Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi lozim bo`lgan tovarlar summasi




Download 129.88 Kb.
bet5/7
Sana08.05.2023
Hajmi129.88 Kb.
#57676
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
пул-кредит
9-sinf, Документ Microsoft Word, 93676, uzbeksko russkiy razgovornik uzbegim, 8, qoramollarni bo\'rdoqilash, 6-синф Математика, 1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti, ma lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida lingvistik ma lumotl, 1-mavzu, 2-ma\'ruza 2022-23, 9-ma\'ruza 2022-23, testing (1), OTABEK - diplom ishi qayta

Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi lozim bo`lgan tovarlar summasi.


  • Pul birligining aylanish tezligi.
  • Kreditning rivojlanganlik darajasi, puldan to`lov vositasi sifatida foydalanish.


    Pul miqdoriga ta`sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasining quyidagi qonuniga ta`rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o`zgarmay qolganda, muayyan davrda muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar summasiga to’g’ri mutanosib, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir.
    Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko`pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo`lgan pul miqdorini hisoblash uchun “M1 ...Mn pul agregatlari” yoki “tarkibiy qismi” tushunchasidan foydalaniladi. Barcha pul agregatlari yi`gindisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
    Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
    M0 — muomaladagi naqd (qo`goz va metall) pullar.
    M1 = M0 = aholining joriy hisob varaqlaridagi pul qoldiqlari, korxonalarning hisob varaqlaridagi pul mabla`glari, banklardagi talab qilib olish mumkin bo`lgan pul omonatlari.
    M2 = M1 = tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jam`garma hisob varaqlaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi pul mabla`glarini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga o`tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas. Ular, asosan, jam`garish vositasi vazifasini bajaradi.
    M3 = M2 = bank sertifikatlari = aniq maqsadli zayom obligatsiyalari = davlat zayom obligatsiyalari = xazina majburiyatlari.
    Demak, pul massasining har bir alohida agregati o`zining likvidligi darajasiga ko`ra farqlanadi. Likvidlik — bu turli aktivlarning o`z qiymatini yo`qotmasdan (eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir.
    Pul bozori — bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mabla`glariga bo`lgan talab va pul taklifining o`zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
    Pul taklifi — bu bozorda pul sifatida muomalada bo`lgan turli xil moliyaviy mabla`glar, ya`ni pul agregatlari yi`gindisi hisoblanadi.
    Mamlakatdagi pul taklifi, asosan, Markaziy bank tomonidan tartibga solinsa-da, u iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi. Chunki bu jarayonga uy xo`jaligi xatti-harakati hamda tijorat banklarining siyosati ham ta`sir ko`rsatadi.
    Kredit bo`sh turgan pul mabla`glarini ssuda fondi shaklida to`plash va ularni pulga muhtoj bo`lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma`lum muddatga, foiz to`lovlari bilan qaytarish sharti bilan qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
    Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi.
    Kredit munosabatlari ikki sub`ekt o`rtasida, ya`ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi o`rtasida yuzaga keladi.
    Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:

    1. korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;

    2. mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;

    3. korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy ra`gbatlantirish fondlari;

    4. korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek, uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanilguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;

    5. bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;

    6. aholining bo`sh pul mabla`glari. Kreditning bir qator vazifalari mavjud:

    Birinchidan, kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining bo`sh pul mabla`glari ssuda fondi shaklida to`planib, keyin bu mabla`glar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi.
    Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to`lov vositalarini (veksel , chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xo`jalik amaliyotiga joriy etish vazifasini bajaradi.
    Uchinchidan, kredit naqd pullar o`rniga kredit pullarni rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi.
    To`rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy o`sishni ra`gbatlantirish vazifasini bajaradi.
    Beshinchidan, kredit o`z muassasalari orqali iqtisodiy sub`ektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi.
    Nihoyat, kreditning o`ziga xos vazifasi — iqtisodiyotni tartibga solishdir. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi.
    Kredit turli shakllarda amalga oshiriladi. Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki — pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida bank, tijorat, davlat, iste`mol va xalqaro kredit shakllarini o`z ichiga oluvchi pul kreditidan keng foydalaniladi.
    Bank krediti — pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz oluvchilar (tadbirkorlar, davlat, uy xo`jaligi sektori)ga pul ssudalari shaklida beriluvchi kredit. Bank krediti yo`nalishi, muddati va kredit bitimlari summasi bo`yicha cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda keng, tovar muomalasidan tortib kapital jam`garilishigacha xizmat qiladi.
    Xo`jaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriluvchi kredit. U korxonalarning kapital qurilish, qishloq xo`jalik sohalaridagi munosabatlari, shuningdek, ichki xo`jalik hisobi bo``ginlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.
    Tijorat krediti — korxonalar, birlashmalar va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning bir- biriga beradigan krediti. Tijorat krediti, avvalo, to`lovni kechiktirish yo`li bilan tovar shaklida beriladi.
    Iste`mol krediti — xususiy shaxslarga, birinchi navbatda, uzoq muddat foydalaniladigan iste`mol tovarlari (mebel , avtomobil , televizor va boshqalar) sotib olish uchun ma`lum muddatga beriladigan kredit. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib to`lash bilan sotish shaklida yoki iste`mol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Iste`mol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
    Ipoteka krediti — ko`chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriluvchi kredit. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
    Davlat krediti — davlat pul mabla`glari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo`lib chiqadigan kredit munosabatlarining o`ziga xos shakli. Davlat krediti mabla`glari manbai bo`lib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklidan, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalaniladi.
    Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyon etuvchi shakli. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
    So`nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.
    Lizing — bu kreditning pulsiz shakli bo`lib, odatda, ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to`lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat. Lizing bo`yicha bitimlar 1 yildan to 10 yilga qadar tuzilishi mumkin. Odatda, ishlab chiqarish vositalarini ularning egalari bevosita emas, balki maxsus lizing kompaniyalari orqali ijaraga beradilar.
    Faktoring — boshqa iqtisodiy sub`ektlarning qarzdorlik bo`yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari. Bunda bank korxonalarning «debitorlik hisob varaqalari»ni o`zi uchun foydali shartlar asosida naqd pulga sotib oladi, keyin esa bu qarzlarni qarzdordan undirib oladi.
    Forfeyting — faktoring munosabatlarining uzoq muddatli shakli. Bunda qarzdorlik bo`yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o`tgandan so`ng undirishi mumkin bo`ladi.
    Trast — bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo`yicha operatsiyalar majmui. Kredit berish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

    • ssuda berishning maqsadli tavsifi;

    • kreditning rasmiylashtirilgan muddatda qaytarilishi;

    • ssudaning moddiy ta`minlanganligi va to`lovliligi.

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta`minlashda banklar muhim rol o`ynaydi. Banklar pul mabla`glarini to`plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shu`gullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo`lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi, odatda, ikki bosqichli bo`lib, o`z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
    Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.
    Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Markaziy bank quyidagi vazifalarni bajaradi:

    1. boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi. Bu zaxiralar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin- valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi;

    2. cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta`minlaydi va banklararo hisob- kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi;

    3. davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi;

    4. barcha banklar faoliyatini uy`gunlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;

    5. xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi;

    6. pul taklifi ustidan nazorat qilish mas`uliyatini o`z zimmasiga oladi, milliy valyutani muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga soladi.

    O`zbekiston Markaziy banki o`zining asosiy vazifalarini bajarish bilan bir qatorda, bank xizmatlarini erkinlashtirishga qaratilgan siyosatni ham olib boradi. Bank tomonidan pul-kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli qo`gozlar operatsiyasi, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalari ham ishga solinadi.
    Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida banklar va korxonalar teng huquqli sheriklar sifatida chiqadi. Kredit berishda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi sifat darajasiga erishishini ta`minlaydigan tadbirlarga ustunlik beriladi.
    Banklar o`z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun moddiy jihatdan mas`ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari ko`proq ularning iqtisodiy jihatdan foydaliligi va samaradorligiga qarab beriladi.
    Tijorat banklari o`zlarining xo`jalik mavqeiga ko`ra aktsionerlik tipidagi muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko`ra, faoliyatning biron-bir turiga xizmat ko`rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo`lishi mumkin.
    Xalq banki — mamlakatda omonat ishlarini tashkil etish, naqd pulsiz hisob-kitob qilish va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirish, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berish kabi operatsiyalarni amalga oshiradi.
    Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo`shma korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yi`gma valyuta rejasining ijrosi, valyuta resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek, tashqi iqtisodiy operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga oshirishni ta`minlaydi.
    Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashuvi bo`yicha investitsion va ipoteka banklarini ajratib ko`rsatish lozim.
    Investitsion banklar — maxsus kredit muassasalari bo`lib, obligatsiya hamda qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish yo`li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan, davlat va tadbirkorlar)ga taqdim qiladi.
    Investitsion kompaniyalar o`zlarining qimmatli qo`gozlarini chiqarish yo`li bilan huquqiy investorlar pul resurslarini to`playdi va ularni korxona (milliy va chet el)lar aktsiya va obligatsiyalariga joylashtiradi. Bunday kompaniyalar to`liq investorlar manfaatini ifodalaydi va ularning asosiy maqsadi qo`yilgan kapital hisobiga foyda olish hisoblanadi.
    Ipoteka banklari - bu ko`chmas mulk (er va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muasasalari. Ipoteka bankining resurslari o`zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun foydalaniladi.
    Davlatning kredit tizimi ustidan ham ma`lum nazorat o`rnatishi muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun pul emissiya qilish huquqiga ega bo`lgan va pul muomalasini tartibga soladigan Markaziy Bank tashkil etilgan. Bundan tashqari, davlat ixtiyorida bir qancha ixtisoslashgan banklar bo`lishi lozim.
    Oqibatda, ishbilarmonlarning bank operatsiyalarini kredit va moliyaviy tizim orqali tartibga solish imkoniyati vujudga keladi.
    O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida kredit-pul siyosati sohasida quyidagi ustuvor yo`nalishlarni amalga oshirish asosiy vazifalar qilib belgilandi:

    • Markaziy bank boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli tizimini vujudga keltirish, respublika hududida yirik chet el banklarining bo`limlari hamda vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoitlarni yaratish;

    • barqaror pul muomalasini ta`minlash, kredit va nakd pul emissiyasi, jami pul massasining asossiz o`sishini keskin cheklash;

    • O`zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni yaratish1.

    Ushbu ustuvor yo`nalish va chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida “Banklar va bank faoliyati to``grisida”gi Qonun qabul qilindi. Uning asosida ikki bosqichli bank tizimi amalda shakllandi. Markaziy bank emissiya banki bo`lib, uning zimmasiga boshqa rivojlangan mamlakatlardagi markaziy banklarga xos bo`lgan vazifalar yuklatildi. Sobiq tarmoq doirasida ish yurituvchi davlat banklari tugatilib, Agrosanoat banki va sanoat-qurilish banki ixtisoslashtirilgan hissadorlik-tijorat banklariga aylantirildi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tuzildi va u muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.
    Hozirgi davrda, jahon bank amaliyotida pulga bo`lgan talab va taklifni, xususan, pul massasi, moliya bozorlari hamda bank tizimi likvidliligini samarali tartibga solishda ochiq bozordagi operatsiyalar, hisob stavkasi siyosati, majburiy zaxiralar siyosati, valyuta siyosati kabi bozor iqtisodiyotining bir qator zamonaviy vosita va mexanizmlari keng qo`llanmoqda.
    “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to``grisida”gi Qonunda monetar siyosatning: ochiq bozordagi operatsiyalari; Markaziy bankning hisob operatsiyalari; Markaziy bankning operatsiyalari bo`yicha foiz stavkalari; majburiy rezerv talablari va Markaziy bankning qayta moliyaviy ta`minlash kabi vositalari qayd etilgan.
    Pul-kredit siyosatining vositalari - Markaziy bank tomonidan pulga bo`lgan talab va taklifni tartibga solish hamda pul-kredit siyosatini amalga oshirish mexanizmidir. O`z navbatida, ushbu vositalar bevosita va bilvosita turlarga bo`linadi. Bevosita vositalar – Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga nisbatan foiz stavkalari yoki kredit miqdorini belgilash va cheklashdan iborat bo`lgan ma`muriy usullardir. Bilvosita vositalar esa – Markaziy bank va tijorat banklari o`rtasida ixtiyoriy ravishda foydalaniladigan, ya`ni bozor orqali pulga bo`lgan talab va taklifni o`zgartirish, muomaladagi pul massasi miqdori va banklarning to`lovga qobiliyatliligini tartibga solish usulidir. Bevosita vositalarga - foiz stavkalarini chegaralash, maqsadli kreditlar, har bir bank uchun kreditning yuqori chegarasini belgilash kabi ma`muriy usul va choralar kiradi. Ular bir qator kamchiliklarga ega bo`lib, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga mos kelmaydi. Xususan, ular har bir bankka nisbatan qo`llanuvchi yakka tartibdagi nazorat qilish chorasi bo`lib, moliya bozorida raqobatni bo``gib qo`yadi, moliya sohasining rivojlanishini susaytiradi va banklarning moliyaviy vositachilik rolini pasaytiradi. Shuningdek, bir qator banklar ustidan nazoratning o`rnatilishi natijasida alohida tarmoq va hududlarda kreditlashtirish samarasini pasaytiradi, katta miqdordagi moliyaviy mabla`glarning nazorat qilib bo`lmaydigan sohaga, ya`ni xufiyona iqtisodiyotga yoki
    xorijga chiqib ketishiga olib keladi.
    Bilvosita vositalarga - ochiq bozordagi operatsiyalar (davlatning va Markaziy bankning qimmatli qo`gozlarini birlamchi bozorlarda sotish), ikkilamchi bozordagi operatsiyalar (bevosita oldi-sotdi yoki REPO operatsiyalari), qayta moliyalash siyosati, majburiy zaxira talablari, valyuta siyosati, kredit auktsionlari, valyuta svoplari, veksellarni qayta hisobga olish mexanizmi, lombard yoki overdraft mexanizmlari va boshqalar kiradi. Ular bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladi va bevosita vositalarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Jumladan, Markaziy bankka pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish, pul massasi, moliya bozorini samarali tartibga solish, davlatning kreditni taqsimlash va pul-kredit orqali boshqarish jarayonlariga aralashuvini kamaytirish, moliya bozorining rivojlanishi va kengayishiga, banklarning vositachilik rolini oshirish, kapital qo`yilma va moliyaviy jam`garmalar hajmining ko`payishiga qo`shimcha qulayliklar yaratadi.
    Markaziy bank o`zining va davlatning qimmatli qo`gozlarini, xorijiy valyutalarni erkin sotish va sotib olish, mabla`glarni depozitlarga jalb qilish va qaytarish, majburiy zaxira talablari me`yorini va qayta moliyalash stavkasini o`zgartirish orqali banklarning moliyaviy holatiga ta`sir qiladi (9.3.1-jadval).
    Markaziy bank yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi hajmini iqtisodiyot uchun zarur bo`lgan miqdorgacha kamaytiradi. Pul massasining kamayishi hisobiga inflyatsiya darajasi pasayadi va milliy valyuta kursining barqarorligi oshadi. Bu esa, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va aholining bank tizimiga bo`lgan ishonchining tobora oshishiga, mamlakatda jam`garmalar va iqtisodiy faollikning o`sishi, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va makroiqtisodiy barqarorlikning mustahkamlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratadi.

    So`nggi yillarda mamlakatimizda monetar siyosat sohasida ham bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, investitsiya loyihalari va davlat byudjeti taqchilligini Markaziy bank kreditlari hisobidan moliyalashtirish amaliyotiga chek qo`yildi. Bu esa Markaziy bank mustaqilligini oshirdi. Tijorat banklarining bo`sh pul mabla`glarini Markaziy bankning depozit sertifikatlariga va maxsus depozitlariga jalb qilish bo`yicha operatsiyalar muntazam ravishda o`tkazib borilmoqda.


    Markaziy bankning obligatsiyalari muomalaga chiqarildi, muomaladagi ortiqcha likvidlilikni kamaytirishning bozor mexanizmlari yaratildi, inflyatsiya va foiz stavkalari sezilarli darajada pasaytirildi. Amaldagi mavjud almashuv kurslari birxillashtirilib, milliy valyutaning barqarorligi ta`minlandi. Aholining banklardagi omonatlari miqdori sezilarli darajada o`sdi. 2013 yilda Xalqaro joriy operatsiyalar bo`yicha milliy valyutaning konvertatsiya qilinishi ta`minlanib, XVFning VIII moddasi talablariga zid keluvchi barcha cheklovlar olib tashlandi.

    Umuman, 2013 yilda amalga oshirilgan qat`iy monetar siyosat milliy valyuta barqarorligini ta`minlashga, inflyatsiya darajasi va foiz stavkalarini yanada pasaytirishga, pul bozorini rivojlantirish, valyuta bozorini erkinlashtirishga hamda pul mabla`glarining bankdan tashqari muomalasini qisqartirishga yo`naltirildi. O`z navbatida, 2013 yilda depozit operatsiyalari pul taklifi va bank tizimi likvidliligini tartibga solishda eng ko`p qo`llanilgan vosita bo`ldi.


    O`zbekistonda bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, banklarning kapitallashuv darajasi, likvidligi, ya`ni to`lov qobiliyatini oshirish uchun oldindan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
    O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2019-2021 yillarga mo`ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida moliya-bank tizimini mustahkamlash bo`yicha talay ishlar amalga oshirildi. Oqibatda, so`nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar ko`paydi. 2019 yilning o`zida yetakchi banklarning nizom jam`garmalarini oshirish uchun qo`shimcha ravishda 500 milliard so`mdan ortiq davlat mabla`glari ajratildi. Banklarimiz kapitalining yetarlilik darajasi 23 foizdan oshadi. Mamlakatimizda28 ta tijorat banki “Fitch Reytings”, “Mudis” va “Standartend Purs” kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarning “barqaror” degan yuqori reyting bahosini olishga muvaffaq bo`ldi.
    Umuman, davlat bank-moliya tizimining barqarorligini oshirish tijorat banklarini yirik investitsiya institutlariga aylantirish orqali iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlanishi uchun mustahkam shart-sharoit yaratadi.
    Mikroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi-bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarning cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo‘llarini asoslab berish hisoblanadi.
    Mikroiqtisodiyot fani-turli moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa tur boyliklarni bir korxona, bir tadbirkor, yakka uy xo'jaligi faoliyati doirasida foydalanishini olish, sotish, unga talab, uning taklifi, jamiyatdagi ma’lum bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samarali ishlatilishini o‘rganadi.
    Mikroiqtisodiyot iqtisodiyotning ayrim subyektlari-iste’molchilar, mehnat qiluvchilar, kapital qo‘yuvchilar, resurs egalari va ayrim firmalar tomonidan bir qarorga kelishning mexanizmini o‘rganadi. U bozorlar va sanoat tarmoqlarini shakllantiruvchi iste’molchilar va firmalarning birgalikdagi xatti-harakatlarini tadqiq etadi.
    Mikroiqtisodiyot nazariyani tatbiq etishga asoslanadi, nazariya esa iqtisodiyot ayrim subyektlarining sa’y-harakatlarini tushuntirishga yordam beradi, kelajak uchun tegishli prognozlar qilishda qo‘l keladi. Nazariyaning matematik ifodasi bo‘lgan modellar mazkur tushuntirib berishning tasviri sifatida va prognozlash jarayonida qo‘llaniladi.



    Download 129.88 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Download 129.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi lozim bo`lgan tovarlar summasi

    Download 129.88 Kb.