107
Asosiy mineral o‘g‘itlar va eng muhim makroelementlardan –
Azot (N); – Fosfor (P); – Kaliy (K); – Kalsiy (Ca); – Magniy (Mg).
• Boshqa (makro va mikro elementlar)dan – Temir (Fe); – Bor
(B); – Marganes (Mn); – Rux (Zn); – Oltingugurt (S).
•Makro va mikro elementlarning ahamiyati quyidagilarni tashkil
qiladi:
• Azot: – tok organlarining o‘sishiga ta’sir qilib, vegetativ
a’zolarning tarkibi hisoblanadi; – oqsil (protein) manbai hisoblanib – 1
tonna hosil uchun 3,9 kg azot talab etiladi.
• Fosfor: – energiya tashuvchi manba bo‘lib,
hujayralarning
bo‘linishini va yangi novdalarning rivojlanishini ta’minlaydi; – 1 tonna
hosil uchun 3 kg fosfor lozim bo‘ladi.
• Kaliy: – eng kerakli moddalardan hisoblanib, tok butasining
kaliyga bo‘lgan talabi kuchli. Kaliy yordamida moddalar
almashinuvidagi rN (ishqoriylik) va
kislotalilik darajasining
me’yoriyligi ta’minlanadi;
– tez harakatchanlik, uglevodlar harakati va sintezida ishtirok etib,
novdalarning
pishish
jarayonida
qatnashadi,
tokni
sovuqqa
chidamliligini oshiradi; – 1 tonna hosil uchun 1 kg kaliy moddasi talab
etiladi.
• Kalsiy: – tok tanasining barcha(novdalar, barglar, ildizlar)
qismlarida uning ahamiyati juda katta bo‘lib, hujayra devorlarini
tashkil qilishda va hujayra devorlarining oziqalarini boshqa qismlarga
o‘tkazish qobiliyatini yaxshilaydi, oziqani o‘tkazish vazifasini ado
etganligi uchun oziqlantirishda
kalsiyning ahamiyati katta; – uzum
po‘sti qobig‘ining mustahkamligini oshiradi (transportabelligini,
saqlash muddatini oshiradi); – 1 tonna hosil uchun 0,2 kg Sa talab
etiladi (uzumdagi ulushi past).
• Magniy: – fotosintez jarayonida, xlorofil donachalarida magniy
tutgan o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi; – fermentasiya jarayonida va
uglevodlarni hosil kilish uchun va 1 tonna hosilda 0,1 kg Mg talab
etiladi, Lekin, uzum donasidagi ulushi past.
– Temir: – xlorofil sintezida,
tokning nafas olishida; – rN
(ishqoriylik
darajasi)
darajasi
yuqori
tuproqlardagi
yetishmovchiliklarda G’ye moddasining o‘rni beqiyos.
• Bor, Rux: – hujayralarning bo‘linishida, gul changining
rivojlanishida muhim o‘rin tutadi va katta ahamiyatga ega; – bularning
yetishmasligi tok to‘pgullarining changlanishiga jiddiy zarar yetkazadi.
108
Uzumzorlarni sug‘orish, sug‘orish manbaalari yordamida (daryo, ko‘l,
suv va omborlari, skvajina va h.k.), suvni taqsimlovchi bosh qurilmalar,
magistral va sug‘orish kanallari, vaqtinchalik sug‘orish shahobchalari
vositasida bajariladi.
Tokzorlarni sug‘orishda bir necha xil sug‘orish usullaridan
foydalaniladi. Ularni shartli ravishda yuza sug‘orish, yer ustidan
sug‘orish, yer ostidan sug‘orish, tomchilatib sug‘orish
kabi turlarga
ajratish mumkin. Yuza sug‘orishda suv tokzorga, asosan qatorlar,
shuningdek, chuqur ariqlar, xalqalar orqali beriladi.
Yer ostidan
sug‘orishda suv yerga 40-50 sm chuqurlikda yotqizilgan teshikli
quvurlar vositasida tok ildizi joylashgan qatlamga beriladi. Tomchilatib
sug‘orishda suv maxsus qurilmalar yordamida bevosita har bir tok
tupiga tomchilatib sug‘oriladi.