42
urug‘lanish xususiyatiga ega bo‘lgan tik turuvchi uzun changchilardan
tashkil topgan. Funksional urg‘ochi gulda esa urug‘chisi
normal
rivojlangan bo‘lib, changchisi rivojlanmagan bo‘ladi. Turli xil uzum
navlari gulining tuzilishi 5- rasmda keltirilgan.
Funksional
urg‘ochi
gul
changlari naslsiz (steril) bo‘ladi. Agar bunday
gulli navlar ikki jinsli
navlarning gullari bilan changlanmasa meva tugmaydi yoki mayda
partenokarpik mevalar hosil qiladi.
5-rasm.Tok navlari gulining tuzilishi. 1 —
funksional
-
erkak gul; 2
—
funksional urg‘ochi gul; 3 — ikki (qo‘sh) jinsli gul; a
—
guldband; b — gul o‘rni; v — kosacha; g
—
urug‘chi; d
—
changdon;
Natijada hosil miqdori va sifati pasayadi. Ba’zan tok navlarida qat-
qat yaproqli gullar ham uchraydi. Bunday gullar urug‘chi, changchi,
nektarnik (shira ajratuvchi bezlar) ning
gulbarglariga aylanishi
natijasida hosil bo‘ladi.
To‘pgul (Sho‘ra) va gul
To‘pgul – murakkab shingil va ro‘vak shaklida bo‘lib
,
gullar
joylashgan yashil novdaning bir qismini tashkil etgan holda, gul
g‘unchalar bilan yakunlanadi.
Uning shakli bo‘lajak uzum boshining
shakliga monand bo‘ladi. Ularning katta-kichikligi o‘qining
shoxlanishi, gullarning miqdori, uzum navi va shakllanish sharoitlariga
bog‘liq. To‘pgul o‘tgan yilgi qishlovchi kurtaklarda hosil bo‘lib,
kelgusi yil bahorda kurtaklar yozilguncha boshlang‘ich murtak holida
bo‘ladi.
Bitta hosilli novdada 1 dan -3 tagacha to‘pgul bo‘ladi.
Bahorda
novdalar 15-20 sm ga yetganda to‘pgullar (sho‘ralar) ko‘rina boshlaydi.
Uzum naviga qarab to‘pgullar konussimon, silindrsimon gullari mayda,
sariq-yashilsimon, ko‘rimsiz va h.k. shaklda bo‘ladi. Ingichka gulbandi
yordamida to‘pgul o‘qiga birlashgan bo‘ladi. G‘ujumlar tugilgach,
gulbandi mevabandga aylanadi.
43
6-rasm Uzum to‘pguli va shingilining ko‘rinishi. 1 to‘pgul; 2 shingil
Tokda urg‘ochi, erkak, ikki jinsli, funksional urg‘ochi, funksional
erkak gullar uchraydi. Ekiladigan uzum navlarining aksariyat qismi ikki
jinsli gulga ega bo‘lib, changlari urug‘lanish xususiyatiga ega bo‘lgan
tik turuvchi uzun changchilardan iborat. Funksional urg‘ochi gulda esa
urug‘chisi normal rivojlangan, changchisi esa rivojlanmagan bo‘ladi.
O‘zbekiston sharoitida tokning
tanasidagi hosil beruvchi
kurtaklardan to‘pgullarning rivojlanishi,
taxminan mayning ikkinchi
yarmida paydo bo‘la boshlaydi, bu tokning gullash paytiga to‘g‘ri
keladi, o‘sish va hosil berishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
To‘pgul tok novdasining pastki tomoniga qanchalik yaqin bo‘lsa,
novdada sho‘ralar shuncha ko‘p bo‘ladi, bu ma’lumotlar
tokning
biologik xususiyatlariga kiradi.
To‘pgulda birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi tartib shoxchalar
bo‘ladi, bular yoshiga qarab tok tanasida joylashadi. To‘pgulning katta-
kichikligi tok navlariga qarab har xil bo‘ladi. Uzum boshi mayda
bo‘lgan tok navlarida esa gul 500-700 tagacha va undan ham ko‘proq
bo‘ladi, bu tokning o‘sishiga sharoit yaratadi.