• Kortikosteroidlar
  • Glyukokortikoidlar
  • Innervatsiya




    Download 20.54 Kb.
    bet4/5
    Sana10.05.2022
    Hajmi20.54 Kb.
    #20683
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Tayyor (2)
    Yangi mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi, 11(68 2)
    Antidiuretik gormon-(vazopressin, shuningdek, sifatida tanilgan) "Argipressin", "argininli vazopressin" va "antidiuretik gormon". Ushbu familiyadan ko'rinib turibdiki, bu gormon buyraklar orqali suv molekulalarini qayta so'rib olish va organizmda to'plangan siydik miqdorini kamaytirish bilan bog'liq vazifalarni bajaradi.Bu oligopeptid, ya'ni oz miqdordagi aminokislotalarning birlashuvidan tashkil topgan molekula, xususan 9. Aksincha, polipeptidlar 10 dan 100 gacha aminokislotalar guruhidir, biz "oqsillar" haqida gaplashsak ushbu turdagi 100 dan ortiq molekulalarning klasterlari.
    Kortikosteroidlar [lot. cortex (corticis) — poʻstloq], adrenokortikosteroidlar — buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatidan ishlanib chiqadigan steroid gormonlar guruhi (qarang Steroidlar). K. tarkibida 21 ta uglerod atomi bor. Barcha K. pregnan hosilalaridir. Organizmda xolesterjdan hosil boʻladi. Fiziologik taʼsiriga koʻra, 3 guruhga boʻlinadi: 1) organizmda, asosan, mineral almashinuviga taʼsir etadigan moddalar — mineralokortikoidlar (aldosteron, kortikosteron, dezoksikortikosteron); 2) uglevodlar va oqsillar almashinuviga taʼsir etadigan moddalar — glyukokortikoidlar (kortizon, gidrokortizon, kortikosteron); 3) jinsiy gormonlarga oʻxshash taʼsir etadigan steroid moddalar (androgenlar va progesteron). Organizmda K. yetishmay qolganida Addison kasalligi (Bronza kasalligi), koʻpayib ketganda esa Itsen-ko-Kushing kasalligi paydo boʻladi. K. preparatlari tibbiyotda keng qoʻllaniladi.
    Glyukokortikoidlar - odam va umurtqali hayvonlar buyrak usti bezlarining poʻstlogʻidan chiqadigan gormonlar. Kimyoviy tuzilishiga koʻra steroid. Gipofiz taʼsirida xolesterindan hosil boʻladi. Adrenokortikotrop garmon G. sekresiyasini oshiradi. Organizm hayot faoliyati uchun noqulay sharoitlar (qarang StressAdaptatsiyey sindrom) roʻy berganda G. koʻp ishlab chiqariladi. Asosiy G.: gidrokortizon, kortizon, kortikosteron, 11-degidrokortikosteron. G. asosan uglevodlar almashinuviga taʼsir etadi, jigarda oqsillardan glikogen sintezlanishiga va glyukoza hosil boʻlishiga yordam beradi; yuqori molekulali yogʻ kislotalarining biosinteziga toʻsqinlik qiladi. G. biriktiruvchi va limfa toʻqimalari faoliyatini susaytirib, turli yalligʻlanishlar rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi. G. va ularning sintetik analoglari(gidrokortizon-atsetat, prednizolon) tibbiyot va veterinariyada keng qoʻllaniladi.


    Download 20.54 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 20.54 Kb.