• 9.3 Quritishbop uzum navlari
  • Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/126
    Sana29.06.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #266182
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126
    Bog'liq
    13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

    I II III I II III 
    I II III 
    13-jadvalda Janubiy viloyatlar sharoitida turli xil uzum navlari 
    bo‘yicha uzum mevasini quritishning maqbul muddatlari to‘g‘risida 
    ma’lumotlar keltirilgan. 
    13-jadval tahlillaridan shu narsa aniqlandiki, Janubiy viloyatlar 
    sharoitida turli xil uzum navlari bo‘yicha uzum mevasini quritishning
    eng maqbul muddatlari yilning avgust va sentyabr oylariga to‘g‘ri 
    kelishini ko‘rsatmoqda. 
    9.3 Quritishbop uzum navlari 
    Buxoro viloyati sharoitida urug‘li xo‘raki navlardan - 
    Kattaqo‘rg‘on, Qora janjal, Sultoni, Qora kaltak, Rizamat, Shtur angur, 
    Aleksandr Muskati kabi va boshqa navlar quritish uchun ishlatiladi. 
    Urug‘g‘siz uzum navlaridan asosan, quyidagilar quritishga 
    tavsiya etiladi: Oq kishmish, Oftobi, Qora kishmish, Lo‘nda kishmish, 
    Xishrav kishmish, Kishmish Sug‘diyona, Kishmish Samarqand, Nilufar 
    va boshqalar. 
    Qora Kishmish
    . O‘zbekistonda keng tarqalgan kishmishbop 
    navlar orasida yetishtiriladigan maydoni va yalpi hosili, shuningdek, 
    quritilish hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi, bu navga 
    xo‘randalarning talab darajasi yuqori hisoblanadi, quritilgan mayizlar 
    uzoq saqlanadi.
    Uzum boshisi yirik (uzunligi 19-21 sm, yeni 10-11 sm), silindrsimon 
    yoki konussimon, kamdan kam qanotli, ko‘pincha tig‘iz emas. 
    Kishmish Sug‘diyona
    . So‘nggi paytlarda Kishmish Sug‘diyona 
    navi g‘ujumining yirikligi tufayli, keng tarqalmoqda va bog‘bonlar 
    tomonidan yuqori qadrlanmoqda va bu nav eksportbop ahamiyatga ega 
    hisoblanadi, mayizining yirikligi bilan ajralib turadi. 
    Uzumboshisi yirik (uzunligi 25 sm, yeni 16 sm), shoxlangan, 
    o‘rtacha bo‘sh yoki bo‘sh. O‘rtacha og‘irligi - 400-450 gramm. Ayrim 


    119 
    uzumboshlar 40-50sm uzunlikkacha boradi va vazni bir kg dan oshadi 
    (33-rasm). 
    G‘ujumi yirik (bo‘yi - 25.6 mm, yeni -17.6 mm). O‘rtacha vazni 
    4.5 gr. Shakli tuxumsimon, rangi qora, yuzasi mumg‘ubor bilan 
    qoplangan. Po‘sti yupqa, ammo mustahkam. Etining konsistensiyasi 
    etdor. Ta’mi yoqimli. Urug‘ rudimentlari yumshoq puch qobiqni 
    ifodalaydi. 
    Marmarli kishmish
    . Kelib chiqishi Armaniston. Olimlar ushbu 
    navni oq oval kishmishning vegetative o‘zgaruvchanligidan kelib 
    chiqqan deb hisoblaydilar. G‘ujumi mayda yoki o‘rtacha, yumaloq, 
    rangi oq. Eti go‘shtdor. Po‘sti shaffof, o‘rtacha qalinlikda, mumsimon 
    g‘ubor va qoramtir nuqtalarga ega. T’mi yoqimli, urug‘lari mavjud 
    emas Mevasi yuqori sifatli quritilgan mahsulot ishlab chiqarish uchun 
    yaroqli, quritilgan mahsuloti qandolatchilikda ishlatiladi. Kishmishning 
    degustatsion bahosi 4.6 ball (5 balli tizimda). Quritilgan mahsulot 
    chiqishi - 26% gacha. Mayda g‘ujumli kishmish ishlab chiqarish uchun 
    istiqbolli nav. Erta hosilga kirishi, tuplarning o‘rtacha o‘sish kuchiga 
    egaligi va yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi va pirovard natijada 
    ko‘p iqtisodiy samaradorlik keltiradi. 
    Oq kishmish.
    Sinonimlari: Kishmish beliy, Kishmish jeltiy, Sariq 
    kishmish. 
    Uzumboshi ko‘pincha o‘rtacha o‘lchamda bo‘lib (17x10 m), shakli 
    silindrsimon-konussimon, qanotli, o‘rtacha tig‘izlikda. Uzumboshining 
    yuqorigi qismini silindrsimon shaklda yaqqol kengayishi navning 
    o‘ziga xos xususiyatidir. Uzumboshining bandi mo‘rt, o‘tsimon, bunga 
    alohida e’tibor berish kerak. G‘ujumi mayda, ovalsimon (12x11 mm), 
    rangi sarg‘ish-yashil yoki quyoshga qaragan tomoni qahrabo-sariq 
    bo‘lib, mumsimon g‘ubor bilan qoplangan. Po‘stining yuzasida mayda 
    qora nuqtalar mavjud. Eti tig‘iz, qarsildoq, yetarlicha sersuv. Ta’mi 
    yoqimli, qand va nordonlik o‘ziga xos uyg‘unlikda. Maxsus hidga ega 
    emas. Iste'molga yaroqli pishish davrida 7-8 g/l nordonlikda bo‘lib,18-
    19% qand to‘playdi, quritishga yaroqli pishish davrida qand miqdori 
    24-26% ga etadi, nordonligi 4-5 g/l ga tushadi. Uzum g‘ujumlari 
    faqatgina urug‘ rudimentlariga ega va nav urug‘siz uzum guruhiga 
    kiritilgan.

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish