Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/126
Sana29.06.2024
Hajmi4,88 Mb.
#266182
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126
Bog'liq
13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

 . Tok ochish muddatlari.
Toklarni o‘z vaqtida ochish, zang va 
madang
novdalarini ehtiyotkorlik bilan simbag‘azlarga bog‘lash 
toklardan yuqori hosil yetishtirishga va iqtisodiy samaradorlikka 
erishishga sabab bo‘lib, muhim ahamiyat kasb etadi. Hosilga kirgan 
toklar erta ochilsa, ularni sovuq urib ketish xavfi tug‘iladi, kech 
ochilganda, novdalardagi kurtaklar haddan tashqari o‘sib ketib, tok 
ochishda ularning ko‘p qismi sinib ketishi va ezilib qattiq shikastlanishi 
mumkin. Bu esa hosilning kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Buni 
parvarishlash chora tadbirlarini o‘tqazishda e’tibor berish kerak. 
Tuproqqa ko‘milgan toklar ochilgandan keyin zudlik bilan yerda 
qoldirilmasdan tezda ishkom, so‘ri va simlar orqali shpalerlarga 
bog‘lanib ko‘tarilishi talab etiladi va yuqori sifatda bajarilish 
agrotexnologik omillarini yuqori saviyada olib borish tavsiya etiladi. 
Malumki, sovuq havo pastda to‘planadi va u tok kurtaklariga zarar 
yetkazadi. Quyosh nuri ta’sirida tuproq qizib, kurtaklarning yozilishini 
tezlashtirishi natijasida, ularning sovuqqa chchidamsizligini oshiradi va 
uzum hosiliga salbiy ta’sir qiladi. Toklar qiyaroq, tuproqda nam yaxshi 
saqlanadigan yerlarga ekilsa ular bahor sovuqlaridan kam zararlanadi, 
pirovard natijada tok tuplarini yaxshi, me’yoriy o‘sishiga olib keladi. 
Shuningdek, tok novdalarining kurtagini bo‘rtmasidan ochishni tavsiya 
qilinishi, bu ularning mo‘tadil o‘sishiga imkon yaratadi. Kurtaklarning 
bo‘rtish muddati tut daraxti kurtaklarining bo‘rtish paytiga to‘g‘ri 
keladi. Tok ochishning eng maqbul muddati Janubiy viloyatlarning 
iqlim-sharoitida tuproqning foydali harorati 10-12
0
Cga yetganda 
o‘tkazilishi, resurstejamkor tok parvarishlash texnologik omillarining 
asosiy ko‘rsatgichlari toifasiga kiradi. 
Shuningdek, 
respublikada 
uzumchilikning 
resurstejamkor 
texnologiyalar asosida parvarish qilish, tok tuplarini ochish jarayonida 


81 
barcha talab etiladigan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli qilib 
o‘tqazilishi, tok hosildorligini keskin oshishining asosiy mezonlaridan 
biri hisoblanadi. Muttasil mo‘l va yuqori sifatli uzum hosili olish, 
uzumchilik sohasida iqtisodiy ko‘rsatgichlarni baland bo‘lishi eng 
asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi. 
Tok tuplarni kesish, uzumchilik tarixi kabi o‘zining tok kesish 
tarixiga egadir. Qadim zamonlarda ham odamlar tok kesish va unga 
shakl berish turlarni bilganlar va ishlab chiqarishda foydalanib 
kelganlari natijasida yaxshi sifatli uzum hosili olishgan.
N. Buzin va boshqalar (1956) ma’lumotlariga ko‘ra, tokni kesish 
va unga shakl berish ilmiy asoslarga tayangan holda XX asrning oxirida 
Fransuz olimlaridan: J. Gyu, G.Foyeks, keyinroq L. Ravaz tok tuplariga 
shakl berish va kesishni ilmiy nazariyalarini o‘rganib, o‘z fikrlarini 
ilmiy maqola shaklida va risolalarda keltirganlar.
Yuqorida nomlarni keltirilgan olim va tadqiqotchilar tok tuplarini 
kesish jarayoni, usul va muddatlarini har tomonlama o‘rganib, ilmiy 
asoslangan tavsiyalar berishgan.
Tok tuplarini kesish va unga shakl berish jarayonida, ularning 
biologik xususyatlarini hisobga olib, ilmiy asoslangan, resurstejamkor 
parvarishlash agrotexnologiyalari asosida olib borish, tok kesish usuli, 
muddati va bajarish darajasiga e’tibor berish yo‘li bilan qo‘lga kiritish 
mumkinligi qayd etilgan. Pirovardida, sohani iqtisodiy ko‘rsatgichlari 
ham tok tuplarini qay darajada kesishiga qarab belgilanadi.
Tok kesish jarayonida eng asosiy e’tiborni tok novdalarining nav 
xiliga va ularning o‘sish kuchiga qarab hosil beruvchi novdalarni kalta 
va uzun qilib qirqiladi. Bundan tashqari, tokning yoshi va holatiga 
qarab, tez o‘suvchi tok navi xillari uzun (8-16-20 tagacha(kuchli 
o‘suvchi so‘ritoklarda) hosil kurtaklari) va sekin o‘suvchi novdalarni 
esa 2-6 tagacha, o‘rta o‘suvchi tok navlarida esa (8-14 tagacha) hosil 
kurtaklari qoldirilganda yuqori va sifatli hosil olish imkonini beradi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan hosil novdalarini kesishda Buxoro viloyati 
mirishkor uzumchilari ham shu kesish usullaridan keng foydalanganlari 
bois, yuqori va sifatli hosil olishga muvaffaq bo‘lmoqdalar.
Tok novdalari optimal kesish muddatida kesilganda, ulardan 
yuqori va sifatli hosil olish imkoniyati vujudga keladi. Tok kesuvchi 
ishchi va mutaxassislar tokni kesish borasidagi qonun va qoidalariga 
to‘liq ega bo‘lishlari, har bir tok tupining tuzilishini, uning shakli va 
novdalarining o‘sish kuchi xossalarini to‘liq o‘rgangan bo‘lishi va amal 
qilishi talab etiladi. 


82 
1 1-rasm.Tok kesish qoidasi 
Buxoro viloyatida tok kesishda birinchi navbatda, mutaxassis va 
ishchi tokning morfo-biologik xususiyatlari hamda tok novdalarini 
kesish qonuniyatlarini yuqori saviyada bilishlari talab etiladi.
Tok kesish tarixida tok novdalarni kesish uzunligiga va kurtaklar 
soniga e’tiborni qaratish talab etiladi. Tokning nav xiliga qarab kalta 
kesilganda, kesish uzunligi va kurtaklar soniga alohida e’tibor berilishi 
lozim. Kalta kesish(asosan vinobop navlarda va ba’zi bir sekin 
o‘suvchi xo‘raki navlarda o‘tkaziladi) shu tartibda o‘tkazilsa, ya’ni 
barcha kurtaklar hosil kurtagi bo‘lganda, yuqori va sifatli hosil olish 
imkoniyati yaratiladi. Kalta kesish asosan, tok tuplarini simbag‘azlarda 
etishtirilsa, agrotexnik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Bunda har bir novda gorizontal holda simbag‘azlarga bog‘langanda, 
yorug‘lik, issiqlik va havo almashinishi yaxshilanishi natijasida 
hosilning tashqi ko‘rinishi, sifati va qand miqdori yuqori bo‘ladi. 
1 2-rasm. Yelpig‘ichsimon shakl berish 1 3-rasm. Baland 
shtambali yelpig‘ichsimon shakl.
Tok tuplarini o‘rtacha kesishda hosil novdalarni 5-8 ta kurtak qoldirib 
kesilganda yuqori va sifatli hosil yetishtirish imkoniyati yaratiladi. 
Bunda texnika bilan yerga ishlov berishda novdalar xalal bermay, ish 
sifati oshadi. 


83 
Shuningdek, shuni alohida qayd etishlozimki, Buxoro viloyati 
uzumchiligini 
zamonaviy 
resurstejamkor 
texnologiya 
asosida 
parvarishlashda tok tuplarini kesish qoidalari bo‘yicha o‘sish 
kuchiga,nav xiliga qarab kesishi va shakl berishi hamda hosil novdalari 
bir yillik novdalardan iborat bo‘lishini inobatga olgan holda o‘tkazish 
kerakligini har bir mutaxassis kadr bilishi zarur. Shunda har qanday tok 
turidan ko‘zlangan hosil cho‘g‘ini olishga muyassar bo‘lishadi. 

Download 4,88 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish