`
13
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
PЕDАGОGIK TЕХNОLОGIYALАR-O‘QUVCHILARNING QIZIQISHINI
VA IJODIY QOBILIYATLARINI SHАKLLАNTIRISH ОMILLАRI
SIFАTIDА
Qorayeva Latifa Zarifovna
Navoiy viloyat
pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish
milliy markazi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7016313
Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo‘lganligi uchun ta’lim
samaradorligi pedagog va o‘quvchi faolliligiga, ta’lim
vositalarining
mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga
bog‘liq.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan
iqtisodiy tuzilmalar
yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda qo‘llay
oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon va tadbirkor,
ijtimoiy
faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o‘zining o‘rnini topadi. Bunday faollik
vujudga kelishi
uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq
bo‘lgan shaxsni shakllantirish kerak va avvalo har tomonlama rivojlangan,
sog’lom
fikr yuritadigan, jahon yoshlari bilan har sohada raqobatbardosh,
ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalamoq zarur. Intellektual salohiyatli
barkamol yoshlarni tarbiyalashda esa yurtimiz har bir pedagogining o‘z kasbiga
bo‘lgan ma’suliyati va bilimlari zarur bo‘ladi.
Bugun ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida maqsad qo‘yilgan. Bu o‘quvchilarga
ijodiy jihatdan o‘z-o‘zlarini namayon qilishlari
uchun imkoniyat yaratish va
ularda ijobiy-shaxsiy sifatlarning shakllanishiga ko‘maklashishdan iborat. Shu
boisdan ham, bugungi kunda o‘quvchilarning faolligini oshirish, bilimlarini
yaxshilash
maqsadida
ta’lim
samaradorligini
oshiruvchi
pedagogik
texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy ta’lim ravnaqini ta’lim tarbiya amaliyotida samarali va tejamli, yangi
shakl, vositalarni qo‘llash, izlanish orqali yuqori natijalarga erishishni ko‘zlovchi
pedagogik texnologiyalar ta’minlaydi.
Pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonini ilg’or
vositalari,
metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi
hisoblanadi. Bu tizim o‘qituvchi
tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya
bosqichlarini o‘zaro bog’lashga xizmat qiladi. Uning mzmuni va vazifalarini,
maqsadini oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning
shakllari va vositalarini
tayyorlash, o‘quvchida shakllantirish ko‘zda tutilgan ma’naviy sifatlarni
o‘zlshtirishga yo‘naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o‘z ichiga oladi.