45
bo‘yog‘i uning xushbo‘y moddalariga bog‘liqdir. Muskat navlari
esa o‘ziga xos xushbo‘y hidga ega bo‘lib, u ham xushbuy
moddalarga bog‘liq bo‘ladi.
Muskat navlari esa o‘ziga xos xushbo‘y hid va ta’mga ega
bo‘lganligidan juda qadrlanadi.
G‘ujumlarning kimyoviy tarkibida
qand moddasi va organik
kislotalar mavjud. Tarkibidagi qand moddasi ob-havo va tuproq
sharoitlari, o‘stirish usuli, parvarishi, navi,
uzumning pishganlik
darajasiga bog‘gliq bo‘lib, 12% dan 30% gachani tashkil etadi.
Tok turlariga, navlariga va qo‘llaniladigan agrotexnologiyalariga
ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Uzum boshi yirik va sifatli bo‘lishida undagi
shingillar soniga va katta yoki kichikligiga hamda uzum mevalarining
tig‘iz va hajmining katta-kichikligiga qarab belgilanadi.
A
7-rasm. Uzum g‘ujumi
(donasi)ning ko‘ndalang
kesilgan holati.
A -
g‘ujumning uzunasiga
kesik holati; a - meva o‘rni;
b- g‘ujumga uning bandidan
boradigan nay to‘dasi;
v - urug‘; g-po‘stloq osti to‘rsimon naylar
bilan birikkan nay to‘da; d - meva po‘sti.
Shuningdek, yorug‘lik,
issiqlik, shamol va oziqa moddalarining
qanday taqsimlanganligiga qarab, u yoki bu darajada ta’sir qiladi.
G‘ujumlari (Uzum mevasi donalari) ning yirikligi, ya’ni
kattaligi
ham tok navlariga va g‘ujumlaridagi urug‘ soniga bog‘liqdir.
G‘ujumda, odatda, 1-3 tagacha urug‘ bo‘lishi mumkin. G‘ujumda urug‘
8-rasm. Uzum urug‘ining old(qorin)
va orqa tomondan ko‘rinishi.
A -
qorin tomoni; B - orqa tomoni; a -
egatcha; b - urug‘ choki; v -
xalaza; g
-
qorin tomonidagi
o‘yiq; d - tumshuqcha.
46
qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha yirik bo‘ladi va hosildorlikka ta’sir
qiladi.
Ma’lumki, kishmishbop uzum navlarida urug‘ bo‘lmaydi, uning
o‘rniga yaxshi rivojlanmagan rudiment (rivojlanmagan urug‘)lar
bo‘ladi. Kishmishbop uzum navlariga qarab, har bir rudimentning vazni
6 mg dan 14 mg gacha bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatgichlarni shu muhit
sharoitida (belgilangan sharoitda) saqlash talab etiladi.
G‘ujumda hosil bo‘lgan urug‘larning soni urug‘langan tuxum
hujayralarining
miqdoriga, shuningdek, rivojlangan urug‘kurtaklarga
bog‘liq. G‘ujumlarda odatda 2-3ta, agar barcha urug‘kurtaklar
rivojlangan bo‘lsa 4 ta
ypyg‘
hosil bo‘ladi. Kishmishbop navlarda
urug‘lar rivojlanmasligi ham mumkin.
Uzumda urug‘lanmaslikning partenokarpiya va stenospermokarpiya
xillari
bor.