• Tayanch so‘zlar
  • Ildiz va ildiz tizimi
  • Tokdoshlar oilasiga ta’rif bering




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/126
    Sana29.06.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #266182
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126
    Bog'liq
    13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

    6.
    Tokdoshlar oilasiga ta’rif bering 
     
    7.Dunyoda tokdoshlar oilasiga kiruvchi qancha turkum mavjud? 
    8.Tokning o‘sish xususiyatiga izoh bering
    9.Tokning yovvoy turlari qaysi mintaqalarda uchraydi? 
    10.Tokning morfo-biologik xususiyatlari nimalardan iborat? 
    11.Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarida tokning qaysi turlari 
    mavjud? 
     
    2-MAVZU: TOK 
    O’SIMLIKLARINING YILLIK 
    RIVOJLANISH DAVRLARI 
     
    Reja: 
    1.
    Tokning tuzilishi 
    2.
    Tokning rivojlanishi, tokning yillik rivojlanish jarayoni 
    xususiyatlari 
    3.
    Tok usti va yer osti organlariga izoh bering 
    4.
    Tokning ildiz tizimi nima va qanday vazifani ijro etadi.
    5.
    Ildiz tizimi necha guruhga bo‘linadi. 


    35 
    6.
    Vegetativ organlarga izoh bering, o’suv davri va unda sodir 
    bo’ladigan fenologik bosqichlar
    7.
    Generativ organlari va ularning tinim davrining xususiyatlari. 
    Tayanch 
    so‘zlar:
    Tok 
    tuzilishi, 
    rivojlanishi, 
    morfobiologik 
    xususiyatlari, tokning ustki qismi, yer osti qismi, ildiz tuzilishi, yonaki 
    ildizlar, barg, poya, jingilak, gul, to‘pgul, uzum g‘ujumi, urug‘.
    2.1. Tok o‘zining morfo-biologik xususiyatlari va tuzilishiga ko‘ra, 
    vegetativ va generativ organlarga
    bo‘linadi. 
    Vegetativ organlarga tok tupining o‘suvchi qismlari: 
    ildiz, poya, 
    barg, kurtak, jingalak
    kabi organlari kiradi va ular o‘simlik hayotida
    muhim ahamiyat kasb etadi. Ular orqali suv va oziq moddalar 
    o‘zlashtiriladi, fotosintez, transpiratsiya, nafas olish kabi muhim 
    jarayonlar kechadi. Shuningdek, vegetativ ko‘payish vazifalrini tok 
    novdalarining poya qismlarini o‘sishi orqali amalga oshadi.

     
    Generativ (reproduktiv) organlarga to‘pgul, gul, shingil, g‘ujum 
    va urug‘lar
    kiradi. 
    Reproduktiv
    orgaNar meva pishgach, rivojlanishdan 
    to‘xtaydi.Ular orqali

    jinsiy ko‘payish sodir etiladi. Tok boshqa o‘simliklar singari 
    morfobiologik tuzilishiga ko‘ra, 
    yer usti (poya) va yer osti (ildiz va ildiz 
    tizimlari) qismlari
    dan iborat.
    Ildiz va ildiz tizimi 
    Tok ildizi uning o‘sishi va rivojlanishida bir qator muhim 
    vazifalarni ijro etadi. Eng avvalo, tok ildizi uzumning yer ustki 
    organlarini tuproqda mustahkam tutib turishiga xizmat qiladi. 
    Ildizning 
    asosiy vazifasi -tuproqdan suv, oziqa moddalarini so‘rib, yer ustki 
    qismi organlariga uzatishi
    natijasida o‘simlikda biokimyoviy, 
    moddalar almashinuvi va fotosintez jarayonlari muvaffaqiyatli kechishi 
    oqibatida uning mahsuldorligi ortib, hosil va sifati yaxshilanadi. 
    Tok urug‘idan ko‘paytirilganda, urug‘murtakdan dastlab o ‘ q
    ildizni paydo qiladi. Bir necha kundan so‘ng ildiz shoxalay boshlab, 
    undan yon ildizlar hosil bo‘la boshlaydi. Birinchi yon ildizlarni 
    birinchi tartibli ildiz deb , undan o‘sib chiqqan ildizlarni esa
     
    ikkinchi va shu tartibda shoxlanishlar davom etib, 3,4,5- va h.k.lar 
    tartib y o n f a o l ildizchalar rivojlanadi. 
    Yosh, asosiy ildiz va undan o‘sib chiqqan mayda va kalta 
    ildizchalarni so‘ruvchi faol, popuk ildizlar deyiladi. Ular dastlab, 
    juda nozik, mo‘rt, kalta va oq rangli bo‘lib, erigan mineral 


    36 
    moddalar, shuningdek, karbonat angidrid gazlarini o‘zlashtirish 
    xususiyatiga ega. Ularda turli murakkab organik birikmalar - 
    qandlar, azot, fosfor va boshqa kislotalar sintez bo‘ladi. Mazkur 
    birikmalarning oz miqdori tuproqda ajralib chiqib, chirib 
    parchalangan ildiz qoldiqlari tufayli tuproqni organik moddalar 
    bilan boyitadi, ildiz atrofida mikroorganizmlar (rizosferalar), 
    zamburug‘ va bakteriyalar to‘planishiga yordam beradi. 
    Asosiy o‘q ildizlar uzun, etli, deyarli bir xil yo‘g‘onlikda bo‘lib, 
    usti qo‘ng‘ir-jigar rangda bo‘lib, yupqa ajraluvchi qobig‘ bilan 
    qoplangan bo‘ladi. Ular, asosan tok tupini tuproq (yer)da 
    mustaqkam tutib turishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Asosiy 
    yoki skelet ildizlar orqali tok tupining yer ustki qismi (poya, barg, 
    generativ organlar va h.k.)ga suv va unda erigan mineral moddalar, 
    tuzlar uzatiladi. Ularda esa o‘simlik rivojlanishi uchun zarur bulgan 
    oziq moddalar (kraxmal, o qsil,yog‘lar) zaxirasi to‘planadi. Yosh 
    ildizchalar o‘ttan yilgi ildizlarda, hatto q arigan skelet ildizlarda ham 
    paydo bo‘lishi mumkin. Ildizlarning o‘sishi yosh ildizlarning uchki 
    qismida hosil bo‘luvchi to‘qimalari xujayralarining bo‘linishi 
    tufayli sodir bo‘ladi. 
    Tok 
    ildizlarining tuzilishi va ularning yer ostida joylashishiga 
    qarab 3 guruhga bo‘linadi: 1.Shudring shimuvchi yuza ildizlar; 2. Yon 
    ildizlar va 3. Asosiy o‘q ildizlardan tashkil topgan .
    Barcha ildiz va ildizchalar to‘plami ildiz tizimini tashkil qiladi. 
    Tok qarigan sari uning ildizlari kamayib boraveradi, yonaki, mayda 
    ildizlar soni sezilarli darajada qisqaradi va natijada tok qariydi, 
    o‘sishdan to‘xtab, hosil kamayadi. Tokning o‘sishi va rivojlanishi 
    uchun zarur bo‘lgan suv va oziq moddalarni so‘rib o‘zlashtiradi. Uning 
    asosiy ildizlari orqali yer ustki qismlariga oziq moddalarni yetkazishda 
    mayda so‘ruvchi ildizlarning ahamiyati katta. 
    Ular quyidagi qismlardan iborat:

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish