ta’lim, tibbiyot, savdo, qishloq xo‘jalik va boshqa turdagi barcha xo‘jalik hamda ijtimoiy faoliyatni o‘z ichiga oluvchi turli xil ilovalar ishlab chiqish.
Zamonaviy informatika tuzilmasi.
Informatikaning birlamchi, asosiy tushunchalari axborot, axborotli model, algoritm va kompyuterlardir.
Informatika quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi: texnik va dasturiy vositalar.
Texnik vositalar – bu kompyuterning qurilmalari bo‘lib, ingliz tilida Hardware so‘zi bilan ataladi, mazmuni esa «qattiq mahsulotlar» kabi tushuniladi.
Dasturiy vositalar uchun juda qulay Software so‘zi (mazmunan «yumshoq mahsulotlar») tanlangan (aniqrog‘i hosil qilingan) bo‘lib, u dasturiy ta’minot bilan mos mashina mutanosibligini, shu bilan birga dasturiy ta’minotning o‘zgarishi, moslashuvi va rivojlanishini ta’kidlaydi.
|
| |