94
gullash jarayoni deyarli to‘xtab qoladi. Havoning salqin, seryog‘in
bo‘lgani gullash jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yomg‘ir urug‘chi
(onalik) tumshuqchasidan chang yopishuvchi
shirani yuvib ketadi,
changlanish
yaxshi
kechmaydi.
Uzum
g‘ujumlari
yaxshi
changlanmaganligi tufayli siyraklanib, hosilning pasayishiga olib
keladi.
Tok tuplarining yaxshi oziqlanishi va namlik bilan ta’minlanishiga
juda katta ahamiyat berish lozim bo‘ladi. Birok, tokni gullash vaqtida
sug‘ormaslik lozim, ortiqcha namlik,
haroratni
pasaytirib
changlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Gullash fazasida tok o‘simligidagi vegetativ pa generativ organlari
ning jadal o‘sishi, fiziologik jarayonlarning
faol kechishi tufayli,
ularning oziq moddal arga, suvga, yorug‘lik, issiqlik, havo almashinish
va h.k larga bo‘lgan talabi yuqori bo‘ladi va tuproqdan o‘ziga kerakli
bo‘lgan mikro va makroelementlarni ildizi va barg orqali olib, hosil
bo‘lgan organik oziq moddalardan ko‘proq foydalanadi.