«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»




Download 395,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana02.02.2024
Hajmi395,66 Kb.
#150692
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
15728 1 812528DE1D15DA0B4954643B707DF025B3ED4DF6

14 
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» 
nomli ilmiy-amaliy konferensiya 
Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga 
chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. 
Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati o‘quvchilarni qiziqtirib o‘qitish va 
bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir. Ta’limda berilayotgan bilimlarni 
o‘quvchilarning ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy 
etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi. 
Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga, 
mamlakatimiz rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot 
tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va 
muminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga, 
ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi 
Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda 
kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan 
dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim 
jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum 
xususiyatlarini joriy etadigan yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar 
ham mavjud bo‘lib, ular zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka 
aylantirdi.
Pеdagogik tеxnologiya mohiyat-е’tibori jihatidan boshqa tеxnologiyalar 
bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, 
mеtodlari va vositalariga egadir. Biroq pеdagogik tеxnologiya inson ongi bilan 
bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan 
pеdagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli 
tеxnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya 
komponеntlarini mujassamlashtirganidir. 
Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan 
uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini 
oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash avvalo, 
pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirishni talab etadi, 
chunki ularni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday pedagogik 
texnologiya kutilgan samarani bermaydi. 
Pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirish asosidagi 
pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo‘lib, pedagogik 
jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va 
e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi 
rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda 




Download 395,66 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 395,66 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»

Download 395,66 Kb.
Pdf ko'rish