• Mustaqil ishning vazifalari.
  • 1.1. Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar
  • Innovatsion iqtisodiyot




    Download 129.88 Kb.
    bet3/7
    Sana08.05.2023
    Hajmi129.88 Kb.
    #57676
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    пул-кредит
    9-sinf, Документ Microsoft Word, 93676, uzbeksko russkiy razgovornik uzbegim, 8, qoramollarni bo\'rdoqilash, 6-синф Математика, 1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti, ma lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida lingvistik ma lumotl, 1-mavzu, 2-ma\'ruza 2022-23, 9-ma\'ruza 2022-23, testing (1), OTABEK - diplom ishi qayta
    Mustaqil ishning maqsadi. O‘zbekistonda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatishda bank tizimining roli, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi hamon davom yetayotgan sharoitda O‘zbekistonda bank tizimini yanada mustahkamlash va rivojlantirish yo‘llarini aniqlashdan iborat.

    • Mustaqil ishning vazifalari. O‘zbekistonda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatishdan kelib chiqib qo‘yidagi vazifalar belgilab olindi:

    • Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillarni aniqlash;

    • Bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish;

    • Innovatsion texnologiyalarni keng joriy yetish — O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf yetish va jahon bozorida yangi marralarga chiqish;

    Mustaqil ishning obyekti: O‘zbekiston Respublikasi misolida
    Mustaqil ishning hajmi: Mustaqil ish 27 betdan iborat bo‘lib kirish, asosiy qism, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Xulosa va takliflar qismida mustaqil ish bo‘yicha asosiy natijalar umumlashtirilib asoslangan bir qator xulosa va takliflar berilgan.


    1.1. Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar
    Bugungi kunning yeng dolzarb muammosi — bu 2018 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat. Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yyetakchi fond bozorlarida yeng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
    Hozirgi vaqtda bir qator yyetakchi tahlil va yekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda.
    Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo‘lishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda.
    Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o‘z korporativ manfaatlarini ko‘zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog‘ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yyetarli darajada nazorat yo‘qligini ham tasdiqladi.
    Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. YA’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog‘liq mustahkam yekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoniga), ularning chet yel va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram yekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog‘liq.
    To‘rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yyengillashtirish ko‘p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg‘unligiga bog‘liq.
    2018 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko‘lami tobora kengayib borayotganini tasdiqladi.
    Ushbu sammitda bo‘lib o‘tgan muhokamalar shuni ko‘rsatdiki, bugun jahon moliyaviy inqirozining oldini olish haqida so‘z borayotgani yo‘q, balki undan qanday qilib chiqish yo‘llari izlanmoqda, xolos. YA’ni, bu masalada vaziyat shu darajaga yyetdiki, yendi avvalgi marralarga qaytish haqida so‘z yuritishga asos yo‘q.
    Muhokamalarda inqirozni keltirib chiqargan sabablar tahlili bo‘yicha sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga yega yemasligi, shu bois ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom yetadigan oqibatlarini bartaraf yetish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab chiqish haqida gapirishga hali yerta yekani ayon bo‘ldi.
    Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli yekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli yekaniga bog‘liqligini isbotlashga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar yekanmiz, yeng avvalo, "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy yetishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik.
    Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o‘tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, "Yangi uy qurmasdan turib, yeskisini buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lini tanladik.Yeng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik.Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo yetgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolarni hal yetish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi.
    Hech kimga sir yemaski, bugun keng ko‘lamda tarqalib borayotgan jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bog‘liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag‘larining yyetishmasligi bilan izohlanadi.
    Mamlakatimizda yesa birgina tijorat banklarining aktivlari miqdori, "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan holda, 13 trillion 360 milliard so‘mdan oshadi. Bu aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yyektlarning jalb qilingan depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko‘p demakdir.
    Bank aktivlari hajmining sezilarli darajada oshganini hisobga olib, bugungi kunda respublikamizda aholining banklardagi barcha depozitlarini davlat tomonidan yuz foiz kafolatlash ta’minlanmoqda.
    Shu borada 2006 yilda tashkil yetilgan "Mikrokreditbank"ning faoliyati xususida alohida to‘xtalish joiz. Mamlakatimiz hududlarida 78 ta filiali va 270 dan ziyod minibanki faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini kreditlar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.2017—2018 yillar davomida ushbu bank aktivlari miqdori 3,5 barobar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu maqsadlarga 150 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Prezident farmoni asosida "Mikrokreditbank" ustav jamg‘armasini 72 milliard so‘mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so‘mga yyetkazish haqida qaror qabul qilindi.Yana bir masala — tashqi qarz va uni uzish muammolari bilan bog‘liq. Shuni aytish kerakki, ko‘plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi puxta o‘ylanmagan siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram, xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz va nochor ahvolga solib qo‘yganini ko‘rish, kuzatish qiyin yemas.O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet yel investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb yetish tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda.
    Shuni ham qayd yetishni istardimki, qarzni o‘z vaqtida qaytara olishga qat’iy ishonchimiz va kafolatimiz bo‘lmagan paytlarda muayyan loyihalarni kreditlash bo‘yicha ayrim takliflardan voz kechgan holatlarimiz ham bo‘ldi.Tijorat banklarimizning tashqi majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarining holati va hajmi masalasi bo‘yicha so‘z yuritganda hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. Bu ham respublikamiz bank tizimi jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanganini ko‘rsatadi.O‘zbekiston o‘zining ishonchli va to‘lov qobiliyatiga yega hamkor yekanini, mamlakatimizda chet yel sarmoyasini jalb yetish bo‘yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda.2017—2018 yillar davomida o‘zlashtirilgan chet yel investitsiyalari hajmi 2,5 barobardan ko‘proq oshganining o‘zi ham buni tasdiqlab turibdi.Umuman, 2019 yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va ichki investitsiyalarni hisobga olganda, kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining kamida 25 foizini tashkil yetadi.
    Aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlar ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu yesa yel-yurtimizning farovonligini yuksaltirish, aholining xarid qobiliyatini oshirishni ko‘zda tutadigan yeng muhim ustuvor maqsadlarimizga to‘la mos keladi.
    Tabiiyki, yuqorida keltirilgan misol va raqamlardan tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur yedi.
    Barchamiz bir haqiqatni anglab yyetishimiz lozim — O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
    Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yyetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va yeksportining o‘sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir yetayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
    Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston yeksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu yesa, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi sub’yyektlar va investorlarning yeksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko‘rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda yesa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir yetadi. Shubha yo‘q, jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf yetish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Avvalambor keyingi davr mobaynida mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o‘z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat va asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda qabul qilingan farmoni bilan jahon moliya inqirozining oqibatlariga qarshi kurash yo‘lida bank va moliya tuzilmalariga qo‘shimcha yordam berish, iqtisodiyotning real sektori korxona va kompaniyalarining faolligini kuchaytirish va rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishga solish ko‘zda tutilgan.



      1. Download 129.88 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 129.88 Kb.