|
Informatikaning nazariy asoslari
|
bet | 2/5 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #271788 |
Bog'liq 1-mavzuInformatika – kompyuter texnikasini qo’llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to ‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug'ullanuvchi fandir.
Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo'llash usullarini o'rganadigan fandir. Demak, informatika uchun asosiy ashyo axborot bo'lib, u asos tushunchadir.
Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va u siz mavjud bo‘la olmaydi.
Kibernetika kompyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin ob’ektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o‘zicha rivojlanaveradi.
Kibernetika va informatika tashkiliy jihatdan bir-biriga juda o‘xshash bo‘lsa ham, lekin:
• informatika — axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari hususiyatlariga asoslanishi;
• kibernetika esa — ob’ektlar modellarining kontseptsiyalarini ishlab chiqish va ko‘rishda xususan axborotlardan keng foydalanishi jihatidan farqlanadi.
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog‘liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon etadi.
Informatika fanini kompyutersiz tasavvur qilib bo'lmagani uchun sizga tanish bo'lgan quyidagi ikki qism birgalikda qaraladi: Texnik yoki qattiq qism (Hardware), Dasturiy yoki yumshoq qism (Software) Axborot haqida quyidagi olimlarni fikriga to’xtalib o’taylik:
IX–X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon bilish jarayonini ikki bosqich – aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat bo’lib, ular o'zaro bog’liq, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta’kidlaydi.
Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.
Forobiy “Ilm va san’atning fazilatlari” bilish jarayoni cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlaydi.
Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo “oziqlanish talabi” paydo bo'lib, unga ko‘ra odam ovqatlanadi. Shundan so'nggi talablar “tashqi talablar” bo'lib, ular bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi a’zolari orqali vujudga keladi. Mazkur “tashqi talablar” 5 turlidir: nerv sezgisi; ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko'rish sezgisi.
Yuqoridagi misol va alloma Farobiy fikrlaridan kelib chiqib, axborotni qanday tushunish mumkin degan savilga quyidagicha javob berish mumkin:
|
| |