• Tayanch iboralar
  • Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/126
    Sana29.06.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #266182
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126
    Bog'liq
    13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

     
     
     


    27 
    1-MAVZU. 
    TOK O’SIMLIKLARI BIOLOGIYASINING 
    ASOSLARI 
     
    Reja: 
    1.1. Tokdoshlar oilasi 
    1.2. Tok butasining o‘sishi va rivojlanishi
    1.3. Tokdoshlar oilasiga kiruvchi turkum va turlarning tasnifi 
    1.4. Tokdoshlar oilasiga mansub uzum navlari tasnifi 
    1.5
    Sharobbop (Vinobop) uzum navlari tasnifi 
    1.6. Xo‘raki va mayizbop uzum navlari 
    Tayanch iboralar:
    Tokdoshlar oilasi, turkum, turlar, o‘sish va 
    rivojlanish, uzum navlari, xo‘raki, sharobbop, mayizbop navlar
    hosildorlik, hosil sifati. 
    Tok Vitaceae Juss oilasining Vitis turkumiga mansub bo‘lib, 
    qadimiy gulli yoki yopiq urug‘li o‘simlik hisoblanadi. Dunyoning bir 
    qator mo‘tadil, suptropik hamda tropik mintaqalarida uchraydi va bu 
    tuproq-iqlim sharoitida mo‘tadil o‘sadi, yaxshi hosil beradi. 
    Tok sistematikasini o‘rganish borasida o ‘ t g a n XX asrda olib 
    borilgan i l m i y t a d q i q o t ishlari tokning yangi-yangi tur va 
    turkumlarini ochilishiga, shuningdek, ba’zi bir taksonlarni hamda
    muhim taksonomik belgilarini aniqlash orqali u yoki bu tur yoki 
    turkumga mansub ekanligi bo‘yicha ma’lumotlar olish imkonini 
    berdi. 
    Vitaceae oilasining o‘zida ham bir qator o‘zgarishlar bo‘lib, 
    undan Leeoideae Clarke oilasi alohida botanik oila (Leeaceae 
    Dumortier) sifatida ajratib olindi. Shuningdek, Akareosperma va 
    Pterotsissus turkumlari aniqlanib tokdoshlar oilasiga qo‘shimcha 
    qilib kiritildi. Vitaceae oilasiga mansub bo‘lgan yangi turkumlarni 
    aniqlash, eski sistematikasini qayta ko‘rib chiqish va boshqa 
    o‘zgarishlar natijasida tokdoshlar oilasi 14 turkumdan tashkil 
    topgan. Tokdoshlar oilasidan birinchi bo‘lib, Vitis turkumi
    keyinchalik 
    Sissus, 
    Ampelopsis, 
    Tetrastigma 
    va 
    boshqa 
    turkumlarga ta’rif berildi. 
    Tokdoshlar oilasiga mansub barcha turkumlar ichida eng ko‘p 
    o‘rganilgani va xalq xo‘jaligi uchun ahamyatlisi bu- Vitis 
    turkumidir. 


    28 

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish