19
yetishtirilganligini va gektaridan o‘rtacha 134,6 s hosil olinganligini
ma’lumotlar ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyuldagi PQ-5200-
son qaroriga muvofiq,
2022-2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Res-
publikasi
va
viloyatlardagi
ixtisoslashgan
tumanlarda
uzum
plantatsiyalarini tashkil etishning bashorat ko‘rsatkichlari bo‘yicha
umumiy barpo etilgan uzumzor maydoni 156 945 gektarni, shundan
tomorqalarda ekilgan tokzorlar 25581 gektarni tashkil etishi
belgilangan. Jumladan, Buxoro viloyatida ushbu ko‘rsatkichlar 12100
ga, tomorqadagi uzumzorlar 4000 gadan iborat bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Sug‘orma uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha ham hukumat
tomonidan qo‘yilgan muhim vazifa va topshiriqlarni bajarishda
uzumchilik tarmog‘ini ilmiy asoslangan texnologiya asosida
parvarishlash yo‘li bilan yuqori hosil olish imkoniyatini vujudga
keltirish mumkin.