4-jadval
2022-2024 yillarda O‘zbekiston respublikasi bo‘yicha uzum
yetishtirish maydoni
№ Hududlar nomi
Tokzorlar
maydoni,ga
Shundan
tomorqa
maydoni,ga
1
Qoraqalpog‘iston
respublikasi
6000
2700
2
Andijon
9000
2450
3
Buxoro
12100
4000
4
Jizzax
23500
1400
5
Qashqadaryo
15000
1942
6
Navoiy
14000
3185
7
Namangan
15000
889
8
Samarqand
18211
614
9
Surxondaryo
12000
1305
10 Sirdaryo
9121
596
11 Toshkent
11013
2050
12 Farg‘ona
9000
2650
13 Xorazm
3000
1800
Jami respublika bo‘yicha
156 945
25 581
20
Oxirgi yillarda uzum yetishtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi
uchun uzum yetishtiruvchi fermer va klaster xo‘jaliklari katta
muvaffaqqiyatlarga erishayotganligi sezilarli darajada ko‘rinmoqda.
O‘zbekiston respublikasi viloyatlarida, jumladan Buxoro
viloyatida ham tok maydonlari oxirgi yillarda oshib borishi bilan birga,
hosildorlik va yalpi hosil ham oshib borayapti.
5-jadvalda O‘zbekistonning janubiy viloyatlaridan biri bo‘lgan
Buxoro viloyati tumanlaridagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda 2022-
yilda uzum mahsulotlarini oyma-oy yetishtirish bo‘yicha bashorat
(prognozi) ko‘rsat- kichlarining ma’lumotlari keltirilgan.
Xalqimizni yil davomida sarxil uzum va quruq meva (mayiz) va
uzum sharbatlari bilan ta’minlashda uzum navlarini yilning turli
mavsumlarda pishishini e’tiborga olib, ya’ni erta, o‘rta va kechpishar
toifalarga bo‘lib ekilishi, shuningdek, xo‘raki, mayizbop va vinobop
turlarini alohida - alohida maydonlarga ekib, har bir uzum turi navlarida
o‘ziga xos yetishtirsh agrotexnologiyalari mavjudligiga ham e’tibor
qaratgan holda parvarishlash lozimlini eslatib o‘tmoqchimiz.
Bundan tashqari, qishki mavsumda uzum yetishtirilmaydigan olis
o‘lkalarni uzum mahsulotlari bilan ta’minlash, daromad manbaini
oshirish maqsadida uzoq saqlanadigan, transportabelli uzum navlarini
yetishtirishda nimalarga e’tiborni qaratish kerakligi, qanday
agroparvarishlash tadbirlarini amalga oshirish lozimligi, himoyalash
saqlash, tashish va h.k. tadbirlarni ilmiy-asoslangan texnologiya
asosida olib borishi va har bir fermer xo‘jaligi va klasterlar chuqur bilim
va malakaga ega bo‘lishi lozim. Shunda, yetishtirilgan mahsulotdan
ko‘zda tutilgan hosil, yuqori va samarali daromad qo‘lga kiradi. 6-
jadvalda O‘zbekiston Respublikasida tokzorlar maydoni, hosildorlik va
yalpi hosil bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklarda 2005.14.01 da
bo‘lgan ma’lumotlar keltirilgan. 6-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan
shu narsa ko‘rinib turibdiki, respublika bo‘yicha o‘rtacha hosildorlik
60.2 s/ga.ni tashkil qiladi. Yuqori hosildorlikka erishgan- lardan:
Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Navoiy, Samarqand kabi viloyatlar
peshqadamlar safida ekanligi ko‘rinib turipti.
6-jadval
ma’lumotlarining tahliliga ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasi tuproq-iqlim sharoiti uzum yetishtirish va yuqori sifatli
hosil olish uchun juda mos keladigan hudud hisoblanadi. Bu yutuqlarni
yanada mustahkamlash uchun yurtimizda uzumchilik tarmog‘ini ilg‘or
sohalar qatoriga kiritish uchun ilmiy-asoslangan resurstejamkor
innovatsion agrotexnologiyalarni qo‘llash, maqbul navlar bo‘yicha
21
uzumzorlar barpo qilishda eng zamonaviy tok yetishtirish usullaridan
foydalanish, ularni o‘g‘itga, suvga va qator oralariga ishlov berishga
bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq ta’minlash, jadallashgan ilg‘or
texnologiyalarni
qo‘llaydigan
uzumzorlarni
barpo
qilish,
simbag‘azlardan foydalanish, tomchilatib sug‘orishni qo‘llash, biousul
va kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning zamonaviy
samarali usullarini qo‘llash va ishlab chiqarishga joriy qilish, sanoatbop
uzumlarni chetga chiqarishni tashkillashtirish, saqlash va quritish
usullaridan to‘liq foydalanish kabi jarayonlarni amalga oshirish lozim
bo‘ladi.
Hozirgi
sanoatlashtirilgan
uzumchilikda
intensiv
tipdagi
tokzorlarda istiqbolli, eksportbop yuqori va muttasil sifatli hosil
beradigan hamda shu bilan birgalikda mayizbop uzumlarning chiqish
foizi yuqori bo‘lgan uzum navlarini yetishtirish dolzarb vazifa
hisoblanadi. Sug‘orma uzumchilik bilan shug‘ullanayotgan viloyatlar
tuproq-iqlim sharoitida ham oxirgi yillarda sanoatbop uzum navlaridan
bog‘ barpo qilishga katta e’tibor berilmoqda va ularning maydoni
keskin oshib bormoqda.
Sug‘orma uzumchilik bilan shug‘ullanayotgan suv taqchil
tuproq-iqlim sharoitidagi viloyatlar sharoitida ham oxirgi yillarda
sanoatbop uzum navlaridan bog‘ barpo qilishga katta e’tibor
berilmoqda va ularning maydoni keskin oshib bormoqda.
Shu bilan birgalikda ushbu hududlarda mayizbop uzumlarning
chiqish foizi yuqori bo‘lgan uzum navlarini yetishtirish dolzarb vazifa
bo‘lib qolmoqda.
Tuproq- iqlim sharoitlarining qulayligi, ajoyib uzum navlarining
mavjudligi, ulardan yuqori, mo‘l va sifatli hosil olish imkoniyatini
beradi. Uzum va mayiz yetishtirish ilmiy nuqtai nazardan o‘ziga xos
xususiyatlarga ega mehnat talab etadigan jarayondir. Yuqori sifatli ko‘p
hosil yetishtirish uchun sohibkor bog‘bonlar o‘z mintaqasiga xos
bo‘lgan uzum navlarini nazariy bilimlari va ko‘p yillik amaliy
ko‘nikmalarini birga hamohang qo‘llashi kerak bo‘ladi. Tok parvarishi
davomidagi har bir ishlov hosil miqdoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Ushbu darslikda bog‘bon-sohibkorlar duch kelishi mumkin
bo‘lgan fiziologik, fitopatologik va ekologik masalalar haqida so‘z
yuritiladi. Mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan
Respublika va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan agrar va siyosiy
sohaga oid bir qator qonunlar,
|