INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
486
innovatsiya korxonalari va tashkilotlarini davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlash choralari, davlat sektoridan xususiy sektorga texnologik transfert
shartlari, me‘yoriy-huquqiy boshqaruv va boshqalar.
Innovatsiyalar bozorining iqtisodiy mohiyati va o‗ziga xosligi
quyidagi holatlarda namoyon bo‗ladi:
1. Innovatsiya faoliyati mahsulotlari bilan tijorat ayirboshlashning
shakllanishi ishlab chiqarish munosabatlaridagi
tarixiy taraqqiyotning
qonuniy natijasi bo‗lib qoldi, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumiy
miqyosda tovar ishlab chiqarish jarayoni innovatsiya sohasiga ham
keng tarqaldi. Ushbu jarayon ijtimoiy
mehnat taqsimotining
chuqurlashuvi, ilmiy-texnika, innovatsiya va ishlab chiqarish faoliyati
sohalarida ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuv bilan tabiiy ravishda bog‗liq.
2. Bozorga kelib tushayotgan innovatsiya mahsulotlari tovarning barcha
belgilariga
javob beradi, ularning tijorat ayirboshlanishi esa bu
ob‘ektlarning tovar sifatidagi o‗ziga xosligini aks ettiruvchi bitimlarni tuzish
yo‗li bilan amalga oshiriladi.
3. Innovatsiya mahsulotlari savdo-sotiq sohasidagi
asosiy elementlari
talab, taklif va narx-navolardan iborat bozor mexanizmi yuzaga kelganda
amal qiladi. An‘anaviy tovarlar milliy bozorlarida bo‗lganidek,
innovatsiya mahsuloti ob‘ektlarining milliy bozorlari ham miqdoriy
tavsiflarga, soha va jo‗g‗rofiy
tuzilmaga, o‗z reklama turlariga, narxlarni
hisoblash metodikasiga, huquqiy me‘yorlarga ega. Innovatsiya mahsulotlarni
ayirboshlash bo‗yicha kelishuvlar boshqa turdagi tijorat kelishuvlar(sotib olish-
sotish, ijara, xizmat ko‗rsatish,
kapitalni investitsiyalash, shirkatlar haqidagi
shartnomalar)ning huquqiy shartlaridan foydalanishi ham mumkin.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning milliy bozorlari asosida
jahon innovatsiya bozori yuzaga keladi. Mahsulot
innovatsiyasi milliy
bozoriga kon‘yunktura faktorlari muttasil ta‘sir ko‗rsatib turadi. Umumiy
faktorlar qatoriga davriy tebranishlar kiradi. Kon‘yunktura hosil qiluvchi
o‗ziga xos faktorlarga ilmiy-texnika salohiyati va ishlab chiqarish sohasining
holati, innovatsiya faoliyati muayyan ob‘ektlarining
bozorda sotilishining
savdo-siyosiy shart-sharoitlari kiradi.
Innovatsiyalar bozori ilmiy-texnika mahsulotini ishlab chiqaruvchilar,
innovatsiya mahsulotini ishlab chiqaruvchilar hamda ularning
iste‘molchilari bozorlarining majmuidan iborat.
Innovatsiya faoliyatining
o‗ziga xosligi ushbu faoliyat sub‘ektlarining bir paytning o‗zida ikki vazifani
bajarishini belgilab beradi: ular bir tomondan ilmiy-texnika mahsulotini
ishlab
chiqaruvchilar
bozorida
ushbu
mahsulotning