INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
483
INNOVATSION MAHSULOT BOZORINING SHAKLLANISH MEXANIZMLARI
Farxodjonova E‘zoza Nodir qizi
Jizzax politexnika institituti 2 - bosqich talabasi
Ortiqov Niyat Ne‘matilla o‗gʻli
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti
2 - bosqich talabasi
Annotatsiya: ushbu maqolada hududlarda innovatsion tadbirkorlikni
rivojlantirish jarayoni, xususiyatlari va yo‗nalishlari majmuini ishlab chiqish,
iqtisodiy faoliyati samaradorligini baholash, iqtisodiy rivojlanish
strategiyalari ishlab chiqish haqida ma‘lumot keltirilgan.
Kalit so‗zlar: jahon iqtisodiyoti, tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi, bozorlar,
raqobat, korxona, monopol.
Hozirda jahon iqtisodiyotida ro‗y berayotgan
yangi texnologiyalarning
rivojlanishi hamda tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi bozorlaridagi raqobatning
kuchayishi korxonalarda innovatsion jarayonlarni strategik boshqarish tizimini
faollashtirish va uni yanada samarali tashkil etishga qaratilmoqda. Ayniqsa,
mamlakat iqtisodiyotini tarkiban yangilash, fan sig‗imkorligi yuqori bo‗lgan
ustuvor sohalarni rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini
oshirish ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Bu esa, aholining tez
o‗sib, o‗zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‗laroq qondirish, so‗nggi kashfiyot
ishlanmalari va texnologiyalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, raqobatdosh
mahsulotlar ishlab chiqarish va tovarlarining hayotiylik davrini barqaror o‗sib
borishini ta‘minlovchi zamonaviy usullarni keng ko‗lamda
foydalanishni
taqozo etmoqda.
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
ta‘kidlaganidek
17
―Zamon
o‗zgaryapti, lekin monopol korxonalar o‗zgara olmayapti. Qat‘iy choralar
ko‗rish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz. Meni
tashvishlantiradigan masala shuki, korxonalarimiz tashqi raqobatga bardosh
bera oladimi? Chetdan tovar kirib kelsa, yurtimizda ishlab chiqarilgan xuddi
shunday mahsulot unga raqobatchi bo‗la oladimi? Mahalliy mahsulotlarning
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev. Iqtisodiyotda raqobat muhitini taʼminlash va
isteʼmolchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag„ishlangan
yig„ilishdagi maʼruza. https//uza/uza.