• Parasimpatik nerv sistemasi
  • Ichki sekretsiya
  • Innervatsiya




    Download 20.54 Kb.
    bet2/5
    Sana10.05.2022
    Hajmi20.54 Kb.
    #20683
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Tayyor (2)
    Yangi mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi, 11(68 2)
    Simpatik nerv sistemasi (grekchaσυμπαθής - sympathia — sezuvchan, taʼsirga beriluvchan) — odam va umurtqali hayvonlar vegetativ nerv sistemasining bir qismi. Parasimpatik nerv sistemasi bilan birga ichki aʼzolar faoliyatini boshqaradi. Simpatik nerv sistemasi organizmda talaygina funksiyalarni boshqaradi; uning tolalari bo’ylab modda almashinuvini kuchaytiradigan, yurak urishini tezlashtiradigan, qon tomirlarni toraytiradigan, ko’z qorachig’ini kengaytiradigan va boshqa impulslar o’tadi.
    Parasimpatik nerv sistemasi — vegetativ nerv sistemasining bir qismi. Parasimpatik nerv sistemasi. Oʻzi innervatsiya qiladigan aʼzolarga xilma-xil, koʻpincha, simpatik nerv sistemasi taʼsiriga qarama-qarshi taʼsir koʻrsatadi. Parasimpatik ners sistemasi simpatik nerv sistemasi bilan birga barcha ichki organlar va bezlar faoliyatini boshqarishda qatnashadi.
    Variatsiya (lot. variatio — oʻzgarish) (genetikada) — maʼlum bir majmuani tashkil qiluvchi birliklar oʻrtasidagi modifikatsion yoki genotipik farqlar; gen (belgi)ning sifat yoki miqdor jihatidan oʻzgarishi (qarang Oʻzgaruvchanlik).
    Ichki sekretsiya - organizmdagi har xil aʼzo va toʻqimalarning qonga yoki toʻqima suyuqligiga maxsus moddalar ishlab chiqarishi. Odatda, Ix. bezlari (endokrin bezlar) deganda maxsus fiziologik faol moddalar — gormonlarni sintezlab, organizmning bevosita ichki muhiti — qon va toʻqima suyuqligʻiga chiqaruvchi bezlar tushuniladi. I.s. bezlariga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez yonidagi bezchalar, buyrak usti bezlari, meʼda osti bezining orolcha (ink-retor) qismi, jinsiy bezlarning bir qismi, shuningdek, epifiz (gʻurrasimon bez), ayrisimon bez (timus) kiradi. I.s. bezlarining hammasi bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlib, yagona funksional sistemani tashkil etadi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi. Gipofiz I.s. bezlari orasida alohida oʻrin tutadi. I.s. bezlaridan chiqadigan gormonlar organizmning turli aʼzo va sistemalarini bir-biriga bogʻlaydi, organizm funksiyalarining gumoral yoʻl bilan (suyuqliklar vositasi b-n) boshqarilishida qatnashadi. I.s. bezlarining asosiy vazifasi moddalar almashinuvi, oʻsish, jismoniy taraqqiyot va balogʻatga yetishni boshqarishdan iborat.
    Gipofiz (lotinchahypophysis — oʻsiq), bosh miyaning pastki ortigʻi — odam va umurtqali hayvonlar inki sekresiya bezlaridan biri; u kalla suyagi asosidagi turk egarida joylashadi boʻlib, gipofizar oyoqcha deb atalgan maxsus tuzilma orqali bosh miya bilan birikkan. Moddalar almashinuvi, shuningdek, boshqa ichki sekresiya bezlari faoliyatini boshkaradigan bir qancha peptid gormonlar ishlab chiqaradi. Vazni 0,5—0,6 g . Gipofizning oldingi, oʻrta va orqa boʻlagi bor. Oldingi boʻlak butun bezning 70% ni tashkil etadi, u qon tomirlari juda koʻp boʻlgan zich bezsimon toʻqimadan iborat. Bu boʻlak boshqa bezlarga qaraganda gormonlar hosil qilish jihatidan eng faol hisoblanadi.

    Download 20.54 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 20.54 Kb.