Sho‘rxok tuproqlar
. Sho‘rxok tuproqlar asosan, Amudaryo,
Sirdaryo va Zarafshon daryolarining hozirgi hamda qadimgi deltalarida
va bu daryolarning qayir ustki terassalarida tarqalgan. Shuningdek,
Qashqadaryo, Sheroboddaryo, Surxondaryo vohalarida va bir qator
kichik-kichik daryolarning tog‘lardan chiqib tekislikka o‘tadigan
joylarida ham kattagina maydonni egallaydi.
Sho‘rxoklar yerning ustki qatlami hamisha sernam bo‘lib turishi
bilan farqlanadi. Bu tuzlar tarkibida kuchli gigroskopik xususiyatiga
ega bo‘lgan CaC1
2
bilan MgC1
2
ning eng ko‘p bo‘lishiga bog‘liq.
Sho‘rlangan tuproqlarning quyidagi klassifikatsiyasi qabul
qilingan. Tuproqlarning sho‘rlanishi ekinlar hosilini keskin kamaytirib
yuboradi. Kuchli sho‘rlangan yerlarda o‘simliklar qurib nobud bo‘ladi.
Sho‘rlanish ta’sirida o‘simlik hujayralariga suv kirishi buziladi.
Chunki, bunda tuproq eritmasining osmotik bosimi hujayra shirasining
osmotik bosimiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. Bunda tuproq quruqligi
degan hodisa vujudga keladi. Sho‘rlanish natijasida o‘simliklar
urug‘dan unib chiqqandan boshlab yetilgunga qadar tuproqdagi suvni
yaxshi o‘zlashtira olmaydi.
Tuproqda tuzlar konsentratsiyasi ortgan sayin uruqqa suvning
kelishi to‘xtab, uning bo‘rtishi sustlashadi. Bu esa urug‘ning unib
chiqish energiyasiga salbiy ta’sir qiladi, tuzlarning konsentratsiyasi 8,5
g/l dan ortiq bo‘lsa, urug‘larning bo‘rtishi sekinlashadi. Bu esa
o‘simliklarning o‘sishiga va rivojlanishiga yomon ta’sir etadi.
Suvda oson eruvchan tuzlar o‘simliklarga zararli ta’sir ko‘rsatadi.
Agar H
2
S0
4
ning zararli ta’sirini shartli ravishda 1 deb qabul
qilinsa, u vaqtda magniy sulfid, magniy xlorid va kaltsiy xloridniki 3—
5, natriy xloridniki 5—6 ortiqdir.
Ishqor va ishqoriy tuzlar hujayra devorini shuningdek,
protoplazmani buzadi. Tuzlarning yuqorida aytilgan zarar yetkazish
darajasiga qarab berilgan nisbiy baho har bir tuzning eritmasigagina
taalluqlidir. Ba’zi tuzlar aralash bo‘lganida zararli ta’siri ancha
58
kamayadi. Bu hodisa tuzlar antagonizmi nomi bilan ma’lumdir.
Tuzlarning zararli ta’siri tuproq namligiga, uning mexanik tarkibiga va
undagi oziq moddalarga ham bog‘liqdir.
Har qanday ekin turidan yuqori va sifatli, ko‘zda tutilgan oziq-
ovqat va boshqa mahsulotlarni yetishtirishda avvalom bor, tuproq
tarkibida ekinlarnining o‘sish va rivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan
oziqa(makro va mikro) elementlari yetarli darajada bo‘lishi,
shuningdek, mazkur elementlar bilan birgalikda o‘simlikka bevosita
ta’sir etuvchi bir qator biotik va abiotik omillar ta’sirida amalga oshadi.
Mamlakatimizning janubiy viloyatlarining ma’lum bir qismida
40
0
shimoliy kenglikda va 64
0
janubiy uzoqlikda, dengiz sathidan 85-
300 m balandlikda joylashgan hududlarida uzum navlarining xo‘raki,
urug‘siz mayizbop va vinobop uzumzorlardan yuqori va sifatli hosil
yetishtiriladi. Bu hudud tuproqlarining mexanik tarkibi yengil tuproq
qavati bilan birgalikda, qum va qumoq va og‘ir-soz, o‘tloqi-allyuvial
tuproqlardan tashkil topgan. Ularning tuproqlari sho‘rlanmagan,
kuchsiz, kuchli-o‘rtacha va yengil sho‘rlangan bo‘lib, asosan 30-40 sm
qatlamida cho‘kindi qoldiqlar 50-80%ini tashkil etib, xlorid tuzlari esa
ancha kam miqdorni tashkil etadi, bu ko‘rsatgichlar tok tupini o‘sishi
va hosil berishiga unchalik darajada salbiy ta’sir qilmaydi. Mazkur
hududda umumiy sug‘oriladigan yer maydoni 274,6 ming gektarni
tashkil qilib, shundan 9.6 % sho‘rlanmagan, 59.9 foizdan kam
sho‘rlangan, 27.0% o‘rta sho‘rlangan, 6.5% kuchli sho‘rlangan bo‘lib,
2,21814 tonna uzum ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Mavjud sug‘oriladigan uzumzorlarning (2018 yil ma’lumotlari
bo‘yicha) haydalma qatlamidagi gumus miqdori tuproqning (0-30 sm)
qatlami va haydov osti qatlami (30-50 sm) larida bahor va kuz oylarida
mos ravishda: chirindi: 0.7237-1.2915: 0.7019-1.2600; va 0.7001-
1.2525: 0.6792-1.2210% harakatchan azot: 11.4-14.9: 6.0-8.2 mg/kg va
10.2-12.5: 4.5-6.1mg/kg: fosfor 18.0-32.0: 13.0-28.6 mg/kg va 14.5-
19.0: 11.0-17.6 mg/kg almashinuvchan kaliy 156-168: 140-158 mg/kg
va 153-163: 138-153 mg/kg oralig‘idagi natijalar olinganligi qayd
etilgan. Xuddi shunday raqamlar 2019-2020 yillarda ham bo‘lganligi
yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma’lumotlrda keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan iqlim-tuproq sharoitlarini bilgan holda va ilm-
fan yutuqlaridan samarali foydalanib, ishlab chiqarishga tadbiq etish
orqali yuqori hosildorlikka va sifatli mahsulot yetishtirishga erishiladi.
59
Shuningdek, zamonaviy uzumchilikni jadal rivojlantirish - uzum
navlarini ilmiy asoslangan resurstejamkor texnologiya asosida
parvarishlash, nav tanlash va o‘g‘itlash tizimi, kasallik va
zararkunandalardan himoya qilish, uzumni qurutish va saqlashning
zamonaviy usullarini qo‘llash natijasida uzumchilik sohasida iqtisodiy
samaradorlik ko‘rsatgichlarini keskin oshirishga imkoniyat yaratadi.
Global iqlim o‘zgarishlari sharoitida tabiat keskin o‘zgarmoqda,
uni
bashorat qilish murakkablashmoqda. Tuproq va
iqlim
xususiyatlarining keskin o‘zgarayotganiga jiddiy etibor berish lozim
bo‘lmoqda.
Qishloq xo‘jaligida tuproq va iqlim sharoitlari juda muhim
omillardan biridir. Sababi, o‘simlik tuproqdan oziqlanadi, o‘simlikning
o‘sishi iqlimga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Demak, qishloq xo‘jaligi ham bunga mos ravishda tashkil etilishi
davr talabidir. Agar moslasha olmasa, barqaror qishloq xo‘jaligiga
putur yetadi, oziq-ovqat xavfsizligi tahdid ostida qoladi.
Azot (N), fosfor (P) va kaliy (K) va boshka mineral o‘g‘itlar
o‘simlikning asosiy oziqasi hisoblanadi. Har qanday mineral o‘g‘itni
o‘simlik o‘zlashtirishi uchun avvalo, suv kerak bo‘ladi. Mineral o‘g‘it
suvda erib eritma holida o‘simlikka o‘tadi. Suv bo‘lmasa-chi?
Minerallar erimaydi va o‘simlik oziqlana olmaydi, hosil olinmaydi.
Shuning uchun, mineral o‘g‘itlar qo‘llangandan keyin albatta,
tok ekinlarini sug‘orish lozim bo‘ladi. Aks xolda mineral o‘g‘itlarning
katta qismi tuproqqa solinganicha bir qismi issiqlik ta’sirida osmonga
uchib ketadi, ma’lum bir qismi o‘zlashtirilmagan holda kristaligicha
qolaveradi. O‘simlik tomonidan o‘zlashtirilmagan mineral o‘g‘itlar esa
bevostia tuproq sho‘rlanishini keltirib chiqaradi. Tabiatda bilibmi,
bilmaymi, sun’iy sho‘rlanish yuzaga keladi. Buning sababi bitta - suv
tanqisligi omili. Ikkinchisi, gektariga qo‘llanilayotgan mineral o‘g‘itlar
me’yori.
Bugungi kunga kelib, har gektar uchun o‘rta 1-1.5 t mineral o‘g‘it
qo‘llanilayapti. Shuncha mineral o‘g‘it – tuzlar (mineral o‘g‘itlar ham
tuz) qayoqqa ketyapti deb o‘ylaysiz? Hech qayoqqa ketayotgani yo‘q.
Tuproqda yig‘ilib, behuda o‘zlashtirilmagan holda tuproq tarkibidagi
zararli tuzlar miqdorini ko‘paytirishi bois, tuproqning sho‘rlanish
darajasini ko‘paytirib bormoqda.
Global isishlar iqlim sharoitida, suv tanqisligi yildan-yilga
ortib bormoqda. Suv kam bo‘lganida, oziqa elementlarining
60
o‘simlikga yetkazib berishning asosiy yo‘llaridan biri bu - oziqani
(suspenziya) bargi orqali o‘simlikga berish bo‘lib, bu tajriba tobora
keng miqyosda amalga oshmoqda. Ham tejamkor, ham samarali, ham
arzon. 1 tonna mineral o‘g‘itni tuproqqa solmasdan, o‘rtacha 150-200
kg mineral o‘g‘itni suvda eritib, o‘simlik bargidan oziqlantirilsa,
yuqoriroq samaraga erishilishi ilmiy tadqiqotlarda aniqlangan.
Mineral o‘g‘itlarni bir-biriga qo‘shib, birgalikda kompleks
holda suspenziya qilib qo‘llashning foydasi yuqori. Azot manbasi
sifatida karbamid, selitra; Fosfor manbasi sifatida ammofos; Gumatlar
(natriy gumat, kaliy gumat, oksigumat, fulvogumat) ishlatilganida,
ularni o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi juda samarali bo‘ladi.
Shuningdek, Fitovak immunostimulyatoriga karbamid va kaliy gumat
yoki fulvogumatlarni birgalikda qo‘shib purkalganda, bir vaqtning
o‘zida o‘simlikning o‘sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir etishi
barobarida, tabiatning noqulay stress holatlariga va kasalllik va
zararkunandalarga nisbatan immun tizimini hosil qiladi.
Bundan tashqari, keyingi yillarda o‘simlik kasalliklariga va zararli
zararkunanda- hashoratlarga qarshi ko‘p miqdorda turli xil kimyoviy
zaharlarni purkash natijasida patogen mikroorganizmlar yildan-yilga
kuchayib boraveradi.
Kimyoviy vositalar qo‘llangan tokzorlarda toklar te z qariydi,
xosildorlik yuqori bo‘lmaydi va uning sifatiga ma’lum bir darajada
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘rniga yangi ko‘chat ekilsa, ular yana kuchli
patogen ta’sirida mikroorganizmlarga “yem” bo‘ladi.
Patogen mikroorganizmlarga qarshi kurashning eng samarali usuli
– bu biologik usul, yani foydali bakteriyalardan, mikrobiologik
shtammlardan foydalanishdir. Ular o‘simlik uchun zarar keltiruvchi
zamburug‘larning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydigan tabiiy kushandalar
hisoblanadi.
O‘simliklarni zararli hashoratlar va turli kasalliklardan himoya
qilishning eng yaxshi yo‘li - zararli xasharotlar ko‘payishini va
kasalliklar paydo bo‘lishini oldini olishdir. Kup yillardan beri sinalib
kelingan vositalardan Bordo va Iso suyuqligini o‘z vaqtida va meyorida
qo‘llash, xamda kerakli agrotexnik tadbirlarini o‘z vaqtida, to‘gri
bajarilishining natijasi beqiyosdir.
O‘simliklarni
ekish, oziqa bilan taminlashda turli xil
bioo‘g‘itlardan foydalanish hajmi tobora ortib bormoqda.
O‘simliklarga oziqa sifatida biogumusning qo‘llanishi juda ham
61
katta ijobiy natijalarga erishlishiga sabab bo‘lmoqda, biogumus
ta’sirida o‘simliklar yaxshiroq rivojlanadi, xosildorlik yuqori bo‘ladi,
kasalliklarga chidamliligi ortadi, mevalari sifatli va shirinroq bo‘lib, u
tabiiy organik mahsulotlardan tayyorlanganligi bois, ekolok sof
mahsulot olinishiga zamin yaratiladi.
|