Reviewers: S. B. Buriev
- Professor of the Bukhara State University,
Doctor of Biological Sciences.
U. Rashidov
- specialist of the fruit and vegetable department of the
agriculture department of the Bukhara region, candidate of agricultural sciences.
Sh.Kh. Tukhtaev
- Bukhara State University, Associate Professor of the
Department of Biotechnology and Food Safety, Ph.D.
6
KIRISH
Uzumchilik
mamlakatimiz
agrar
sohasining
qadimiy
serdaromad tarmoqdardan biridir. Uzumchilik o‘simlikshunoslik
sohasining bir bo‘limi sifatida uzum yetishtirish bilan shug‘ullansa,
fan sifatida tokdan muttasil mo‘l va yuqori sifatli hosil yetishtirish
uchun uning o‘sish rivojlanish va hosil berishni boshqarishning turli
usullarini ilmiy nazariy va ilg‘or tajribalar asosida ishlab chiqadi
hamda qishloq xo‘jaligi oliygohlarida o‘quv fani sifatida ularni
o‘rganadi.
Markaziy
Osiyo
o‘lkasida
xususan,
O‘zbekiston
Respublikasining qulay tabiiy - iqlim sharoitida uzumning turli
muddatlarda, ya’ni eng erta va eng kech pishadigan navlarini
yetishtirish imkoniyati mavjuddir.
Tok — qimmatbaho subtropik o‘simlik bo‘lib, inson umrini
uzaytirishga juda katta hissa qo‘shuvchi mahsulot turlaridan biri
bo‘lib, uning mevasi o‘zining parhezlik va oziqaviy tarkibi jihatidan
inson organizmi uchun eng zarur mahsulot sanalanadi. Pishib
yetilgan uzum mevasi tarkibida, ayniqsa kishmish navlarida 28-
30%gacha odam organizmi tomonidan tez o‘zlashtiriladigan
qandlar—glyukoza, fruktoza va saxaroza bor bo‘lib, qon tarkibini
yaxshilanishida va almashlab turilishida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Yangi uzilgan uzum mevasi tarkibida inson
salomatligi uchun zarur bo‘lgan olma, vino, limon, qahrabo,
otquloq, chumoli va boshqa bir qancha organik kislotalar hamda
kaliy, kalsiy, fosfor, natriy kabi mineral tuzlar, meva po‘sti tarkibida
rang beruvchi moddalar (pigmentlar), dubil moddalari bor.
Uzum mevasi tarkibida A, S, R, RR, V
1
V
2
, V
6
, V
12
, kabi
darmondorilar ham mavjuddir. Shuningdek, V guruh vitaminlari,
aminokislotalarning qanday miqdorda saqlanishi uzum navining
pishish muddatiga, g‘ujumlarning urug‘li yoki urug‘sizligiga, tok
tupining o‘sish kuchiga, ob-havo sharoitiga hamda parvarishlash
usullariga bog‘liqdir. Uzumshunos olimlarning kuzatishlariga
qaraganda, V guruhiga mansub darmondorilar, aminokislotalar va
mikroelementlar kechpishar uzum navlarida ko‘proq, to‘planishi
tadqiqot natijalaridan aniqlangan.
7
Uzumning shifobaxshlik xususiyati azaldan ma’lum bo‘lib,
tabobatda turli kasalliklar (sil, kamqonlik, kam quvvatlik,
oshqozon-ichak, siydik yo‘li, yurak xastaligi, urug‘i buyrak
toshlarini eritishda va h.k.)ni davolashda keng qo‘llanilgan.
Abu Ali ibn Sino buyrak, qovuq, jigar, me’da-ichak yo‘li
kasaliklarida og‘riq qoldiruvchi, barglari bilan bosh, ko‘z
kasaliklarini, qurutilmagan barg shirasi bilan dizenteriya, poya
shoxlari kuli bilan teri kasalliklarini davolagan. Xalq tabobatida
uzum turli buyrak, qovuq, jigar, yurak, meda-ichak kasalliklarida
uning mevasi, urug‘i va boshqa organlaridan samarali foydalangan.
Vabosil, podagra, bachadon kasalliklarini davolashda, siydik va o‘t
haydovchi, qon oqishni to‘xtatuvchi, ishtaha ochuvchi va quvvat
beruvchi sifatida ishlatilgan. Tok bargi damlamasi yoki qaynatmasi
bilan tomoq og‘riganda tomoq chayilgan. Qurutilgan barg kukuni
bachadondan qon oqishini to‘xtatadigan dori sifatida 2-4 grammdan
ichilgan. Uzum mahsulotlari bilan insonlarni davolashning ilmiy
asoslangan yangi yo‘nalishi— ampeloterapiya (yunoncha ampelos-
uzum, therapela- davolash) tabobatda keng tarqalgan davolash usuli
bo‘lib xizmat qiladi.
Uzum sharbati, ayniqsa yosh bolalar va keksalar uchun
bebaho, xushta’m oziqa manbaidir. U odam organizmida moddalar
almashinuvini yaxshilaydi, qon tomirlarini kengaytirib, jigar
faoliyatini yaxshilaydi, yurak muskullarini oziqlantirib, qon
tarkibini tozalaydi va kupaytiradi.
Uzum mevasidan turli maqsadlar (sarxil mevalarini iste’mol
qilishda, qayta ishlash, mevasini quritish va h.k.)da foydalaniladi.
Uzum mevasi asosan, (janubiy viloyatlarda juda ertapishar navlari
iyun oyining 2-o‘n kunligida pishadi) iyul oyidan noyabr oyigacha
yangiligicha iste’mol qilinadi.
Maxsus sovitgichlarda saqlangan uzumlarni mart-aprel
oylarida ham sarxil va taru-toza va shifobaxsh meva sifatida
iste’mol qilish mumkin. Shuningdek, yangi uzumdan murabbo,
kompot, sharbatlar, shinni, konsentratlar, yuqori sifatli vino,
shampanlar ham tayyorlanadi. Mayizbop navlari quritilganda, o‘ta
to‘yimli, shifobaxsh mahsulot olinadi. Mayiz (kishmish, germiyon
va h.k.) qadimdan to‘yimli va shifobaxsh oziqa sifatida qadrlanib,
parhezlik xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulot hisoblanidi.
Quritilgan mayiz tarkibida 80% gacha qand moddasi bo‘lib,
8
asosan, u glyukoza va fruktozadan iborat. Shuningdek, uzum
tarkibi azotli va oshlovchi (dubil) moddalar, organik kislotalarga
ham boydir. Mayizning qimmatliligi yana shundaki, uni uzoq,
muddat saqlash va olis joylarga olib borish, jo‘natish mumkin.
Uzoq safar(ekspeditsiya)ga boruvchilar uchun organizmga quvvat
beruvchi, toliqishdan asrovchi bebaho oziqa hisoblanadi. Ayrim
davlatlarda mayiz davlat zaxirasidagi armiyaga beriladigan oziq-
ovqat mahsulotlari qatoriga kiritilgan.
1-rasmda 1l uzum sharbati qanchalik darajada inson salomatligi
uchun ahamiyatli ekanligi borasidagi ma’lumotlar keltirilgan.
1l uzum sharbati 1,7 l sigir sutiga, 650
gr mol go‘shtiga, 1000 gramm baliqqa 300
gramm
tuxumga,
1200
gramm
kartoshkaga, 3500 gramm, pomidor
pastasiga, 1500 gramm olmaga, 1500
gramm shaftoliga teng keladi.
Mazkur
keltirilgan
1-chizma
ma’lumot- lari shundan dalolat beradiki,
uzum
sharbati
o‘zining xo‘rakilik
xususiyatlari bilan birgalikda, boshqa
meva-sabzavot
mahsulotlari
sharbatiga
qaraganda,
o‘zining
ustuvorligini ko‘rsatishidan dalolat beradi. Uzum tarkibida ba’zi
inson organizmi rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddalar borligi va
ko‘plab boshqa mahsulotlardan keskin farq qilishi bilan ustunlikka
ega bo‘lganligini ko‘rsatmoqda.
1-jadvalda oqsil miqdori, yegulik organik qand miqdori va 100
gr yegulik kalloriyasi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
1-Jadval ma’lumotlaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, 100 gr
uzum tarkibida olma va nok tarkibidagi oqsil moddalariga teng.
Shuningdek, uzum tarkibida eng ko‘p qand, moddasi, kalloriya
miqdorlari bo‘lib, oqsil 0,4 mgni tashkil etgan holda, insonni
rivojlanishi va uzoq umr ko‘rishiga sabab bo‘ladi. Shu uchun uzum
maydonlari yildan yilga ko‘payib bormoqda.
1
l
=
1.
1-chizma. 1
l
itr uzum
sharbatining
meva-
sabzavot va oziq-ovqat
mahsulotlariga tengligi
keltirilgan.
|