• G‘ujum po‘st, meva eti va urug‘dan iborat bo‘ladi. Uzum po‘sti kutikula va namni ushlab turuvchi oq ko‘kimtir mumg‘ubor
  • Uzum boshi, g‘ujumi va urug‘i, uzum boshining yirikligi




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/126
    Sana29.06.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #266182
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126
    Bog'liq
    13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

    Uzum boshi, g‘ujumi va urug‘i, uzum boshining yirikligi, 
    tig‘izligi, shakli, undagi g‘ujumlarning soni.
    Tok to‘pgullari 
    changlanib urug‘langach, u mevaga aylanadi va uzum boshini hosil 
    qiladi. 
    Uning 
    shakli, 
    zichligi, 
    gultojning 
    shoxlanganligi 
    g‘ujumlarning soniga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Uzum boshlari 
    konussimon, silindrsimon, konus-silindrsimon, qanotsimon va 
    shoxlangan, zichligi esa tig‘iz, o‘rtacha tig‘iz, siyrak va juda siyrak 
    bo‘ladi. Uzum boshining kattaligi uzum navlariga bog‘liq bo‘lib, 
    uning uzunligi 25- 26 sm dan katta bo‘lganlari juda yirik, 18—25 


    44 
    sm dagisi yirik, 10-18 smdan kattasi o‘rtacha, 10 sm dan kichiklari 
    esa mayda hisoblanadi. Uzum boshining kattaligi va zichligi 
    tokning navigagina emas, shuningdek, changlanishi, havo harorati, 
    namligi, o‘stirish sharoitlari, oziq moddalar va suv bilan 
    ta’minlanganligiga ham bog‘liq bo‘ladi. 
    Toj 
    uzum boshining 
    skeletini tashkil kiladi. U asosiy o‘q hamda yon shoxchalardan 
    iborat. Ayrim uzum navlari (masalan, Husaynida) toj uzum pishgan 
    davrda xam yashil va mo‘rt, ayrimlarida esa (masalan, Toyifida) 
    yog‘ochlangan bo‘ladi. 
    Toj gulbanddan shakllangan mevaband bilan tugaydi. 
    Mevaband orqali g‘ujumga nay to‘dalari kirgan bo‘lib, ularning 
    rivojlanish darajasi g‘ujumning mevabandga qanchalik mustahkam 
    birikkanligini belgilaydi. Shingilni tashkil qiluvchi o‘tkazuvchi 
    to‘dalar g‘ujum va urug‘ni oziqlantirish uchun xizmat qiladi. 
    Mevabandi qisqa va uzun bo‘ladi. Mevabandi qisqa bo‘lgan uzum 
    boshilar zich, g‘uj- g‘uj bo‘lib ko‘rinadi. 
    G‘ujum 
    po‘st, meva eti va urug‘dan iborat bo‘ladi. Uzum po‘sti 
    kutikula va namni ushlab turuvchi oq ko‘kimtir mumg‘ubor
     
    - pruin 
    bilan qoplangan bo‘ladi . Bu esa g‘ujumni ortiqcha suv 
    bug‘lanishidan, 
    aynishidan 
    saqlaydi, 
    shuningdek, 
    uning 
    transportabelligini hamda saqlanish muddatini oshiradi. Uzum 
    po‘sti hujayralarida navga xos bo‘lgan rang beruvchi bo‘yoq 
    moddalari (xlorofill, karotin, antotsian,ksantofil va h.k.lar) bor. 

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uzum boshi, g‘ujumi va urug‘i, uzum boshining yirikligi

    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish