• 9-MAVZU. UZUM HOSILINI TERISH, TASHISH, QURITISH VA SAQLASH. Reja
  • Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/126
    Sana29.06.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #266182
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
    Bog'liq
    13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

    Nazorat savollari

    1.Tokzor tuprogiga kanday ishlov beriladi. 
    2. Tokzorni oziklantirish ima. 
    3. Tokzorni sugorish usullari
    4. Yosh tokzorlarga ishlov berishning asosiy xususiyatlari.
    5. Yosh tokzorlarda o’gitlash va sug’orishning o’rni 


    113 
     9-MAVZU. UZUM HOSILINI TERISH, TASHISH, 
    QURITISH VA SAQLASH.
     
    Reja
    1.
    Uzumni pishish davrida terish tartibi 
    2.
    Uzumni tashish, quritish usullari 
    3.
    Uzumni saqlash texnikasi 
    Tayanch iboralar: 
    Hosilni pishishi, yig‘ish, saqlash texnologiyasi, quritish usuli
     
    9.1 Uzum hosilini terish va tashish. 
    Buxoro viloyati tuproq-iqlim 
    sharoitida uzum hosilini talofatsiz yig‘ishtirib olishda avvalam bor, uni 
    pishishidan oldin chamalash, ya’ni hosil bashoratiga binoan uni
    yig‘ishtirish rejasini tuzish, hosilni yig‘ib olish, quritish va saqlashga 
    zarur asbob-uskunalar, quritgichlar, quritish uchun tayyorlanagan 
    maydon, transport vositalari, qishga saqlash uchun vaqtinchalik va 
    doimiy sovutgichli omborlarni tayyorlash, xuddi shunday agrotexnik 
    chora-tadbirlarni o‘tqazilish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalardan 
    foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
    11-Jadval 
    Buxoro viloyati tumanlarida ekishga tavsiya qilingan uzum navlari 
    T/r 
    Navning nomi 
    Tumanlar 

    Aleatiko 
    Viloyatdagi barcha tumanlarda 

    Qora janjal 

    Kattaqo‘rg‘on 

    Kishmish Xishray 

    Magarachskiy 

    Sultoni 

    Surxak kitabskiy 

    Pushti toyfi

    Risling 
    10 
    Rkatsiteli 
    11 
    Saperavi 
    12 
    Oq husayni 
    13 
    Nimrang 
    14 
    Venger muskati 
    15 
    Qora kishmish 


    114 
    16 
    Oq kishmish 
    17 
    Sug‘diyona 
    18 
    Bayan-shirey 
    19 
    Go‘zal qora 
    20 
    Pushti parkent 
    21 
    Perlit 
    22 
    Rizamat 
    23 
    Ertaki Shreder 
    Bundan taqari, uzum mevasini tashish va saqlaydigan idish 
    qutilari, kerakli uzum mevasini qirqib oluvchi maxsus tok va boshqa 
    qaychilarni shay qilib qo‘yish va quritish maydonchalarini tayyorlash 
    kerak bo‘ladi. Uzum mahsulotlarini qishda saqlash uchun omborlarni 
    tayyorlash va shu kabi bir qator ishlab chiqarish texnologik ishlarni ham 
    e’tibordan chetda qoldirmasligi lozim bo‘ladi. Hosilni yig‘ishtirib olish 
    vaqti, uning pishganligi yoki ma’lum bir mahsulot ishlab chiqarish 
    uchun uzumning qandlilik va kislotalilik darajasi aniqlanadi. 11-
    Jadvalda Buxoro viloyatining barcha tumanlarida ekishga tavsiya 
    etilgan uzum navlari ro‘yxati keltirilgan. 
    Buxoro viloyatida yetishtiriladigan uzum navlari - xo‘raki, 
    kishmishbop va vinobop navlar toifasiga kiradi. 
    Shuni alohida qayd etish lozimki, viloyatdagi uzum yetishtirish 
    bo‘yicha tavsiyalar, ularning biokimyoviy tarkibini aniqlash va quritish 
    maydonchalari, saqlash uchun maxsus joy sovutgichlar bilan 
    ta’minlanishiga katta e’tibor berish kerak. Viloyatda o‘tkazilgan 
    ko‘pgina tajribalar shundan dalolat beradiki, uzumning kishmish navi 
    qandliligi 24-25% ligida, mayizbop navlar – 22-23% ligida uzib olish 
    maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Musallas (oq musallas) tayyorlash uchun uzum mevasining 
    qandliligi 17-18%, qizil musallas uchun– 18-20% ligida va xo‘raki 
    uzum navlarini tarkibida qand miqdori 16-17% bo‘lganda yig‘ishtirib 
    olish tavsiya etiladi. 
    Tayyor uzum hosilini quritish yoki uzoqqa yuborish uchun 
    mo‘ljallangan uzumzor maydonlarini hosil yig‘ishtirib olishdan 2-3 
    hafta oldin sug‘orish ishlarini to‘xtatilishi tavsiya etiladi. Uzumlarni 
    tashish va saqlash uchun yog‘ochdan yoki plastmassadan yasalgan 10-
    12 kg li quti va savatlardan foydalanish tavsiya etiladi.


    115 
    Toklar hosilini chamalash.
    Buxoro viloyati uzumchilik 
    xo‘jaliklarida hosilni chamalash (hosil bashorati), ya’ni biologik hosil 
    yoki haqiqiy hosilni aniqlash, mirishkor dehqonlar uchun oldindan 
    qancha miqdorda sifatli mahsulot olishini bashoratlaydi va oldindan 
    tayyorgarlik ko‘rishlari uchun imkon yaratadi. Biologik hosil tok 
    tuplarini gullash vaqtida, yoki hosilni yig‘ib terishdan oldin o‘rtacha bir 
    tok tupidagi uzum hosilining o‘rtacha og‘irligi aniqlanadi, tok tupidagi 
    aniqlangan o‘rta uzum boshiga ko‘paytiriladi va hosildorlik aniqlanadi.
    Haqiqiy hosildorlik bir gektardan terilgan uzumni, ya’ni agar 3x2 
    m tartibda ekilgan bo‘lsa, 1667 dona tupga o‘rtacha bir tup hosildorligi 
    ko‘paytiriladi. Haqiqiy hosildorlik bir maydon hosildorligini to‘liq terib 
    olib, hosil topshirish shahobchasi yoki saqlash omborlariga 
    topshirilgandan so‘ng aniqlangan hosil haqiqiy hosil hisoblanadi. 
    Uzumni yomg‘ir yog‘magan, havo quruq vaqtida uzish kerak. Xo‘raki 
    navlar 
    tanlanib, 
    faqat 
    pishgan 
    uzumboshlarigina 
    uziladi. 
    Uzumboshlari o‘tkir bog‘ qaychisi yoki maxsus qaychilar bilan 
    kesiladi, bunda uzumboshining bandidan ushlab turib kesiladi. 
    Zararlangan yoki shikastlangan mevalar alohida qutilarga joylanadi. 
    Uzilgan uzum boshlari qutilarga yoki sig‘imi 10-12 kg li savatlarga 
    joylanadi. Har bir uzum navi hosili alohida qutilarga terib joylanadi. 
    Navlarni aralashtirib yuborishga yo‘l qo‘yilmaslik lozim. Uzumnini 
    terishda, ularga qulay bo‘lishi uchun qatorning o‘rtasidan boshlab uzish 
    va qatorning tomonidagi yo‘lga olib chiqish kerak. Uzum maxsus dala 
    shiyponi yoki joyida qutilarga joylanadi. Uzumni qutilarga 
    joylashtirishda uning uzumboshi bandlari pastga qaratib qo‘yiladi, 
    yashikda bo‘sh joylar bo‘lmasligi kerak, bunday joylarga massasi 150 
    g dan kam bo‘lgan uzum boshlari joylanadi. Uzumni poezdlarda yoki 
    samolyotda jo‘natishda quti qopqog‘ining ikkita chetki taxtachalari 
    qoqilgan bo‘lishi kerak. Yashiklarni taxlashda bu taxtachalar reyka 
    qistirmalar uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi. 


    116 
    18-rasm. Voish usulida o‘stirilgan Kishmish Sultoni uzumi 
    hosilning umumiy ko‘rinishi. 
    Bugungi kunda taxtadan yasalgan qutilardan tashqari uzoq vaqt 
    ishlatishga qulay, engil va mustahkam bo‘lgan plastmassali qutilar 
    keng miqyosda qo‘llanilmoqda. 
    Uzum quritish uchun sig‘imi ko‘pi bilan 20 kg li qutilarga uzum 
    mahsuloti yig‘iladi va quritish shahobchasiga tashiladi. U yerda 
    saralanadi va chippakka chiqariladi. Ezilgan va yaxshi pishmagan yirik 
    uzumboshlari
    19-Rasm. Husayni navi uzumining voish usulida 
    parvarishlash. 

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish