89
simbag‘azlarda bir tekis joylashadi, shamoldan shikastlanmaydi.
Bog‘lashni kechiktirib, novdalarni ustma-ust bir joyga noto‘g‘ri
bog‘langanda, tok shakli buziladi, novdalar bir-biriga xalaqit berib ters
o‘sadi, havo, shamol, yorug‘lik bilan ta’minlanishi yomonlashadi,
hosilga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, navbatdagi parvarish
ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish qiyinlashadi, uzumlarning yaxshi
pishishi uchun noqulay sharoit vujudga keladi.
Birinchi xomtok tugagach, zamburug‘ kasalliklari (oidium)ga
qarshi oltingugurt kukunini sepish (gektar hisobiga 30-35 kg) tavsiya
qilinadi.
Toklar birinchi xomtokdan so‘ng asosiy va bachki novdalarning
o‘sishi hisobiga qalinlashib ketadi. Shuning uchun iyun oyining
o‘rtalarida toklarni ikkinchi xomtok -
g‘o‘ra xomtok
qilish kerak.
Ikkinchi xomtok vaqtida ham birinchi xomtokdagi kabi ortiqcha, ters
o‘sgan, keraksiz bachki novdalar olib tashlanadi, qolganlari esa tartib
bilan bir tekis bog‘lanadi.
G’o‘ra xomtok vaqtida uzum g‘o‘ralari
kattalashib, ularning
bandlari ancha mustahkamlashib qoladi, g‘o‘ralari to‘kilib ketmaydi.
Ikkinchi xomtokdan keyin uzumboshlarining atrofi ochilib, ular havo,
issiqlik, yorug‘likdan bahra oladi, uzumning pishishi, ularda qand
moddasining to‘planib borishi, novdalarning pishib etilishi uchun qulay
sharoit vujudga keladi, kuzda tok kesish osonlashadi. Ikkinchi xomtok
vaqtida ham ortiqcha bachki novdalar yulib tashlanadi. Bunda oziq
moddalar
bekorga sarflanishi kamayib, hosilsiz novdalarga bormay,
to‘pgullarga borishi natijasida, hosilning rivojlanishi, pishib etilishi
tezlashadi. Bachki novdalar sho‘ra xomtok vaqtida qo‘l bilan olib
tashlanadi. Ikkinchi xomtok vaqtida novdalarni qo‘l bilan yulish qiyin
kechishini inobatga olib, ularni albatta tok
qaychi bilan olib tashlash
kerak bo‘ladi. Shunda barg qo‘ltig‘idagi kurtaklar zararlanmaydi.
Sovuq va do‘ldan zararlangan tok tuplarini qayta tiklash va ulardan
qo‘shimcha hosil yetishtirishda bachki novdalarning ahamiyatini
unutmaslik lozim.
Ikkinchi xomtokdan keyin ham zamburug‘li kasalliklarga qarshi
oltingugurt sepish tavsiya qilinadi.
Tok novdalarni halqalash.
Bu tadbir barglar orqali ishlab ilgan
organik oziq moddalar pastki oqimini to‘xtatib, halqa ustida joylashgan
to‘pgul va uzumboshlarining oziqlanishini faollashtiradi. Bunda tok
90
tupining bir yillik novdalari, ba’zan ko‘p yillik qismlarining to‘pgul
yoki uzumboshlaridan pastki qismidagi po‘stlog‘i halqa qilib kesiladi.
Xalqa payvandlash pichog‘i yoki maxsus qaychi yordamida 5-6
mm. kenglikda olinadi. Tok gullashidan 10-12 kun oldin (to‘pgul
(sho‘ra) va uzumboshlarining oziqlanishini kuchaytirish maqsadida) va
g‘ujumlarning o‘sish davrida (g‘ujumlarni kattalashtirish maqsadida),
ayrim hollarda uzum pishishdan oldin (pishishni tezlashtirish
maqsadida) qilinadigan tadbir hisoblanadi.
Tok novdalarni halqalash
mehnat talab ish bo‘lsa-da, ammo, uzum hosili sifatini oshirishda
(ayniqsa xo‘raki navlar uchun) muhim ahamiyat kasb etadi.
Kishmishbop navlarda xalqalash o‘rniga gibberellin moddasi
qo‘llanilganda yaxshi natijaga erishish mumkin. Halqalash deyarli
(Buxoro viloyatida) qo‘llanilmaydigan usuldir, u tok tupining yer ustki
qismi va ildiz tizimi o‘rtasida moddalar almashinuvini (o‘suv
organlariga oziqa moddalarini borishini sekinlashtirib, hosil
organlariga borishini yaxshilash uchun halqalash usuli qo‘llaniladi)
buzadi,
pirovardida, tok ko‘p yashamasdan qurib qolishi mumkin.
Shuning uchun, O‘zbekistonda bu ishlab chiqarish ahamiyatiga ega
bo‘lmay, faqat havaskor sohibkorlar qo‘llaydigan usullardan biri
hisoblanadi.