31
Hozirgi
sanoatlashtirilgan
uzumchilikda
intensiv
tipdagi
tokzorlarda istiqbolli, eksportbop yuqori
va muttasil sifatli hosil
beradigan hamda shu bilan birgalikda mayizbop uzumlarning chiqish
foizi yuqori bo‘lgan uzum navlarini yetishtirish dolzarb vazifa
hisoblanadi.
1.2.
O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitida ham oxirgi yillarda
sanoatbop uzum navlaridan bog‘ barpo qilishga katta e’tibor
berilmoqda va ularning maydoni keskin oshib bormoqda.
Tuproq- iqlim
sharoitlarining qulayligi, ajoyib uzum navlarining
mavjudligi, ulardan yuqori, mo‘l va sifatli hosil olish imkoniyatini
beradi. Uzum va mayiz yetishtirish ilmiy nuqtai nazardan o‘ziga xos
xususiyatlarga ega mehnat talab etadigan jarayondir. Yuqori sifatli ko‘p
hosil yetishtirish uchun sohibkor bog‘bonlar o‘z
mintaqasiga xos
bo‘lgan uzum navlarini nazariy bilimlari va ko‘p yillik amaliy
ko‘nikmalarini birga hamohang qo‘llashi kerak bo‘ladi. Tok parvarishi
davomidagi har bir ishlov hosil miqdoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Ushbu qo‘llanmada bog‘bon-sohibkorlar duch kelishi
mumkin bo‘lgan fiziologik, fitopatologik va ekologik masalalar haqida
so‘z yuritiladi.
1.3. Mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan
Respublika va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan agrar va siyosiy
sohaga oid bir qator qonunlar, O‘zbekiston Prezidenti
va hukumatimiz
tomonidan chiqarilgan qaror va farmonlari qishloq xo‘jaligi tarmoqlari
samarador ligini keskin oshirishga, zamonaviy uzumchilik sohasini
ilmiy asoslangan, resurstejamkor innovasion texnologiya asosida olib
boriishga, aholini qishloq xo‘jaligi va oziq - ovqat mahsulotlariga,
sanoatni esa sifatli xom ashyoga bo‘lgan talablarini to‘liq qondirishga
qaratilgandir.
2.4. Yuqorida keltirilgan jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan shu
narsa ko‘rinib
turibdiki, respublika bo‘yicha o‘rtacha hosildorlik
60.2s/ga.ni tashkil qiladi. Yuqori hosildorlikka erishganlardan: Buxoro,
Xorazm, Farg‘ona, Navoiy, Samarqand kabi viloyatlar peshqadamlar
safida ekanligi ko‘rinib turipti.
Mazkur jadval ma’lumotlarining tahliliga ko‘ra, Buxoro va
Samarqand viloyati tuproq-iqlim sharoiti
uzum yetishtirish va yuqori
sifatli hosil olish uchun juda mos keladigan hudud hisoblanadi.
Generativ (reproduktiv) organlarga to‘pgul, gul, shingil, g‘ujum va
urug‘lar
kiradi. Ular orqali jinsiy ko‘payish sodir etiladi. Reproduktiv
organlar meva pishgach, rivojlanishdan to‘xtaydi.