• Turli muammolar asosida
  • Faoliyat asosida
  • Kompleks obyektlar asosida




    Download 7,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/106
    Sana19.05.2024
    Hajmi7,6 Mb.
    #244239
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106
    Bog'liq
    Р. Мавлонова

    Kompleks obyektlar asosida
    Integrativ kurs yaratishga asos bo’lgan kompleks obyektlarga Yer, 
    biosfera, odam va uning vashash muhiti misol b o la oladi. Bu kurs- 
    larning bir xil mavzularida bir obyekt turli fan nuqtayi nazaridan 
    ko‘riladi.
    Shu xildagi integratsiya o4gan asrning yigirmanchi yillarida maorif 
    tizimida qoUlanilgan. Keyinchalik u bekor qilingan, lekin bizning 
    davrimizda, aytish mumkinki. qaytadan tug'ildi. Bizning nazarimizda. 
    ma lum hajmda u tabiiy fan lar ta limiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
    Turli muammolar asosida
    Integrativ kurslarni turli lokal (mahalliy) va global (umumjahon) 
    muammolar asosida tatbiq etishga urinishlar kobp uchraydi. Bunda 
    tabiiy, ilmiy bilimlarning muammolar asosida birlashtirilishi qo'lla- 
    niladi. Bu sinfdagi integrativ kurslar (asosan. ekologiva bilan bog'liq 
    kurslar) maktablar ish faoliyatida keng tarqalgan.
    Muammolar bo'yicha tuzilgan integrativ kurslar rivojlanishiga 
    global ta’limning rivojlanishi ham turtki bo’ldi. Bu yo'nalishning 
    tarafdorlari zamonaviy shaxsning rivojlanishiga bugungi kunda mam la- 
    katlarning va millatlarning ekonomika. fan. siyosat, m a’naviyatining 
    uzviy bog'liqligidan kelib chiquvchi globallik omili kuchli ta’sir 
    ko‘rsatadi, degan tasdiqlashni asos qilib olishgan.
    188


    Faoliyat asosida
    Tabiiy fanlar asosini o'rganishda o'quvchilar kitob bilan ishlash, 
    kuzatishlar olib borish, tajribalar o‘tkazish, olingan bilimlarni bir 
    tizimga solish kabi turli o'quv-ta'lim ish faoliyati bilan to'qnashadi. 
    0 ‘quvchilarni faolivatning bir turi bilan tanishtiruvchi bir butun kurs 
    yaratish maqsadga muvofiqdek ko’rinadi. U o'qitish jaravonining har bir 
    vaqtida foydali bolishi mumkin va kichik hajmda ham tabiiy fanlarni 
    o‘qitishda, o'quvchilarning ortiqcha kuch sarf qilishlari muammosini 
    hal qilishda. mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishda 
    yordam beradi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni yaratish va ularni 
    o‘quv jarayoniga tatbiq qilish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb 
    etadi. Tabiiy fanlarni o'zlashtirishni tekshirishlar natijalari shuni 
    koTsatadiki, o'zbek o'quvchilari chet ellik tengdoshlarga nisbatan ko‘p 
    m a’lumot o'zlashtirishsa ham, uni tatbiq qilishda sezilarli darajada 
    orqada qolishadi. Ko‘pchilik bunga sabab asosiy ko'nikinalarning 
    moslashtirilmaganida deb biladi. Balki, uzoq vaqt davomida an’anaviy 
    maktabda integrativ darslarga e'tibor berilmaganidadir?Bu yerda 
    bugungi kungacha yaratilgan integrativ kurslarning asosiy sinflari 
    sanab o'tildi. Lekin o‘quv fanlarini integratsiyasi jaravonida qator 
    kamchiliklar ham boMishi mumkin. Birinchidan. Aytib o'tilgan tabiiy 
    integrativ kurslarni tuzish yo'llari ko'pincha bir-birini takrorlaydi 
    va birga qo‘Uaniladi, bu bilan yangi asoslar yaratilib, ularni tartibga 
    keltirish. ilmiy asos yaratish qiyinlashadi.
    Ikkinchidan Integrativ kurslar fanlararo aloqaning o‘rnini bosa ol- 
    maydi. Bizning fikrimizcha, ular bu aloqaning tashkil etuvchilaridan 
    biri.
    Uchinchidan Tabiiy ilmiy taMimnmg qulav tuzilishi shundaki, 
    integrativ kurslar o‘quv rejasining o'zgaruvchan qismiga kirib, uning 
    regional tashkil etuvchisi hisoblanadi.
    To'rtinchidan 
    To'liq 
    o'quv-metodik 
    qo‘llanmalarning yo'qligi 
    integrativ kurslarning o'quv jaravoniga tatbiq etilishida qiyinchiliklar 
    tug'diradi. Ularning mualliflari dastur tuzib, umumiy metodik ko‘rsat- 
    malar tuzishgandan so‘ng to'xtab qolishadi.
    Beshinchidan Integrativ kurslar uchun o'qituvchilarni rejali va 
    maqsadga muvofiq tayyorlash tizimi hali takomillashgani yo'q.

    Download 7,6 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106




    Download 7,6 Mb.
    Pdf ko'rish