127
o‘ldiriladi, va bu ish har 10-15 kundan keyin shu tartibida takrorlanadi.
Bu usulda uzum aprelgacha saqlanishi imkoniyatini bor.
Xonadonlarda, dala bog‘larida
uzum boshlarini bir yillik novdasi
bilan kesib saqlash usuli
ham tarqalgan. Bunday saqlash uchun uzum
novdasi uzum boshining yuqorisidan 1-2 bo‘g‘in qoldirib kesiladi va
saqlanadigan joyda bo‘g‘inning pastki uchini suv bilan to‘ldirilgan
shisha idishga qiya qilib joylashtiriladi va shu holatda saqlash tavsiya
etiladi. Bug‘lanib ketgan suv o‘rni to‘ldirilib turiladi. Har 10-12 kunda
uzum boshlari tekshirilib buzilgan va ayniganlari, uzum donalari olib
tashlanadi. Tavsiya etilgan holatda 5-6 oygacha saqlash imkoniyat
paydo bo‘ladi.
Xonadonlarga yaqin bo‘lgan tokzorlardan qishga xo‘raki uzumlar
hosilini saqlash maqsadida, tok ekilgan qatorlarga paxsali va qamishli
devorlar qilish yo‘li bilan daromad olishadi. Bunda sifatli hosil
olinadigan va hosili terilmagan qatorlariga ehtiyotkorlik bilan ikki
tarafdan paxsa urib, yoki qalin qamishdan devor va plenka bilan o‘rab,
ustiga sovuq o‘tmaydigan gumbaz qilinadi va tokning o‘zida hosil
saqlanadi. Bu usul hali yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha usullardan
bir oz xarajati yuqori bo‘lsa-da, ba’zi bir jihatlaridan afzal bo‘lib, uzum
mevasini sarxil va taru-toza holatida uzib olinishi va qand miqdorini
yetarli darajada saqlanishi bilan xo‘randalarning mehrini qozongan.
Lekin bu usulda uzum mevasining sotish narxi qimmmat bo‘lsa-da,
hech qanday kimyoviy vositalarsiz taru-toza saqlanganligi uchun
dehqonning iqtisodiy daromadi yuqori bo‘lishi mumkin. Ammo,
kelgusi yili shu qatorlar bo‘ylab saqlangan toklardan yuqori hosil olish
imkoniyati past bo‘ladi, chunki, bu qatorlardagi uzumlar tupning o‘zida
uzoq muddat saqlanishi bois, ular qishki mavsumda tinim davri yaxshi
kechmaganligiva yaxshi dam olmaganligi sabab, hosildorlik past
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu tartibda uzum yetishtiruvchi
dehqonlar birinchi yili bu usulni qo‘llagan qatorlaridan emas, boshqa
uzum qatorlarida shu tadbirdan foydalanishib daromad olishadi.
Endilikda, O‘zbekistonnning barcha viloyatlarida, jumladan
Buxoro vilotida ham uzum mevalarini to bu yilgi uzum pishish
masumiga qadar taru-toza saqlaydigan sovitgichli(refrejiratorlar)
omborxonalar mavjud.