a) “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” (BBB);
92. Inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, berilgan savollarga qisqa, aniq va lo‘nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod qanday nomlanadi?
b) “Blis-so‘rov”;
93. Fransuzcha so‘zidan olingan bo‘lib, mashg‘ulotlarda biror-bir mavzu yuzasidan talabalar o‘rtasida o‘zaro bahs uyushtirish, ularning o‘zaro fikr almashishlarini ta’minlashga xizmat qiladigan texnologiya (interfaol metod) qanday nomlanadi?
c) “Debat”;
94. G‘uncha, to‘plam, bog‘lam kabi ma’nolarni anglatib, ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish, ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadigan grafik organayzer qanday nomlanadi?
d) “Klaster”.
95. Uni qo‘llashda talabalarning vazifasi mantiqiy jihatdan noto‘g‘ri ifodalangan ma’lumotlarni to‘g‘ri dalillarga aylantirish, yuzaga kelgan mantiqiy chalkashlikni tuzatish, fikrlarni muayyan ketma-ketlikda to‘g‘ri joylashtirgan holda uzilgan zanjirni “ulash”dan iborat bo‘ladigan strategiya qanday nomlanadi?
a) “Mantiqiy chalkash zanjir”;
96. Muammoning asosiy to‘rt jihatini yoritishga xizmat qilib, unga ko‘ra talabalar mavzuning mazmuniga mos muammolarni atroflicha o‘rganish orqali mohiyatini yoritish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni izlash, hal qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladigan strategiya qanday nomlanadi?
b) “SWOT-tahlil”;
97. J.Still, K.Meredis, Ch.Temil tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, “O‘qish va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da har bir talaba hamda talabalar guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan strategiya qanday nomlanadi?
c) “Sinkveyn” (“Besh qator”);
98. Talabalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini, xotirani, shuningdek, muayyan muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq, erkin ifodalash malakasini rivojlanishiga xizmat qiladigan strategiya qanday nomlanadi?
|