37
Ildiz o‘sa boshlashi bilan o‘z kuchini yo‘qotgan eski hujayralar
o‘rniga, yangilari paydo bo‘la boshlaydi. Qin nihoyatda qattiq va
mustahkam bo‘lganligi sabab,
tuproq qatlamining chuqur
qismi
(10-12 m.undan ko‘p) gacha kirib boradi;
ildiznig so‘ruvchi qismi
- ildizni tukchalar bilan qoplangan, uzunligi 2 sm.gacha bo‘lgan
o‘suvchi qismidan keyingi qismi hisoblanadi.
Ildiz tukchalari
so‘ruvchi zona tashqi to‘qimasi (epidermisi) ning cho‘ziq
hujayralaridan tashkil topgan. Tukchalar qobig‘ida kutikula qavati
bo‘lmagani sababli, tuproqdagi nam va unda erigan mineral tuzlar
u orqali hujayralarga oson o‘tadi. Ildiz tukchalari bor-yo‘g‘i 10-20
kun yashaydi. Ildiz o‘sgan sari, nobud bo‘lganlari o‘rniga yangilari
o‘sib boradi. Bu jarayon, albatta tuproq sharoitiga va undagi namlik
miqdoriga bog‘liq.Nisbatan quruq tuproqda ularning soni ko‘p
bo‘lib, o‘ta
nam tuproqlarda esa
aksincha, miqdori kam bo‘ladi.
Ildizning o‘tkazuvchi qismi
— bunda ildiz tukchalari
bo‘lmaganligi sababli, so‘rish jarayoni deyarli bo‘lmaydi.
So‘rish qismida
yosh ildiz dastlabki anatomik tuzilishga ega
bo‘lib, tashqi tomoni bir qavat tirik, bir-biriga tig‘iz yopishgan
hujayradan iborat bo‘lgan yupqa po‘st (epidermis) bilan qoplangan
bo‘ladi.
Epidermis
hujayralari
bo‘yiga
cho‘zilib,
ildiz
tukchalarini hosil qiladi. Epidermis ostida 20-25 qavatdan iborat
bo‘lgan po‘stloq parenximasining hujayralari bor. Yosh ildizlardagi
markaziy silindr 2-3 ta birlamchi nay tolali bog‘lamlar (xalqasimon
joylashgan dastlabki ksilema floemalar)dan iborat. Ksilema bo‘ylab
oziq moddalar ildizdan poya tomon, floemaning elaksimon
naychalari orqali organik moddalr poyadan
ildiz tomon harakatda
bo‘ladi.
O‘suv davrining oxiriga borib, yosh ildizlarda o‘zgarishlar
yuz berib, ikkilamchi to‘qimalar hosil bo‘ladi. Ildiz po‘kak bilan
qoplanib, qo‘ng‘ir-jigar rangga kiradi va asosiy ildiziga aylanadi.
Tok ildizlarida tinim davri bo‘lmaydi. Ildiz qulay sharoitda yil
davomida o‘sishi mumkin. Ko‘klamda
ildizning asosiy qismi
joylashgan tuproqning 40-80 smli qatlamidagi harorat 8-10°S,
kuzda yog‘ingarchilik yetarli bo‘lganda harorat I8°S da jadal o‘sadi.
Yozning issiq va quruq kunlarida hamda qish oylarida uning
faoliyati ancha sekinlashdi. Bahorda shira harakati boshlanib,
kurtaklarning yozilishi, asosan kuzda paydo bo‘lgan yangi ildizlar
va ularda to‘plangan nam va oziq moddalarning hisobiga bo‘ladi.