Dunyo va O‘zbekiston uzumchiligining qisqacha tarixi,
hozirgi ahvoli va rivojlanish istiqbollari
O‘zbekiston O‘rta Osiyoning markaziy qismida, ya’ni 37010/ -
45035/ shimoliy va 56000/ - 73010/ sharqiy kengligida joylashgan
bo‘lib, agar biz Yevropa qit’asida joylashgan Italiya davlati bilan
solishtirganimizda, bir xil geografik kenglikda joylashganligini
ko‘rishimiz mumkin.
Umumiy maydonining 70 %ni tekisliklar, sharqiy tomondan esa baland
g‘arbiy Tyan-shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari bilan chegaralangan.
Respublikamiz iqlimi keskin-kontinental havo haroratining
yuqori tebranishiga asoslangan bo‘lib, yozi judda issiq, qishi sovuq
kunlardan iborat.
Shuni alohida qayd etish joizki, mamlakatimizning geografik
joylashuvi, iqlim sharoiti, quyoshning faol harorat yig‘indisi 4000-
5000
0
S ni tashkil qilganligi, hosildor sug‘oriladigan yerlari va o‘ziga
xos tog‘ va tog‘oldi hududlari sanoat miqyosidagi uzumchilikni
rivojlantirishga zamin yaratganligi bilan o‘ziga xos xususiyatlarni
namoyon etadi.
13
Agar uzumchilikning qisqacha tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak,
geopalentologik va ampelografik tadqiqotlar bo‘yicha olingan
ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, uzumchilik bilan O‘zbekiston
respublikasi 6 ming yillardan avval shug‘ullanishganligini ko‘rsatadi.
Zoroasatrizm davridagi muqaddas “Avesto” kitobida ham
Markaziy Osiyoda yashovchi halqlar (Islomgacha bo‘lgan davrlarda
ham) uzumchilik bilan shug‘ullanganliklarini yozib qoldirishgan.
Boshqa yurtlardan kelgan elchilar, sayohatchilar bizning qadimiy
yurtimizda uzumchilik bilan shug‘ullanganliklari to‘g‘risida tarix
sahifalarida o‘zlarining ma’lumotlarini qoldirishganlar. Masalan, O‘rta
asrlarda yashagan, venesiyalik zodagon, sayohatchi Marko Polo
o‘zining kundaliklarida shunday ma’lumotlarni bayon etgan:
“Samarqand, Buxoro va boshqa mashhur shaharlar atroflari bog‘lar va
tokzorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, bu yerlarda mahalliy halqlar tomonidan
tayyorlangan
maylarni
ichib
ko‘rganimda, bu maylarning
tayyorlanganligiga o‘n yillar bo‘lgan va ularning sifati meni juda lol
qoldirgan. Bunday maylarni men oldin xech qaerda ichmaganman”-
deb yozib qoldirgan ekan.
Bugungi kunda mamlakatimiz hududlarida ekish uchun tavsiya
etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reestrida 45 ta uzum navlari
mavjud bo‘lib, shu navlar ichida azaldan ota-bobolarimiz tomonidan
ekilib kelingan, mahalliy halqimiz tomonidan yaratilgan xushta’m,
xo‘raki navlardan: Qora janjal, Andijon qora uzumi, Buaki nor, Buaki
tosh, Bishti, Qora va Oq kishmish, Parkent va boshqa navlari hali ham
o‘z o‘rnini yo‘qotmagan.
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston uzumchiligining tarixi bir
necha asrlarni o‘z ichiga olib, tok o‘simligi Aleksandr Makedonskiy
bostirib kirishidan ancha avval (eramizdan oldingi IV asrlarda) ekilgani
tarixchilarning ma’lumotlaridan ma’lum. I asr boshlarida greklar O‘rta
Osiyoga kelishlaridan oldin bu yerda tokchilik va vinochilik
rivojlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarixiy manbalarda keltirilgan.
Ayniqsa, Farg‘ona vodiysida, Buxoro va Samarqandda yirik yer egalari
qo‘lida katta maydonlarda tokzorlar bo‘lib, uzum yetishtirish,
quritilgan uzum va vino tayyorlash orqali yaxshi daromad qilishgan.
Arablar bosib olgan davrida (VIII asr) xalqaro aloqalar, savdo-sotiq
ishlari ancha rivojlangan bo‘lib, uzumchilikka e’tibor yuqori bo‘lgan.
O‘rta Osiyo, jumladan mamlakatimizga Hindiston, Eron, Afg‘oniston,
shuningdek, ayrim arab mamlakatlaridan uzumning yangi, ayniqsa,
14
xo‘raki va mayizbop (Toyfi va Husayne va boshqa) navlari Saudiya
Arabistonidan keltirilgan.
Tok O‘rta Osiyoning deyarli barcha dehqonchilik rayonlarida,
ayniqsa Farg‘ona va Zarafshon vodiylari, Toshkent, Xorazm,
Qashqadaryo vohalarida yerni haydash, tokni payvandlash, parxish
qilish, kesish, kasallik va zararkunandalarga qarshi turli eritmalarni
purkash va h.k.larni me’yor darajasida amalga oshirganliklari sabab,
tokchilikning rivojlanishiga olib keldi.
O‘zbekistonda sobiq sotsialistik tuzumining dastlabki 1924
yillaridan boshlab uzumchilik, uzum mahsulotlarini quritish va
vinochilikni
rivojlantirishga
e’tibor
yanada
kuchaygan.
Bog‘orchilik va uzumchilik xo‘jaliklari soni ko‘payib, vinochilik
sanoati uchun xom ashyo sifatida sharbbop uzum navlarining
salmog‘i oshgan, uzum navlari tarkibi tartibga solina boshlangan,
bir qism tokzorlar so‘rilar (simbag‘azlar yordamida)ga ko‘tarilib,
tok qator oralarini mexanizatsiya yordamida ishlash, tok
parvarishini yaxshilash, hosildorlikni ko‘paytirish imkoniyatlari
paydo
bo‘lgan. Keyinchalik, O‘zbekistonda uzumchilikni
ixtisoslashtirishga ahamiyat berilib, xo‘jaliklararo birlashmalar,
maxsus
uzumchilik
xo‘jaliklari tuzishga, ularda xo‘raki,
kishmishbop hamda sharbbop navlarni alohida texnologiya asosida
yetishtirishga, uzumni qayta ishlash quvvatini oshirishga e’tibor
karatilgan. Ammo,
shunga qaramasdan respublikada paxta
yakkahokimligi(monokultura) uzumchilikning jadal rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Ayniqsa, sobiq ittifoqi davrida ichkilikbozlikka qarshi kurash
boshlangan yillarda (1985-1986) O‘zbekistonda ham sharbbop
navlar ekilgan ko‘plab tokzorlar yo‘q qilib tashlandi, uzumni qayta
ishlash shahobchalari barham topdi. Natijada respublikaning qator
tumanlarida sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan n o y o b s h a r o b b o p ,
s h a r b a t b o p u z u m n a v l a r i n i n g y o ‘ q o l i b k e t i s h i g a
s a b a b b o ‘ l d i , uzumchilik va vinochilik tarmoqlari jiddiy zarar
ko‘rdi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohalaridan biri bo‘lgan
uzumchilikni zudlik bilan zamonaviy reserstejamkor texnologiya
asosida yuqori sur’atda rivojlantirish, uzum mahsuldorligini oshirish,
mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, qayta ishlash, saqlash va uzum
sharbati, oliy toifali konsentratlar, mayiz tayyorlash bo‘yicha talab
15
etiladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, mamlakat aholisini uzum
mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishni yaxshilash bu davr talabi
taqozasi bo‘lib qoldi!
Uzum dunyoda savdo hajmlari bo‘yicha eng ko‘p iste’mol
qilinadigan meva turlariga kiradi.
Sovet Ittifoqi tizimining parchalanib, MDH respublikalarining
mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi va bir butun bo‘lgan
hududlarning bo‘linib ketishi, umumiy siyosiy va iqtisodiy
munosabatlarning
keskin
pasayishiga
olib
keldi.
Bunday
o‘zgarishlar q i shloq, xo‘jaligi xususan, bog‘dorchilik va
uzumchilik sohalariga ham o‘zining ma’lum bir darajada ta’sirini
ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilikning turli shakllariga
asoslangan bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, qishloq, xo‘jaligining turli
sohalarini boshqarish tamoillariga jumladan, uzumchilik bilan
shug‘ullanuvchi
xo‘jaliklar
va
uzumni
qayta
ishlash
korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy tarkibi hamda davlat bilan
o‘zaro munosabatlarida jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Bu
esa, o‘z navbatida o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida uzumchilik
bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlash jarayoniga zarur
o‘zgarishlar kiritishni taqozo etadi.
Oxirgi yillarda dunyo uzumchilik tarmog‘ida yetuk o‘zgarishlar
ro‘y bermoqda. So‘ngi yillarda qishloq xo‘jaligida amalga
oshirilayotgan islohotlarga xususan, zamonaviy uzumchilik bilan
shug‘ullanuvchi agroklaster, fermer xo‘jaliklari, uzumni saqlash va
qayta ishlash korxonalarining tashkiliy iqtisodiy tarkibi hamda davlat
bilan o‘zaro munosabatlarida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz bermoqda.
Shuni alohida qayd etish lozimki, bilimdon va yangi ishlab
chiqarish talablariga mos keladigan soha mutaxassislarini tayyorlashda
chuqur bilim olish bilan birgalikda, zamonaviy uzumchilik sohasini
chuqur o‘rganish, tok tuplarining morfo-biologik xususiyatlarini
e’tiborga olib, turli resurstejamkor texnologik omillarni qo‘llash,
zamonaviy kurash choralarini yanada yaxshilash, zararkunandalarning
yashash sharoiti va ko‘payish vaqtida mos keladigan kimyoviy pestitsid
va akaritsidlardan to‘g‘ri foydalanish, ularning qo‘llanilish me’yor va
muddatlariga to‘liq e’tiborni qaratish lozim bo‘lmoqda.
16
Respublikamizdagi viloyatlarda zamonaviy uzumchilik sohasini
rivojlantirish va yetishtirilgan uzum navlarini eksportbob qilib
parvarishlash talab etilmoqda.
Jumladan, sug‘orma uzumchilik bilan shug‘ullanayotgan
viloyatlar sharoitida ham zamonaviy uzumchilikka mutaxassislar
ko‘proq ahamiyat berishib, mahalliy navlarni hosildor, sifatli va
transportabelli qilib parvarishlashga e’tibor berishmoqda.
Xozirgi
davrda
respublikamizda
tokzorlar
maydonini
ko‘paytirish, hosildorlikni oshirish, uzumni qayta ishlash quvvatini
oshirish, jahon bozori talablariga javob beradigan mahsulotlarni
yetishtirish kabi masalalarga katta e’tibor qaratilmoqda.
Mustaqillik davrida «O‘zmevasabzavotuzumsanoat»xolding
kompani-
yasi,
«Mevasabzavot»
uyushmasi
kabi
soha
tashkilotlarining tuzilgani va faoliyat ko‘rsatib kelayotgani, dunyo
bozoriga uzum (xo‘raki, sharobbop, kishmishbop) mahsulotlarining
chiqa boshlagani bunga misol bo‘la oladi. Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi
vazirligi tizimidagi
xo‘jaliklarda vazirlik tomonidan tasdiqlangan (Respublika adliya
vazirligi bilan kelishgan holda) «Bog‘ va tokzorlarni yer
uchastkalari bilan ijaraga berish bo‘yicha namunaviy shartnoma»
asosida
17550
ga
tokzor
ijaraga
berilgani(2001.10.05),
xo‘jaliklarning iqtisodiy sharoitlarini yaxshilabgina qolmay,
uzumchilikni oilaviy pudrat asosida rivojlanishiga, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi
“ O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona
xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
PQ-4246-son qarorida bog‘dorchilik tarmog‘i va issiqxona
xo‘jaliklarida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini
joriy
etish,shuningdek,zamona-
viy
resurstejamkor
texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish
belgilangani
uzum va uning mahsulotlarini ko‘paytirishga imkon
beradi.
O‘zbekistonda tokzorlarning umumiy maydoni (2001.01
gacha bo‘lgan ma’lumot)
120 ming ga,
jumladan hosil
beradiganlari 98,8 ming ga, o‘rtacha hosildorlik 63,1 s /ga. 2000
yilda
respublikada
jami
623,8
ming
t.
Jumladan,
17
«O‘zmevasabzavotuzumsanoat» xolding kompaniyasi xo‘jalik-
larida 155,7 ming t uzum hosili yetishtirilgan.
Dunyo miqyosida qit’alararo tokzorlarning umumiy maydoni
bo‘yicha ma’lumotlar 2- jadvalda keltirilgan.
2-jadvalda keltirilgan FAO ma’lumotlaridan shuni bilish
mumkinki, Yevropada umumiy tok maydoni 4 mln 509 ming, Osiyo
qit’asida 1mln 783 ming, Amerikada 858 ming, Afrikada 309 ming,
Okeaniyada 86 ming gektar maydonni Amerikada 858 ming, Afrikada
309 ming, Okeaniyada 86 ming gektar maydonni tashkil etib,
qit’alararo eng ko‘p maydon Yevropa va Osiyo qit’alariga to‘g‘ri
keladi. Shuningdek, dunyo mamlakatlari bo‘yicha tok yetishtirish
maydonini tahlil qiladigan bo‘lsak, Ispaniya (1mln 200 ming.ga),
Italiya (871 ming.ga), Fransiya (870 ming.ga), Turkiya (560 ming.ga),
Portugaliya (252 ming.ga), AQSh (357ming.ga), Ruminiya (250
ming.ga), Eron (260 ming.ga), Xitoy (243 ming.ga) turadi.
Hamdo‘stlik mamlakatlarning ichida Moldova (154 ming.ga)
maydonda tok ko‘chatlari yetishtiradi.
|