67
Tok urug‘idan ko‘paytirilganda, navning belgi va xususiyatlari
o‘zgarib, ko‘pincha yovvoyi shakliga qarab o‘zgarishi va kech hosilga
kirishi mumkin. Ba’zan ayrim mevali o‘simliklar kabi urug‘idan
etishtirilgan uzum navlari ham madaniy navlarga yaqin hosil berishi
tabiatda uchrab turadi ammo, keyinchalik ular aynib, kam hosilli bo‘lib
qoladi.
Urug‘idan
ko‘paytirilgan
toklarni
faqat
seleksion
yo‘nalishlarda, ya’ni ba’zi bir kasallik, sovuq va issiq va
qurg‘oqchilikka chidamliligi yuqori bo‘lgan belgilarini inobatga olib,
ularni duragaylashda qo‘llaniladi.
Tok qalamchalaridan ko‘paytirilganda bo‘lg‘usi organlar qutblik
asosida, qalamchaning
yuqori qutbidan novdalar, pastki qutbidan esa
ildiz hosil qiladi.
Regenerasiya usuli yaxshi pishgan bir yillik novdaning o‘rta
qismidan olingan qalamchalarda yaxshi kechadi. Tokni parxishlab
ko‘paytirishda uning zang, madang, yashil va yarim yashil qismlari
qo‘llaniladi.
Parxishlashning tik, yotiq, yer usti kabi usullari mavjud. Tok
tupini payvandlab o‘stirish azaldan ma’lum bo‘lib, Xitoyda bundan 3
ming yil avval qo‘llanilgan.
Uzumchilikda payvandlash usullarida payvand tag va payvand ust
atamalari mavjud. Payvandlash nav sifatini yaxshilashda, ayniqsa,
tokning sovuqqa chidamli navlarini hamda vegetativ duragaylash yo‘li
bilan yangi navlarini yetishtirishda qo‘llaniladi.
Amaliyotda, asosan,
iskana (yorma) payvandlash ko‘pincha erta bahorda o‘simlik tanasida
shira harakati boshlanmasdan oldin qilinadi.
Shuningdek,
o‘simlikning yashil qismi bilan payvandlash kabi usullaridan ham
foydalaniladi.
Buxoro viloyati tuproq - iqlim sharoitida tok ko‘chatlarini tutishi
va rivojlanishi, ularning mevaga kirishi, bo‘lajak hosil va uning sifati
yosh tokzorlarni resurs tejamkor texnologiya omillari asosida
parvarishlashga bog‘liqdir.
Yosh tokzorlarning qator oralarida qatqaloq paydo bo‘lishiga,
begona o‘tlarning rivojlanshiga yo‘l qo‘ymasdan tuproqqa ishlov
berilishi zarurdir. Bir yillik tok ko‘chatlarini yosh tokzorlarga
o‘tkazilgandan so‘ng, birinchi parvarishlash yilida ildiz tizmini talab
darajasida
rivojlanmasligini hisobga olib, tuproqqa ishlov berish
zarurdir. Shu sababli tokzorlarni qariyb har oyda sug‘orib turish tavsiya
etiladi. Bunda tuproq namligi kamida bir metr chuqurlikkacha
68
namlanishiga erishish va suv sarfi miqdori kamroq bo‘lishi maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Ko‘chatlar o‘tqazilgandan so‘ng, birinchi sug‘orish o‘tkaziladi.
Keyingilari tuproqning namlik darajasiga, havo haroratining issiqligiga
va o‘simlikning suvga bo‘lgan talabini inobatga olib, aprel, may, iyun,
iyul, avgust oylarida kamida bir martadan sug‘oriladi. Agar ushbu
oylarda havo harorati haddan ortiq isib ketib, transpiratsion
koyeffitsiyent oshib ketgan vaqtlarda qo‘shimcha sug‘orishlar
o‘tkaziladi. Shuningdek, yer osti sizob suvlari eng pastga tushgan
paytda (bu (qavs ob) noyabr oyining 2 o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi)
noyabr-mart oyigacha tuproqning sho‘ri yuvilib, yaxob suvi beriladi.
Sug‘orish me’yori tuproqning sho‘rlanish darajasiga va tuproqning
mexanik tarkibiga qarab, 800-1000 m
3
/ga hisobida beriladi.
Respublika sharoitida hosilga kirgan yosh uzumzorlarga noyabr-
mart oylari oralig‘ida 1-2 marta zaxira suvi beriladi. Sizob suvlari yaqin
joylashgan yosh tokzorlarda ko‘pi bilan 3-4 marta, shag‘alli yerlarda
boshqa yerlarga nisbatan 1-2 marta qo‘shimcha sug‘orish talab qilinadi.
Har sug‘orishdan keyin 2-3 kun o‘tgach qator oralig‘i kultivitatsiya
qilinadi.
Yerdan va suvdan unumli va maqsadli foydalanish maqsadida tok
ko‘chatzorlari orasiga dastlabki 2 yilda sabzavot, poliz ekinlari va
ertaki kartoshka va boshqa past bo‘yli ekinlar ekiladi. Bu ekinlarni tok
ko‘chatidan kamida 50 sm uzoqlikda ekish tavsiya etiladi.
Shuningdek,
viloyat
sharoitida
yosh
tokzorlarni
parvarishlashning asosiy ko‘rsatgichlardan
biri - bu nav tanlash,
ko‘chat o‘tkazish tartibi, resurstejamkor texnologiya asosida
tokzorlarni bunyod etib parvarishlash natijasida, aholiga yuqori va
sifatli taru-toza uzum va mayiz mahsulotlarini etishitirish asosiy
omillardan biri hisoblanadi.
Ko‘chatlar o‘tqazilgan yili vegetasiya (avgust-sentyabr) oxirida
(xazonrezlik) tok barglarining rangini o‘zgarishi va to‘kilishidan oldin
navlar
aralashmalaridan tozalanishi, agar boshqa navlar aralashgan
bo‘lsa, unga belgi qo‘yilib, kovlab olinadi va o‘rniga oktyabr oyida yoki
erta bahorda asosiy uzum navi ko‘chati o‘tqaziladi. Tutmagan
ko‘chatlar o‘rni ham xuddi shu tartibda to‘ldiriladi. Birinchi yili
o‘tqazilgan tok ko‘chatlari kesilmasdan, yer ostiga ko‘miladi. Erta
bahorda, hali kurtaklari uyg‘onmasdan, tok ko‘chatlari ochilib, birinchi
yilgi ko‘chatlarni bahorda kesiladi. Ikki yillik ko‘chatlar bir yillik
69
ko‘chatlar kabi parvarishlanadi. 3 yillik hosilga kirgan ko‘chatlar esa
hosilga kirgan ko‘p yillik tok tuplari kabi parvarishlanadi. Agar 1-2
yillik ko‘chatlar ayrim sabablarga ko‘ra qurib qolgan bo‘lsa, o‘rniga
aynan shu tok navining ko‘chatlari qayta o‘tqaziladi
va ularga katta
e’tibor berib qaraladi, qaysiki, ular boshqa tok ko‘chatlariga o‘sish va
rivojlanishi bo‘yicha etib olishliklari uchun qo‘shimcha qarovga
muhtoj bo‘ladilar.
3-yildan boshlab, 2 yillik nobud bo‘lgan ko‘chatlar o‘rniga
asosan parxish yo‘li bilan ularning o‘rni to‘ldiriladi. Bunda ona tupdagi
sog‘lom, yaxshi pishib etilgan hosilli novda olinib, ekish chizig‘i qatori
bo‘yicha 50-60 sm chuqurlikda kovlangan o‘rachaga novda yotqiziladi
va kerakli joyga ko‘miladi. Tuproq betiga chiqqan novdadan 2-3 ta
kurtaklarini qoldirib, qolganlari qirqiladi va qoziqchaga bog‘lab
qo‘yiladi. 2-3 yildan keyin parxish onalik tupdan ajratiladi. Parxish
qilish muddati Buxoro sharoitida iyul va sentyabr oylariga to‘g‘ri
keladi. Iyul oyida parxish qilishda yaxshi rivojlangan o‘simlikdan,
yetarli miqdordagi uzunlikka ega bo‘lgan ko‘k novdalar tanlanadi.
Ularning barglari uzib tashlanib, ushbu ko‘k novdalar xuddi pishgan
novdalar kabi kerakli joyga yotqizilib ko‘miladi va parvarishlanadi.