• Yomg‘irlatib sug‘orish .
  • Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/126
    Sana29.06.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #266182
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126
    Bog'liq
    13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

    Egatlab sug‘orish.
    O‘rta Osiyoda, shuningdek, O‘zbekiston 
    (Buxoro viloyatida ham)da keng tarqalgan. Egatlar soni tok qator 
    orasining kengligi, tokning yoshiga qarab 1-3 tagacha bo‘lishi mumkin. 
    Yosh tokzorda egatlar tupning ikki tomonidan, hosilga kirgan 
    tokzorlarda unga qo‘shimcha qilib qator orasining o‘rtasidan tok 
    tupidan 0,5 m qochirib, 15-25 sm chuqurlikda olinadi. Egatlarning 
    uzunligi va chuqurligi yerning qiyaligi, tuproq xiliga qarab belgilanadi. 
    Yosh tokzorlar o‘sish davrida 9-10 martagacha (aprelda 1, may, 
    iyunda 2 martadan, iyulda 2-3 marta, avgustda 2 marta), hosilga kirgan 
    tokzorlar esa, odatda aprelda, gullashdan 5-10 kun oldin, gullashdan 
    keyin (iyun oyining o‘rtalarida), g‘o‘ralar jadal rivojlanayotgan davrda 
    (kechpishar navlarda iyulda) sug‘oriladi. Hosil terishdan 15-20 kun 
    oldin sug‘orish to‘xtalishi lozim, aks holda g‘ujumlar liqildoq bo‘lib 
    sifati buziladi. Oxirgi sug‘orish tok qismlaridagi namlikni saqlash 
    hamda tok tuplarini qishga ko‘mishni qulaylashtirish maqsadida, 
    toklarni ko‘mishdan oldin, shuningdek, Buxoro viloyati sharoitida yer 
    osti sizob suvlari eng pastga (qavsob) tushgan davrida(noyabr)
    sug‘orilganda, bir vaqtning o‘zida tuproq sho‘ri yuvilib, ularni 
    ko‘mishga yer yumshoq bo‘ladi, mazkur sug‘orish samarali kechadi. 
    Sug‘orishning bu usuli oddiy, kamxarj bo‘lsa-da, egatlab sug‘orishda 
    suv ko‘p sarflanadi, ko‘p mehnatni talab qiladi.
    Yomg‘irlatib sug‘orish
    Yer yuzasidan sug‘orishning keng 
    tarqalgan, avtomatlashtirilgan usullaridan biridir. DDU, DA-2, DDP-
    45 kabi yomg‘irlatib sug‘orish uskunalari xamda temir-beton 


    109 
    ustunlarga o‘rnatiladigan maxsus asboblar yordmida suvni tokzorlarga 
    yomg‘irlatib purkaladi.
    Suvni mayda zarrachalarga ajratib tuman shaklida dispersiyalab 
    sepish usulli ham mavjud. 
    Yomg‘irlatib sug‘orilganda tokzorning fito va mikroiqlim 
    sharoiti yaxshilanadi, nafas olish, transpiratsiya va fotosintez kabi 
    fiziologik jarayonlar uchun qulay muhit vujudga keladi, suv sarfi 30% 
    gacha kamayadi, ichki kuchi, qo‘l mehnati ancha tejaladi, tokning 
    yaxshi o‘sib rivojlnishi, hosil va uning sifati yaxshilanadi. 
    Yomg‘irlatib sug‘orish, ayniqsa yoz kunlarida havo haroratining 
    juda yuqori bo‘lishi va havo namligining juda past bo‘lgan Buxoro, 
    Surxondaryo, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari uchun juda katta 
    ahamiyatga ega. Bu ishni maxsus purkagichlar yordamida xam bajarish 
    mumkin, ammo suvning yetarli mikdorda sarflanmasligi natijasida tok 
    ildizi namdan to‘liq bahra ololmaydi. Shuning uchun yomg‘irlatib 
    sug‘orish tizimini sug‘orishning boshqa usullari bilan qo‘shib birga
    olib borilganda, yuqori natijalarga erishiladi.

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish