29
novdalarni kesib, ularni egibroq bog‘lash kabi usullar bilan
to‘g‘rilanmasa, tok novdalarining pastki qismidagi kurtaklari sekin
rivojlanadi, o‘simlik qarib, tez ishdan chiqadi. Bundan tashqari, tok
novdasining eni (tekis) bo‘yicha qutblilik bo‘lib,u asosan,
dorzovengrallik tok o‘simliginiig barcha organlariga taalluklidir.
Bunday
kutblilik tufayli, tok organlarining tuzilishi assimetrik,
tuxumsimon - dumaloq sifatga ega bo‘ladi, novdalarning orqa tomoni
tezroq o‘sishi (kattalashishi) tufayli, ularning uchki qismi egik holatga
kiradi.
Tokning fiziologik xususiyatlari uning barglari va boshqa yashil
qismlari
orqali
kechadigan
transpiratsiya,
assimillyatsiya-
dissimilyatsiya, fotosintez kabi jarayonlar bilan bog‘liq. Ular orqali
hosil bo‘lgan assimilyatsiya mahsulotlari tokning rivojlanishi,
hosildorligi va hosilning sifat ko‘rsatkichlariga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Tok o‘simligi o‘sish va hosil berish jarayonini vegetativ va
generativ organlari orqali tartibga soladi.
Tok mevasining shifobaxsh va to‘yimliligi
tokning boshqa
sharoitlarda ham o‘sib, oson ko‘paya olish xususiyati o‘troq xalqlar
tomonidan uni ekib o‘stirishga sabab bo‘lgan. Tokning serhosil, mevasi
chiroyli, shirin bo‘lgan xillari uzoq yillar davomida tanlanib ekilgan.
Parvarish qilish usullari ishlab chiqilib, takomillashtirilgan va oxir-
oqibatda uzumning turli xil navlari yetishtirilgan.
Tokdoshlar oilasining nomi “aseae” sufiksining “vitis” turkumi
nomi qo‘shilishi asosida hosil bo‘lgan. Tokdoshlar oilasi 14 turkum,
1000 ga yaqin turlarini o‘z ichiga oladi. Ular o‘zlarining morfologik
belgilari, biologik xususiyatlari va ishlatilishiga qarab, bir-biridan farq
qiladi.
Tokning yovvoyi turlari,
asosan Afrika va Osiyoda, 6/1qismi
Afrikaning tropik va suptropik mintaqalarida joylashgan.
Markaziy Osiyo hamda boshqa hamdo‘stlik mamlakatlari
hududlarida tokning Vitis, Ampelopsis hamda Partenosissus
turkumlarining turlari mavjud. Uzum toki chirmashib o‘suvchi, ba’zan
buta va uncha katta bo‘lmagan daraxt toki tuplaridan iborat bo‘lib,
ularning o‘sishi va rivojlanishi va muttasil mo‘l, sifatli hosil olinishi
uchun O‘zbekiston respublikasi qulay muhit hisoblanadi.
Shu muhit sharoitida yuqori samaradorlikka erishish uchun barcha
talab etiladigan resurstejamkor innovatsion ilg‘or texnologiya
omillaridan unumli foydalanish agrotexnik nuqtai nazardan maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
30
Tokdoshlar oilasiga mansub tok mevalari, ya’ni uzum mevalari
asosan, xo‘raki, kishmishbop va vinobop navlaridan iborat bo‘lib, xalq
xo‘jaligida turli xil yo‘nalishlarda keng foydalaniladi.
Vinobop tok navlari xo‘raki tok navlariga nisbatan sovuqqa ancha
chidamli bo‘lib, ulardan cho‘lli hududlar sharoitida (Buxoro
vohasi
viloyatlari) ham yuqori va sifatli konsentrat sharbati olish imkoniyatlari
yuqoridir.
O‘zbekiston sharoitida vinobop uzumlar toifasiga kiritilgan tok
navlarini sovuq harorat yil davomida urib ketganda ham, u qayta
ko‘karib, asosiy meva hosili qiluvchi novdalaridan tashqari,
qo‘shimcha uyg‘onmagan kurtaklaridan, ya’ni zaxira (bachki)
kurtaklardan o‘suvchi novdalar chiqib,
ularni kuzgacha yuqori
agrotexnologik omillar asosida parvarish qilinsa, belgilangan me’yorda
ko‘zda tutilgan hosil olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Shuningdek, shuni qayd etish lozimki, cho‘lli hududlar sharoitida
sug‘orma uzumchilik bilan shug‘ullanish, uzumzorlarni resurstejamkor
texnologiya asosida parvarishlash, nav tanlash, ko‘chat tayyorlash,
ularni barpo qilish va parvarishlash jarayonlarida, kasallik va
zararkunandalardan himoyalash,
davolash, hosilni terish, tashish,
saqlash va quritish jarayonlarini ilmiy asoslangan texnologiyalar
asosida tashkillashtirish, yuqori iqtisodiy samaradorlikka olib keladi va
soha rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
1.1. T
ok o‘zining morfo-biologik xususiyatlari va tuzilishiga
ko‘ra,