Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/126
Sana29.06.2024
Hajmi4,88 Mb.
#266182
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126
Bog'liq
13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

3.1.2. Poya -
tokning yer ustki qismi bilan ildiz tizimini o‘zaro bog‘lab 
turuvchi o‘zakdan 
iborat. Poya orqali ildizdan kelayotgan suv va unda 
erigan mineral moddalar barg va boshqa organlaridan o‘tib, barg orqali 
ildizga fotosintez mahsulotlari, ya’ni organik birikmalar o‘tadi. Poyada, 
uning o‘zak, yog‘ochlik va lub to‘qimalarida o‘simlik uchun zarur 
bo‘lgan oziq moddalar zaxirasi to‘planadi. 
Tokning poya qismi bir yillik hosilli novdadan, bir yillik hosilsiz 
novda; bo‘g‘im; bo‘g‘im oralig‘i; barg; qo‘ltiq kurtak; (bachki novda; 
jingalak; to‘pgul 
(sho‘ra); 
novda uchi; ko‘p 
yillik novda (zang) va (2-3 
yillik novdalar) madang 
qismlarini
o‘z ichiga oladi. 
Tok urug‘idan o‘stirilganda, urug‘ murtagning poya hosil qiluvchi 
kurtakchasidan o‘sib rivojlanadi va uning keyingi rivojlanishi ildiz 
bo‘g‘izidan boshlanadi. Qalamchadan yoki parxish usulida o‘stirilgan 
tokda, poya qishlovchi kurtaklardan o‘sib, ildiz otgan qalamchali 
ko‘chatdan yoki parxishning asosidan vujudga keladi. Tok poyasi 
lianaga o‘xshab, bo‘yiga jadal o‘sadi. U tabiiy sharoitda ingichka 
bo‘lib, bir vegetatsiya davrida 20-30 m. gacha uzunlikda va 30-40 sm 
yo‘g‘onlikda o‘sadi. Agar uni tartibga solib turilmasa, biron bir daraxt 
yoki tirgovichga tirmashib yoki yer bag‘irlab o‘sishda davom etadi. 
Madaniy toklar esa, tanasi 180-200 sm gacha bo‘lgan tup shaklida 
o‘stiriladi.
Tok tupi ko‘milmaydigan tumanlarda uning tanasi tik, 
ko‘miladigan hududlarda esa 
yotiq yoki yerga yaqin qilib 
o‘stiriladi. Uning kundasidan 30-40 sm uzunlikda ko‘p yillik 
novdalar hamda 10-15 sm uzunlikdagi butoqchalar, ulardan bir
 
yillik hosil novdalari va ulardan esa kelgusi yil bahorda hosilli va 
hosilsiz yashil novdalar rivojlanadi. Bulardan esa o‘suv davrida 
bachki novdalar o‘sib chiqadi. 
Bir yillik yashil novdalar bo‘g‘im va bo‘g‘im oralig‘idan 
tashkil topib, bug‘imlarda barg, jingalak, kurtaklar, to‘pgul 
(keyinchalik 
shingilga aylanib uzum boshini hosil qiladi) 
joylashgan bo‘ladi.
Barg 
tokning vegetativ organlaridan biridir

Quyosh nuri va 
yorug‘lik tasirida bargda fotosintez, transpiratsiya kabi fiziologik 
jarayonlar sodir bo‘ladi. Organik moddalar anorganik moddalarga 
aylanadi. Barg orqali o‘simlik va tashqi muhit o‘rtasida gaz 
almashinishi jadal kechadi. Bu barglarning tupdagi soni va umumiy 
sathiga bog‘liq. Tok bargi oddiy bo‘lib, barg bandi va barg 


39 
plastinkasidan iborat. Barg sathi katta, yassi, chetlari tishsimon, ayrim 
hollarda butun va kertikli bo‘lib, uzum naviga qarab, turli shaklda, och 
yashildan to‘q yashil tusda bo‘ladi. Kuzda oq va pushti rangli uzum 
navlarining barglari sariq rangga, g‘ujumi qora ranglilari esa qizil rang 
oladi. Tok bargi 5-6 haftagacha o‘sib malum hajmga ega bo‘lgach, 
o‘sishdan to‘xtaydi. Bu davrda assimilyatsiya jarayoni kuchayib 
kimyoviy tarkibi o‘zgaradi, xlorofill parchalanib, oziq moddalar 
poyaga o‘ta boshlaydi. Tok tupinnng eng ko‘p barg yuzasi uzum pisha 
boshlagan vaqtga to‘g‘ri keladi. Barg yuzasining 15-30 %i 
gullashgacha, 60-65 %i iyun oyi oxirlariga to‘g‘ri keladi. O‘simlik 
hayotida fotosintez, transpiratsiya kabi fiziologik jarayonlar muhim 
ahamiyatga ega. Ular orqali o‘simlikning oziqlanishi, suvga bo‘lgan 
talabi, chiniqishi, mahsuldorligi va h.k.lar tartibga solinadi. Fotosintez 
uchun eng qulay harorat 30-32°S bo‘lib, harorat 38-40°S dan oshsa
yoki 6-7° dan pasaysa fotosintez jarayoni deyarli to‘xtaydi. Fotosintez 
odatda kunning birinchi yarmida kuchayadi, kun o‘rtalarida susayadi, 
kunning ikkinchi yarmida yana jadallashadi. Barg orqali sodir 
bo‘ladigan yana bir muhim jarayon - bu o‘simlik 
transpiratsiyasidir.
Suv, asosan, barg og‘izchalari, qisman kugikulasn orqali bug‘lanadi. 
Transpiratsiya barg va boshqa organlarning qizib ketishdan saqlaydi. 
Tuproqda 
namlik 
yetishmaganda 
havo 
harorati 
ta’sirida 
transpiratsiyaning hamda bundan tashqari tok tupining ko‘p suv 
bug‘latishi barglarining so‘lishiga olib keladi. Tok barglari orqali 
kuchli suv bug‘latish xususiyatiga ega.
K. V. Smirnov va boshqalarning ma’lumoti bo‘yicha uzumning 
150-200 ta bargi bo‘lgan bir tup Risling navi havo harorati 24°S 
bo‘lganda bir sutka davomida 1-1,5 l suv sarflanishini o‘zlarinig 
tadqiqot natijalarida aniqlaganlar. Shuningdek, tadqiqotlarda suvning 
faqat 0,2%igina biomassalarning shakllanishiga, qolgan suv qismi 
transpiratsiyaga sarf bo‘lishi aniqlangan. 
Uning hayotiy faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Barg yordamida 
o‘simlikda suv va oziqa moddalarining harakatini izga tushiradi. 
Barglarning nafas olishi natijasida metabolizm jarayonlari uchun kerak 
bo‘lgan energiya ajraladi. 
2 2,Barg o‘simlik bilan tashqi muhit o‘rtasidagi gaz almashinuvida 
muhim
rol o‘ynaydi.
Tok 
bargi bandning uzunligi va barg yaprog‘ining shakli tok 
navlariga qarab
har xil bo‘ladi. Tok bargi, ko‘pincha, 3 yoki 5 kertikli 


40 
bo‘lib, har bir bo‘laklar o‘rtasida o‘yiqlar bo‘ladi. Barg sathi silliq
burishgan shaklda bo‘ladi. 
3-rasm. Tok barglarining uzum navlariga qarab, barg va barg bandi 
shakllarining tuzilishi. 
Barg yaprog‘ining orqa tomoni ko‘pincha tuklar bilan qoplangan 
bo‘ladi. Barglar toklar rivojlanishi uchun muhim o‘ringa egadir. 
O‘simlikda, ya’ni tokda bargni tashqi muhit omillaridan himoya qiladi, 
suv, asosan, barglar orqali bug‘lanadi.
4-rasm. Tok barglarining uzum navlariga qarab, barg va barg bandi 
shaklining old va orqa tomondan ko‘rinishi. 
Bu esa o‘simlik tanasidagi haroratni biroz pasayishiga olib keladi va 
uni haddan tashqari qizib ketishidan saqlaydi, bu o‘simlikni o‘sishi, 
hosil shakllanishiga me’yor darajasida ta’sir qiladi. 
Barg anatomik tomondan o‘z vazifalariga ko‘ra, barg bandida 
o‘tkazuvchi tizim va mexanik to‘qima rivojlangan. 
Tokning uzoq, yashashi, mo‘l va sifatli hosil berishida barg 
sathi muhim rol uynaydi. 
Barg sathi deyilganda 
barcha barglar 
maydonining yig‘indisi tushuniladi. Barg sathining hajmiga, 
qanday sharoitda faoliyat ko‘rsatishiga qarab umumiy hosildorlik 
va hosil sifatini aniqlash mumkin. Barg sathi hajmini aniqlashda 
turli usullardan foydalaniladi. Eng ko‘p tarqalgani ampelografik 


41 
usul bo‘lib, bunda barg markaziy bo‘lmasining eng yuqoridagi 
uchidan eng pastki bo‘lmasigacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi. 
Odatda o‘rtacha rivojlangan novdadagi barg sathi 16-18 dm 
2
va undan ko‘proq, bitta tupdagisi 11-14 m 
2
, bir gektar tokzorniki 
35-40 ming m 
2
ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar novdalar va 
kurtaklar soni, o‘simlikning nam bilan ta’minlanganligi hamda 
parvarishiga bog‘liq. 
Barg sathining eng muhim ko‘rsatkichi, bu tok tupi ѐki 
tokzorning hosil shakllanaѐtgan davridagi (aprel-may) kundalik 
barg sathi maydonining yig‘indisi bilan bog‘liq bo‘lib, bu 
ko‘rsatkichni uzumchilikda 
fotosintetik potensial 
deyiladi. Bu 
ko‘zlangan 
hosil 
hamda uzum naviga qarab hisoblab 
aniqlanadigan miqdordir.
 
Ayrim izlanuvchi olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 100 s/ga 
uzum hosili olish uchun (masalan, Rkatsiteli uzum navidan) 
fotosintetik potensialning hisoblash miqdori 1,26... 1,76.10
b
m
2
kunni, 150 s/ga hosil olish uchun esa 1*83...2,64.10 
6
m

kunni 
tashkil etishi aniqlangan. 
Tok tupining barg sathi sekin-asta osha borib, uzum pisha 
boshlashida eng yuqori darajaga ko‘tariladi. Uning atigi 15- 30% i 
tokning gullash fazasining boshlanish davriga to‘g‘ri keladi.Barg 
orqali tok hayoti uchun zarur bulgan fotosintez, transpiratsiya, nafas 
olish kabi fiziologik jarayonlari sodir bo‘ladi. 
Fotosintez
 
faqat yorug‘lik tufayligina sodir bo‘ladi. Bu 
jarayonning jadal kechishi, shuningdek, havo harorati, namlik, oziq 
moddalar va karbonat kislota, tok turi va navi, yoshi, barg sathi, 
parvarishlash agrotexnikasi kabi omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Pastki 8—10- barglarda fotosintez yaxshi kechishi tufayli uzum 
boshlari shakllanadi, yuqoridagi barglar fotosintezi tufayli esa uzum 
tarkibidagi qand moddasi ko‘payib, hosil sifati yaxshilanadi. Uzum 
tarkibidagi qand moddasining to‘planishida bachki novdalar ham 
m u h i m ahamiyat kasb etadi. Shularni hisobga olib, xomtok va 
novdalar uchini chilpishni sifatli o‘tkazish lozim bo‘ladi. 

Download 4,88 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish