|
Axborot deganda biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki ta’sirini, bog‘liqlik darajasini tushunamiz
|
bet | 3/5 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #271788 |
Bog'liq 1-mavzuAxborot deganda biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki ta’sirini, bog‘liqlik darajasini tushunamiz.
Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shennon axborot narsalar haqidagi bilimlarimizda noaniqlikning bartaraf etilishi kabi e’tirof etgan.
Kibernetika fanining asoschisi Norbet Vinner axborot bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash kabi izohlagan.
Informatikaning fan sifatida shakllanishi
Tarixdan ma’lumki, axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan insonlar kompyuterlar davrigacha ham shug‘ullanishgan va bu ishlarni hozirgi kunda «xujjat yuritish» (dokumentalistika) deb atashmoqda.
Inson hayoti va amaliy ish faoliyati davomida juda ko‘p ma’lumot oladi, ularning ichidan keraklisini ajratib oladi, imkon qadar xotirasida saqlaydi, ba’zilarini keyinchalik ishlatish uchun turli ko‘rinishlarda saqlab qo‘yadi, keraksiz deb hisoblaganlarini xotirasidan va saqlab qo‘ygan manbalardan o‘chiradi, yangilarini qo‘shadi yoki avvalgilarini kengaytiradi, ba’zi ma’lumotlarni esa boshqalar bilan bo‘lishadi.
Ilmiy sohalardagi shiddatli rivojlanish va ishlab chiqarishning keskin o‘sishi insoniyat hayotida axborotlarni mislsiz ortib ketishiga olib kelmoqda. Axborotlarni qayta ishlash sohasidagi yirik mutaxassislardan biri D.Martin bu jarayonni shunday baholaydi: «...insoniyat bilimlari yig‘indisi 2 baravar ortishi uchun 1800-yilga kelib 50 yil, 1950-yilga kelib 10 yil, 1970-yilga kelib esa 5 yil kerak bo‘ldi». Hozirgi kunda esa mutaxassislar bu jarayonga 2 – 3 yil yetarli bo‘layotganini e’tirof etishmoqda.
XX asr o‘rtasiga kelib mehnatga layoqatli aholining anchagina qismi o‘z ish faoliyatini axborotni qayta ishlash sohasida yurita boshladi. Shunga qaramasdan, odamlar katta hajmdagi axborotni qayta ishlash uchungina emas, balki axborot ummonida faqat kerakli axborotni izlab topish uchun ham sezilarli kuch – quvvat sarflashga majbur edilar. Bu holat o‘z vaqtida «axborot portlashi» deb nom ham olgan. O‘tgan asrdayoq boshlangan aholi ish faoliyatini moddiy boyliklar ishlab chiqarish sohasidan axborotni qayta ishlash sohasiga o‘tkazish tendensiyasi hozirgi kunda ham rivojlanib bormoqda.
Bu davrga kelib xuddi avvaldan buyurtma qilingani kabi, dasturiy boshqaruvli hisoblash mashinalari ishlab chiqarish uchun ilmiy va texnik sharoitlar yuzaga kelgan edi. Ishlab chiqarilgan elektron hisoblash qurilmalari axborotni «qog‘ozsiz» texnologiya asosida izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish imkonini bera boshladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Axborot deganda biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki ta’sirini, bog‘liqlik darajasini tushunamiz
|