• Tayanch iboralar
  • Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/126
    Sana29.06.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #266182
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
    Bog'liq
    13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

    Nazorat savollari:
    1.Tuproq salomatligi deganda nimani tushunasiz? 
    2.
    O‘simlikning o‘sish va rivojlanishida tuproq salomatligini o‘rni 
    3. 
    Uzum tokining o‘sish va rivojlanishida mineral va mahalliy 
    o‘g‘itlarning roli. 
    4.Uzum tokining o‘sish va rivojlanishida mikroelementlarning 
    ahamiyati. 
    5.Tuproq salomatligini yaxshilashda foydali bakteriyalar va
    mikroorganizmlarning roli nimadan iborat? 
    6.O‘g‘itlarning qo‘llanilish me’yor va muddatlari va usullari 
    to‘g‘risida
    tushuncha bering. 
    7.Mineral va organik o‘g‘itlar, ularning tavsifi 
    8.Bargidan oziqlantirish bo‘yicha tushuncha bering 
    9.Sho‘rlangan yerlarda o‘g‘itlash tartibi qanday bo‘ladi?
    10.Tok uchun qulay iqlim – tuproq sharoiti tasnifi 
    11.Tashqi muhit omillarining tok o‘sishiga ta’siri 
    12.O‘zbekiston tuproqlari tasnifi 
    13.Tok uchun eng qulay tuproq-iqlim sharoitining asosiy 
    ko‘rsatkichlari 
     
    4-
    MAVZU: TOKNI KO’PAYTIRISH VA KO’CHAT 
    YETISHTIRISH 
     
    Reja: 
    1.Ko‘chatzorlarning tuzilishi va ahamiyati 
    2.Tok ko‘chatzorlarini tashkil qilish 
    3.Xandaklarda qalamchalarni joylashtirish tartibi 
    4. Tok qalamchalarining o‘sish va rivojlanishi 
    5.Ko‘chat yetishtirish texnologiyasi 


    62 
    Tayanch iboralar
    : ko‘chatzor, ko‘chat yetishtirish, 
    qalamcha, xandaklar tayyorlash, qalamchalarni parvarishlash, 
    texnologiya, ko‘chatlarni realizatsiya qilish 
    Uzumchilikda barcha tok navlari qalamchadan ko‘paytiriladi va 
    ma’lum miqdordagi zaruriy ko‘chat olinadi. Qalamchalar yil davomida 
    parvarish qilinadi va yilning oxirida bir yillik tok ko‘chatlari kovlashga 
    tayyor bo‘ladi. 
    O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda uzum 
    ko‘chatlari uchun eng qulay va maqbul, yumshoq va serunum 
    sug‘oriladigan tuproq tanlab olinadi. Shuni inobatga olish kerakki, 
    ko‘chatzor barpo qilish uchun tekis yerdan foydalanish agrotexnik 
    nuqtai nazardan foydadan holi bo‘lmaydi.
    Uzum 
    ko‘chatzori barpo qilish uchun serunum, sug‘oriladigan va oziqa 
    elementlariga boy tuproqli maydon tanlab olinadi. 
    Tok qalamchalaridan ko‘chatzorlar barpo etishning birinchi 
    bosqichida toklarning tinim davrida tok qalamchalari tayyorlanadi, bu 
    agrotexnik tadbirni o‘tkazishda qalamchalarni qaysi novdalardan 
    olishga va qancha sm uzunlikda qirqiishga hamda ekiladigan tag tomoni 
    kurtak tagiga yaqin bo‘lishi qalamchaning uchki tomonini qirqishda 
    kurtakdan bir oz uzoqroqdan qirqilishiga e’tibor berish lozim. 
    Qalamchalar uzunligi 40-45sm dan kam bo‘lmasligiga ham e’tibor 
    berish kerak. Ko‘paytirish uchun tokning eng yaxshi va sog‘lom 
    qalamchalari tanlab olinadi. Qalamchalarning rivojlanishi uchun 
    tarkibida oziqa elementlari bo‘lishi muhim agrotexnik omil 
    hisoblanadi. 
    Tok nihollarini qalamchalardan tayyorlash jarayonida ildiz otish 
    jarayoni yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Shuni aytib o‘tish lozimki, qalamchlar orqali ko‘chatzorlarni barpo 
    etish jarayonida qalamcha navlari bir yoshli bo‘lishi va ular 
    xandaklarga joylashtirilishi lozim. Qalamchalarni saqlash uchun 
    quyidagicha tartibda xandaklar kovlanadi.
    Xandaklarni chuqurligi 1,0 metrgacha, kengligi 0.80 m va uzunligi 
    zaruriyatga qarab belgilanadi. Xandaklarga qalamchalarni joylashdan 
    oldin 3-5 smga qum tashlanadi, 100 tadan tayyorlangan va uzum 
    navlari hamda qalamchalar soni yozilgan yorliq, suv o‘tmaydigan 
    polietilen paketchalarga o‘rab bog‘lab qo‘yiladi qalamchalar gorizont 
    holatida xandaklarga joylanadi, usti 0-20 sm gacha yaxshi tuproq bilan 
    ko‘miladi va bostirib sug‘oriladi. 


    63 
    58-rasm. Qalamcha 
    usulida ko‘chat 
    yetishtirish. 
    59- 
    rasm. 
    Saqlash 
    uchun 
    tayyorlangan qalamchalar. 
    Qalamchalar asosan, oziqa maydoni 70-80-90 x10-12 smli tizimda 
    ekiladi; 1 ga maydonga o‘rtacha 125 ming qalamcha sarflanadi. Ekilgan 
    qalamchalarning tutib ketishi uchun ularni darhol sug‘orish lozim. 
    Dastlabki sug‘orishni qalamchalar ekib bo‘lingach darhol aprel oyida, 
    keyingilari may-iyunda (2 martadan), iyulda (2-3 marta), avgustda (2 
    marta), jami o‘sish davrida 10-12 marta sug‘oriladi. Har bir sug‘orish 
    me’yori 300-400 m
    3
    /ga. Qator oralarini 12-14 sm. chuqurlikda 3-4 
    marta kultivatsiya qilinadi, o‘simlik o‘suv davrida begona o‘tlardan 4-
    5 marta tozalanib, chopiq qilinadi.
    Qalamchalarning yaxshi rivojlanishi uchun, ularning o‘sish 
    davrida 2-3 marta oziqlantiriladi. Dastlabki oziqlantirishni o‘suv 
    davrining boshlarida amalga oshiriladi, bunda gektariga sof holda 20-
    25 kg azot, 35-40 kg fosfor, 15-20 kg kaliy beriladi. 
    Kuzda oktyabr oyining o‘rtalarida ko‘chatlar kovlab olinadi. Odatda 
    1 gektarlik ko‘chatzordan o‘rtacha 60 ming, ayrim hollarda, yuqori 
    agroparvarish o‘tkazilganda 70-75 ming tagacha ko‘chat olish 
    mumkinligi tadqiqotlarda aniqlangan. 
    Janubiy viloyatlar sharoitida mart oyi oxiri va aprel oyining boshida 
    qalamchalar ko‘chatzorlarga ekiladi, Qalamchani ekishga tayyorlashda 
    o‘tkir pichoq bilan tag qismi kurtakka yaqin qilib qirqiladi, biogumusli 
    yoki yaxshi chirigan mahalliy go‘ngli shaltoqqa botiriladi. 
    Qalamchalarning ildiz o‘sish jarayonlarni tezlashtirish maqsadida 24 
    soat suvli shaltoq aralashmasida saqlanadi va ekiladi. Qalamchalarni 
    ekishda ularni qiya holatda chuqurchalarga joylatirib ekish lozim.
    Ekilgan qalamchalarning tuproq betiga chiqib qolgan qismidan ikkita 


    64 
    kurtak qoldirib, qolganlari qirqilib tashlanadi va tuproq namligi doimiy 
    ravishda 75-80% bo‘lishi va oziqa bilan ta’minlansa, qalamchalardan 
    to‘liq tok ko‘chati olinishiga erishiladi. 
    Ko‘chatlarni ekishga tayyorlashda ko‘chatlarning qator orasi bir 
    biridan 50 sm masofada joylashtirish zarurdir. Qalamcha o‘tkazish 
    tartibi 50*20 sm bo‘lishi talab qilinadi. Yuqori va sifatli standart 
    talablarga 
    javob 
    beradigan 
    tok 
    qalamchalarini 
    tayyorlashda 
    agrotexnologik parvarishlash tartibida to‘liq rioya qilish maqsadga 
    muvofiq hisoblanadi. Bir yillik ko‘chatzorda sifatli qalamchadan tok 
    ko‘chat olish uchun quyidagicha agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish 
    tavsiya etiladi: 
    -o‘suv davrida qalamchalarni 6-7 marta sug‘orish; 
    - oziqlantirish asosan azotli o‘g‘itlar bilan; 
    -qator oralig‘iga ishlov berish; 
    - begona o‘tlardan tozalash;
    -kasallik va zararkunandalardan doimiy ravishda himoya qilish; 
    -standartga javob beradigan tok ko‘chatlarini kovlab olish, navlarga 
    ajratish; 
    -maxsus ko‘chat saqlanadigan joylarda tok ko‘chatlarni saqlash, 
    realizatsiya qilish. 
    Shuningdek, yuqorida keltirilgan tajribalardan shu narsa aniq 
    bo‘ldiki, Buxoro viloyati uzumchiligida muttasil mo‘l va sifatli hosil 
    olish uchunko‘chat tayyorlashda yuqorida keltirilgan barcha 
    agrotexnologik reserstejamkor parvarishlash omillarini o‘z vaqtida 
    o‘tkazish serdaromad sohalardan biri bo‘lib, aholining yashash 
    sharoitini tubdan yaxshilaydi . 

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish