• Spermatogenez
  • Androgenlar
  • Innervatsiya




    Download 20.54 Kb.
    bet5/5
    Sana10.05.2022
    Hajmi20.54 Kb.
    #20683
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Tayyor (2)
    Yangi mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi, 11(68 2)
    Estrogenlar (yangi lot. oqmoq va ... gen) — odam va umurtqali hayvonlar jinsiy gormoni; asosan, ayollar tuxumdonida, shuningdek, buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatida, platsenta va urugʻdonda hosil boʻladi. Kimyoviy tabiatiga koʻra steroid. Ayollar jinsiy aʼzolari funksiyasi va rivojlanishini, sut bezlarining normal oʻsishini kuchaytiradi. Suyaklarning oʻsishi, suvtuz almashinishi va boshqalarga taʼsir etadi. Ayollar gavdasining normal boʻlishi E.ga bogʻliq. E.ga estradiol va estron kiradi.
    Progesteron (lotincha: pro — avval va gestatio — homiladorlik) — urgʻochi umurtqali hayvonlar va ayollar jinsiy gormoni. Kimyoviy tabiatiga koʻra, steroid, organizmda xolesterindan sintezlanadi. Asosan, tuxumdonning sariq tanasida hosil boʻladi. Homiladorlik davrida ayol organizmida, boʻgʻozlik va urchish davrida urgʻochi hayvonlarda moddalar almashinuvini rostlab turadi. Tibbiyotda P. va uning sintetik mah-sulotlari sariq tana funksiyasi buzilganda, jinsiy aʼzolarning birorbir kamchiliklarida, bola tashlash hollarida, farzandsizlikdabuyuriladi. P. va uning tabiiy hamda sintetik analoglari umumiy nom bilan progestinlar yoki gestagenlar deb ataladi.
    Spermatogenez (sperma va ... genez) — hayvonlarda va koʻpchilik oʻsimliklarda dastlabki diploid jinsiy hujayralarni ixtisoslashgan erkaklik hujayralari — spermatozoidlar yoki spermiylarga aylanishi. Rivojlanayotgan jinsiy qujayralar oʻzaro sinsitial bogʻlangan. S. koʻpayish, oʻsish, yetilish va spermatozoidlar shakllanishi davrlaridan iborat. Koʻpayish davrida diploid hujayralar — spermatogoniyalar bir necha marta mitoz boʻlinadi va oxirgi interfazada DNK replikatsiyalanadi. 2davrda ular oʻsib, 1tartib spermatotsitlarga aylanadi. 3davrda 2 marta boʻlinib yetilish, yaʼni meyoz sodir boʻladi. 1boʻlinishda har bir spermatotsitdan 2 tadan 2tartib spermatotsitlar; 2boʻlinishda 4 ta bir xil kattalikdagi spermatidlar hosil boʻladi; xromosomalar soni 2 baravar kamayadi. Spermatidlar S.ning 4davriga oʻtib, spermatozoidlarga aylanadi. Bu davrda ularning akrosomasi, xivchini va qoʻshimcha yadrosi hosil boʻladi; sitoplazmaning koʻp qismi ribosomalar, Golji kompleksi va endoplazmatik toʻr bilan birga chiqib ketadi. Spermatidlar ichidagi bunday oʻzgarishlar telokinetik harakatlanish deyiladi. S. 3 kundan (boʻshliqichlilarda) 20 kungacha (odamda) davom etadi. S. koʻpchilik hayvonlarda urugʻ yoʻlida, germafrodit hayvonlarda esa germafrodit gonadada, gʻovaktanlilarda mezogleyda roʻy beradi. Oʻsimliklarda spermatozoidlar anteridiyalarda hosil boʻladi.
    Androgenlar deb ataluvchi erkaklik jinsiy gormonlari urug‘donlarning maxsus hujayralari bilan ishlab chiqiladi. Ular urug'donlar ekstraktidan hamda erkaklar siydigidan ajratib olingan.
    Download 20.54 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 20.54 Kb.