9.4 Uzum quritish usullari va texnologiyalari
Quyosh
quritgichi
yordamida quritish
. Quyosh energiyasi bilan
ishlovchi ushbu meva-sabzavot quritgichi konstruksiyasining eng
120
soddaligi bilan ajralib turadi. Bu quritgich respublikamizning barcha
viloyatlarida shu jumladan, Buxoro viloyatida ham tadbiq etilmoqda.
Quritilgan mahsulotning ekologik tozaligi, sifatliligi, tashqi ob-
havoning noqulay omillaridan (yog‘ingarchilik, chang, hasharotlar va
boshqalar)
ishonchli
himoyalanganligi,
eng
muhimi,
jahon
andozalariga mos quritilishi va yuqori sifatli mahsulot olinishi bilan
birgalikda bir kecha kunduzda 350 kg gacha mahsulot quritish
mumkinligi bilan ajralib, o‘zining afzalligini ko‘rsatmoqda. Mazkur
quritish asbobi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) quyosh energiyasi kollektori maydoni 16 m²
b) quritish maydoni 20 m²
v) Quyosh batareyasi
g) Ventilyatorlar
Quritgich bir xil balandlikdagi g‘isht yoki beton ustunlarga
o‘rnatiladi. Quritgichning tubi maxsus alyumin profildan yasaladi, ustki
qismi ikki nisbatli ramadan iborat bo‘lib, quyosh radiatsiyasiga
chidamli polietilen plenka bilan yopiladi. Quritgich ikki qismga
ajraladi: issiqlik yig‘uvchi (kollektor) va mahsulot qurituvchi (foydali).
Quritgichning ishlash prinsipi quyidagichadir. Uning issiqlik yig‘uvchi
qismi yuqorisiga o‘rnatilgan batareya quyosh energiyasi yordamida
ostki tomonga o‘rnatilgan ventilyatorlarni ishga tushiradi va yig‘ilgan
issiq havo mahsulotlarga yo‘naladi. Quritgichning yana bir afzalligi
shundaki, kunning quyoshsiz vaqtlarida batareya energiya to‘plamaydi
va ventilyatorlar ishdan to‘xtaydi, bu esa issiq havo oqimini boshqarib
turishda inson omili ishtirokini istisno etadi.
Shtabel usulida quritish
shundan iboratki, undan navlarga
ajratilgan va uzumning och tusli va rangsiz bo‘lgan navlari 0.3-0.4
foizli qaynayotgan ishqor eritmasida 5-7 soniya davomida tutib
turilgandan keyin yog‘och patnislarga yoyiladi va quruq sulfidlanadi
(sulfidli gaz bilan dudlanadi) yoki uzum g‘ujumlariga sulfidli kislota
eritmasi bilan namli ishlov beriladi va bu jarayon quritishga musbat
ta’sir ko‘rsatadi.
1kg yangi uzilgan uzumga 0.5-0.8 gr oltingugurt yoki 0.4-1.0 gr
oltingugurt angidridi sarflanadi. Och rangli uzumni (g‘ujumining katta
yoki kichikligiga bog‘liq holda) dudlash vaqti 1.0-1.5 soat bo‘lib, och
pushti rangdagi uzumlarni dudlash esa 30-40 daqiqa davom etadi.
Dudlash ishlari dudlash shkaflarida yoki statsionar kameralarda
o‘tkaziladi. Shkaf fanerdan tayyorlanadi. Uning hajmi 105x150x95sm
121
bo‘lgan past qismi ochiq quti. Yerga 12-14 ta patnis qo‘yiladi va eshigi
yopilib, quti ostidagi patnislarning yon tomoniga to‘rtburchak tunuka
tovada yonayotgan oltingugurt qo‘yiladi.
Katta fermer xo‘jaliklarida hajmi 3.5x3.5; 4x2.5 metr bo‘lgan,
xom g‘ishtdan, paxsadan qurilgan
statsionar dudlash kameralari
juda
qulaydir. Eshiklari mahkam berkitiladigan qilib, devorlari suvoq
qilinadi. Pollari sementlangan yoki loy bilan yaxshi zichlangan bo‘lishi
kerak. Eshik qarshisida cho‘yan pechka qurilib, undan oltingugurt
yoqiladi va nay orqali kameraga yuboriladi.
Bunday kameralarga 200 tonna patnis joylashtirish va mavsum
davomida 100 tonnadan ortiq uzumni sulfidlash mumkinligi
ko‘rsatilgan.
Sulfidlash, quritilgan uzumning jalb etadigan rangdor
tashqi ko‘rinishini saqlab qolishiga, vitaminlarini yaxshi saqlanishiga,
tarkibida
qand
moddasini
yo‘qotilmasligiga,
mahsulotlarni
zararkunandalar va mikroorganizmlardan saqlashga ijobiy yordam
beradi.
Patnislardagi uzumlar shiyponga 15-18 tadan taxlanadi. Har bir
taxlab qo‘yilgan patnislar usti yana bir bo‘sh patnis bilan berkitiladi. Bu
esa quritilgan uzumlar bir xil oltin rangda bo‘lishini ta’minlaydi. 4-5
kun o‘tgach uzumlar ag‘dariladi va patnislar o‘rniga (pastdagi patnis
yuqoriga, yuqoridagi patnislar pastga) almashtiriladi. Birinchi qatordan
20-25 sm masofada ikkinchi qator taxlab chiqiladi va 80 sm kenglikdagi
o‘tish uchun yo‘lakcha qoldiriladi va shu tartibda patnislarni ikki qator
shtabel joylashtirish davom etadi. Yuqorida ko‘rsatilgan texnologik
jarayonlarni samarali o‘tkazish ko‘p foyda beradi.
Quritish ob-havo sharoitiga qarab 14-21 kun davom etadi. Bunday
usulda quritilganda 27-32% kishmish (urug‘siz), 26-27% mayiz
(urug‘li) olinadi va bu usul pirovard natijada yuqori iqtisodiy
samaradorlik berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Oq kishmish, kishmish Botir, kishmish Zrafshon, kishmish
Samarqand, kishmish Xishravu navlaridan quritilgan uzum oltinrang,
sabza, Kattaqo‘rg‘on, Sultoni va Nimrang navlaridan olingan mahsulot
esa oltin rang germion deb ataladi.
Objo‘sh usulida quritish
. Bu usulning o‘ziga xos xususiyatlari
va afzalliklari shundaki, bunda uzumda avval kaustik sodaning
qaynayotgan suvdagi aralashmasida ishlov beriladi (blanshirlash),
so‘ngra uzum navlariga ajratilgandan keyin savatlarga 2-3 kg dan
122
solinadi va ishqorli (0.3- 0.4% li) qaynayotgan qozonga tushiriladi va
3-6 soniya ushlab turiladi.
Bunda g‘ujumlarning yupqa po‘stida ingichka yoriqlar paydo
bo‘ladi va g‘ujum po‘sti ustidagi mumsimon g‘ubor yo‘qoladi. Bu
g‘ujumlardagi namni tez bug‘lanishini ta’minlaydi va qurish muddati
qisqaradi, natijada yaxshi samara beradi.
Qozondan olingan uzumli savatlar, eritma oqib tushishi uchun
panjalar ustida bir necha daqiqa qo‘yiladi, so‘ngra patnislarga yoki
maydonga yoyiladi. Quritish uchun yoyilgan uzumlar har 3-4 kunda
ag‘dariladi va tayyor bo‘lguncha quritiladi, quritish 6-12 kun davom
etadi. Quritilgan mahsulotning chiqish foizi 25-26% ni tashkil qiladi.
Mahsulotni yog‘in-sochindan va ifloslanishdan himoya
qilinmasligi bu usulning kamchiliklaridan biridir. Bundan tashqari och
rangli uzum navlari o‘zining tabiiy yashil rangini yo‘qotadi, tayyor
mahsulot bir muncha past baholarda sotilishi mumkin.
Soyaki usulda quritish.
Bu usul mohiyati shundaki, uzum soyada, ya'ni
shamol esadigan joylarda qurilgan maxsus soyakixonalarda quritiladi.
Bunday sharoit, sutka davomida haroratning xilma-xilligi, doimiy
harakatda bo‘lgan havo oqimi tog‘oldi tog‘li tumanlarda mavjud.
19-rasm. Uzumni soyada qurituvchi xona 20-rasm.Konteynerli
etajerkada quritish
Soyaki xonalarni qurishdan oldin doimiy harakatdagi havo
oqimining
umumiy
yo‘nalishi
aniqlanadi
va
qurilgan
soyakixonalarning uzunasiga
66-
joylashadigan xonalarida yoriqsimon
tuynukchalari shamol esadigan tomondan ochiladi.
Quriladigan soyakixona pastidan uzunligi 8-12 m, balandligi 3-4
m va devorining qalinligi 60-70 sm bo‘lib, devorlarida eni 12-15 sm,
bo‘yi 70-80 sm bo‘lgan yoriqsimon kichkina tuynukchalar shaxmat
tartibida joylashtiriladi.
123
Loydan qurilgan qalin devorlar va tor tuynukchalar xonaga
quyosh nurining to‘g‘ri tushishini to‘sadi, shu bilan birga ular havo
almashib turishini ta’minlaydi va uzumni 1-2 sutka davomida uzm
boshlarining egiluvchanlik xususiyatini oshirish maqsadida xonaga
yoyiladi va bu ishni bajarilishi yaxshi samara beradi.
Toifalarga(sortlarga) ajratilgan va so‘litilgan uzum juft-juft holda
yoki bitta-bittadan, reykadan (cho‘pdan) yasalgan maxsus romlarga
osiladi.
Soyakixona shiftiga osilgan rom poldan taxminan 0.5 m baland
bo‘lishi kerak. Ko‘zdan kechirish va har bir bosh uzumni romlarga
osish qulay bo‘lishi uchunularni xona ichida ikki qatorga xona
o‘rtasidan 1.0-1.2 m kenglikda o‘tish joyi qoldirilgan holda, o‘ng va
chap tomonga joylashtiriladi. Romlar orasida taxminan 50-60 sm
masofa bo‘lishi tavsiya etilgan.
Quritish davomida uzum boshlarini doimiy ravishda tekshirib turish
maqsadga muvofiqdir, mog‘orlangan va chirigan g‘ujumlar olib
tashlanadi. 2 1-rasm.Ochiq
maydonda uzum quritish
Soyaki usulida uzum tarkibida 23-24 foiz qand moddasi tashkil
yetgan davrda teriladigan faqat Oq kishmish navi quritiladi. Uzum
quritilgandan keyin romlardan olinadi va g‘ujumlar uzum bandidan
ajratiladi. Quritilgan tayyor mahsulot 22-23% ni tashkil qiladi.
Quritish 30- 40 kun davom etadi va yaxshi natija beradi.
O‘rtacha 1m
2
tayyorlangan maydonga uzum tupi va naviga ko‘ra
10 kgdan 16 kg gacha yangi uzilgan uzum joylashishi mumkin. Uzum
miqdoriga qarab quritish uchun maxsus qog‘oz va qog‘oz qop
tayyorlash zarur bo‘ladi.
|