110
bo‘ladi.
O‘zbekiston sharoitida R.N.Nasimovning o‘tkazgan
tadqiqot
natijalariga binoan, tuproq ostidan sug‘orishda Qora kishmish uzum
navi- ning hosildorligi gektariga 41 s. qo‘shimcha hosil olinib,
sarflangan xarajatlar egatlab sug‘orishga nisbatan 16% kamaygan va
yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Yer ostidan sug‘orishda suv
egatlab sug‘orishga nisbatan 25-35%
gacha tejalib, sug‘orish soni
deyarli ikki marta kamayishi tadqiqotlarda aniqlangan.
Ta’kidlash joizki, mexanik tarkibi yengil qumli - qumoq bo‘lgan
maydonlarni yer ostidan sug‘orish yaxshi natija bermaganligi
tadqiqotlarda kuzatilgan, chunki bunday tuproklarda kapillyar namlikni
ushlab turish kobiliyati juda past bo‘lganligi bois, qilingan xarajat bilan
olingan daromad bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi.
Yer osti orqali sug‘orish tizimlarida qo‘llaniladigan asbest
quvurlar o‘rniga oxirgi yillarda polietilen quvurlari ko‘proq
qo‘llanilmoqda. Ular